logo

Kesishuvchi kuchlar sistemasini muvozanatiga oid mаsаlаlаr yеchish

Загружено в:

03.06.2023

Скачано:

0

Размер:

2528.029296875 KB
Kesishuvchi kuchlar sistemasini muvozanatiga oid mаsаlаlаr yеchish Mashg’ulotning maqsadi: Tekislikdagi kesishuvchi kuchlar, ularni qo’shish usullari, kuchlarning o’qlardagi proeksiyalari hosil qilish usullari haqidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash va mavzuga oid masalalar yechishni o’rganish . Nazariy ma’lumotlar 1. Kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik va analitik qoʻshish Kesishuvchi kuchlar sistemasini geometrik qoʻshish. Ta’sir chiziqlari fazo (tekislik)da bir nuqtada tutashuvchi kuchlar toʻplami fazo (tekislik)dagi kesishuvchi kuchlar sistemasi deb ataladi. Kesishuvchi kuchlarni geometrik qoʻshishda parallelogramm yoki uchburchak usulini ketma-ket qoʻllaymiz (2.1-rasm; a,b,v). Kesishuvchi kuchlarni analitik usulda qo`shish va ularning analitik muvozanat sharti. Faraz qilaylik, jismga O nuqtada kesishuvchi kuchlar ta’sir qilsin (2.2-rasm, a,b). 2.1-rasmdan koʻrinib turibdiki: (2.1-rasm, b) dan koʻramizki, kesishuvchi kuchlar sistemasining teng ta’sir etuvchisi mazkur kuchlar geometrik yigʻindisiga teng bo`lib, u shu kuchlardan tuzilgan ko`pburchak yopuvchisidan iborat. Bunday kuchlar muvozanatlashganda kuch koʻpburchagi yopiq boʻladi, ya’ni �� n kuchning uchi �� 1 kuch boshi bilan ustma- ust tushadi ( 2.1-rasm, v)  Kesishuvchi kuchlar ta’siridagi jism muvozanatda boʻlishi uchun R=0 shart bajarilishi kerak: 2. Kuchning oʻqdagi va tekislikdagi proyeksiyasi Faraz qilaylik, F kuch bilan x va y oʻqlar bilan bir tekislikda yotsin. Bu holda kuchning boshi A va oxiri B nuqtalardan x va y oʻqlariga 90  burchak ostida yotgan perpendikulyarlarni tushiramiz. x va y oʻqlarga tushirilgan proyeksiyalar A 1 va B 1 hamda A 2 va B 2 lar orasidagi kesmaning mos ishora bilan olingan uzunligi kuchning ushbu oʻqlardagi proyeksiyasi deyiladi. Agar A 1 nuqtadan B 1 nuqtaga koʻchish oʻqning musbat yoʻnalishi bilan ustma-ust tushsa, kuchning oʻqdagi proyeksiyasi musbat (2.3-rasm), aks holda manfiy qiymatlarga ega boʻladi (2.4-rasm).   3. Kesishuvchi kuchlar sistemasining muvozanat shartlari Kesishuvchi kuchlar sistemasiga qo‘yilgan shart bajarilsa va ulamir teng ta’sir etuvchisi R = 0 boʻlsa, u holda bu shartga kesishuvchi kuchli sistemasining muvozanat sharti deyiladi. 1. Muvozanatning geometrik sharti . Ma’lumki, kesishuvchi kuchlarga qurilgan kuch koʻpburchagi yopiq bo’lganda, faqat shu holdagina R=0 boʻladi. Kesishuvchi kuchlar sistemasi muvozanatda boʻlishi uchun, kuch koʻpburchagining yopiq boʻlishi zarur va yetarlidir. 2. Muvozanatning analitik sharti. Agar R=0 boʻlsa, u holda R x =0, R y =0, R z =0 boʻladi va u holda quyidagiga ega boʻlamiz: Teskarisi, agar (2.9) shart bajarilsa, u holda R=0 boʻladi. Binobarin, kesishuvchi kuchlar muvozanatda boʻlishi uchun ularning uchta koordinata o‘qlaridagi proyeksiyalarining yigʻindisi alohida-alohida nolga teng boʻlishi zarur va yetarlidir. Agar kesishuvchi kuchlar sistemasi tekislikda joylashgan boʻlsa, u holda O x va O y oʻqlarini shu tekislikda olib, quyidagi muvozanat shartini yozamiz [9]: Mavzuga oid masalalar yechish 1-rasm. Yechish . Bеrilgаn qurilmаni bоg'lаnishlаrdаn оzоd qilаmiz, yani qurilmаgа qo'yilgаn bоg'lаnishlаrni ungа ta'sirini bоg'lаnish reaksiya kuchlаri bilаn аlmаshtirаmiz. Bu mаsаlаni аvvаl gеоmеtrik usuldа yechamiz, yani kuch uchburchаgini qurаmiz (1, b -rasm). Sinuslаr tеоrеmаsigа аsоsаn    135 sin 15 sin 30 sin Q T P   . Bu tеngliklаrdаn: 1-rasm a) b)2-rasm  ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. M.M. Mirsaidov. “Nazariy mexanika” O’quv qo’llanma-2006 2. Nazariy mexanika fanidan qisqa masalalar to’plami (O.Kepe.t.o) 3. X. To’rayev. “Nazariy mexanika” Statika va Kinematika «Noshir» Toshkent-2012 4. B. Ahmadxo’jayev. “Nazariy mexanika” Toshkent-2006