logo

Topshiriq shartnomasi. Vositachilik shartnomasi. Mol-mulkni ishonchli boshqarish. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi

Загружено в:

31.03.2024

Скачано:

0

Размер:

1035.2734375 KB
TOPSHIRIQ SHARTNOMASI. VOSITACHILIK SHARTNOMASI. MOL-MULKNI ISHONCHLI BOSHQARISH. KOMPLEKS TADBIRKORLIK LITSENZIYASI (FRANSHIZING) SHARTNOMASI • Reja: • 1.Topshiriq shartnomasi. • 2.Ishonchli vakil. • 3.Vositachilik shartnomasi. • 4.Mol-mlukni ishonchli boshqarish. • 5.Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomasi. Litsenziat. Litsenziar. • Topshiriq shartnomasi konsensual, ikki taraflama va, odatda, tekin tuziladigan shartnoma hisoblanadi. FKning 818- moddasiga muvofiq agar qonun hujjatlarida yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, ishonchli vakilga haq to‘lanishi shartAgar topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq bo‘lsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishonchli vakilga haq to‘lashi shart. . • Mol-mulkni ishonchli boshqarish. Mol- mulkni ishonchli boshqarish ham bozor munosabatlari qonuniyatlaridan kelib chiqib, mamlakatimizda amal qila boshlagan yangi fuqarolik-huquqiy shartnomalardan biri hisoblanadi. Mazkur shartnomaning mohiyati birinchi navbatda bozor munosabatlari sharoitida vujudga kelgan mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish va ularning mulkiy huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini kengaytirish bilan belgilanadi. • Franshizing shartnomasini ta’riflashda “mutlaq huquqlar” iborasi alohida e’tiborni talab etadi. Mutlaq huquq bu ma’noda intellectual (aqliy) mulk obyekti egasiga tegishli huquqning eksklyuzivligini bildiradi. Franshizing shartnomasini tuzar ekan, mutlaq huquq egasi o‘ziga tegishli obyektdan boshqa shaxsning ham foydalanishi va bundan foyda olishi uchun rozilik beradi. Ammo huquqlarning mutlaqligi litsenziatga nisbatan eksklyuzivlikni bildirmaydi. . • . • Tashqi ko‘rinishdan franshizing tuzilmasi nomi bir xil va bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan yoki bitta tovar belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatadigan filiallar yoki shu’ba korxonalar tarmog‘iga o‘xshab ketadi. Filiallar tarmog‘iga misol qilib “Xalq banki”, “O‘zbektelekom” AK yoki aloqa operatorlarini aytish mumkin. Sho‘ba korxonalariga esa, “General Motors”, “Nokia-Siemens” kabi kompaniyalar misol bo‘la oladi. Filiallar va sho‘ba korxonalarda franshizingdan farq qilib, mutlaq huquq obyekti egasi yuqorida tilga olingan biznes-tuzilmalarga nisbatan mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi.