logo

Tizimlarda issiqlik energiyasi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish usullarini qo'llash. MathCad tizimida ishlash texnologiyalari

Загружено в:

16.01.2024

Скачано:

0

Размер:

461.71484375 KB
Tizimlarda issiqlik energiyasi bilan bog’liq masalalarni tahlil qilish usullarini qo'llash. MathCad tizimida ishlash texnologiyalari  Matematik va ilmiy-texnik hisob- kitoblar shaxsiy kompyuterlarni qollashning muhim sohasi hisoblanadi. Kompyuterning hisoblash quvvati uni ilmiy ishlarni avtomatlashtirish vositasi sifatida ishlatish imkonini beradi. Ularni yechish uchun universal vositalarni ishlatish mumkin. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi: 1. mutaxassislar uchun odatiy bo’lgan formada yozilgan matn va formuladan iborat ilmiy-texnik hujjatlarni yaratish ; 2. sonli o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar va o’lchanadigan fizik kattaliklar ishlatiladigan matematik amallar natijasini hisoblash ; 3. vector va matrisalar ustida amallar; 4. tenglama va tenglamalar tizimini yechish; 5. statistic hisoblar va ma’lumotlar tahlili; 6. ikki o’lchamli va uch o’lchamli grafik chizish; 7. tenglama va tizimlarni analitik hisoblash; 8. differensiallash va integrallash; 9. diffrensial tenglamalarni yechish; 10. boshlang’ich shartlarni turli qiymatda hisoblash.  Matematik ALT lar orasida eng ko’p tarqalgani - MathCAD (MathSoft Inc.), Mathematica (Wolfram Research, Inc.), MATLAB (MathWorks Inc. (incorporated) so’zidan olingan. Maple V (Waterloo Maple Inc.). MathCad, MatLab dasturlari sonli va formula ko’rinishidagi ma’lumotlarni dinamik qayta ishlash imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar hisoblanadi.  MathCad imkoniyatlarini ishlatishdagi soddaligi bilan Microsoft Word formulalar muharriridan qolishmaydi: -matematik hisob-kitoblar kiritilgan formulalar yordamida zudlik bilan bajariladi; -juda boy formatlash imkoniyatiga ega boʻlgan turli grafiklar bevosita hujjatlarga qoʻyiladi; -fayllarga turli formatlardagi ma’lumotlarni kiritish va chiqarish mumkin; -hujjatlar bevosita MathCaddan foydalanuvchi kompyuter ekranida qanday koʻrsa shunday -koʻrinishda bosmaga chiqarilishi yoki keyinchalik tahrirlash uchun RTF formatda saqlanishi mumkin. Bu hujjatlar kuchli matn muharrirlarida tahrirlanishi (masalan, MS Wordda) hamda Web-sahifa formatlarda saqlanishi mumkin; Dasturning interfeysi va uskunalar paneli. MENYU BILAN ISHLASH View (Вид) - ko’rinish bo’limidan Toolbars (Панели инструментов) bandiga kiriladi View (Вид) - koʻrinish boʻlimining boʻlimostilari : Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik amallarni qoʻyish uchun ishlatiladi, uning nomi tugmalari oddiy kalkulyatorniki kabi boʻganligidan kelib chiqqan; - Graph (Grafik) – grafiklarni qoʻyish uchun xizmat qiladi; - Matrix (Matritsa) – matrisa va martisa ustida bajariladigan amallarni qoʻyish uchun ishlatiladi; - Evaluation (Ifoda) –hisoblashni boshqaruvchi operatorlarni qo’yish uchun ishlatiladi; - Calculus (Hisoblash) – integrallash, differensiallash, yigʻindi hisoblash operatorlarini qoʻyish uchun xizmat qiladi; - Boolean (Mantiqiy operatorlar) –mantiqiy operatorlarni qoʻyish uchun; - Programming (Dasturlash) –MathCad vositalarida dasturlash; - Greek (Grek belgilari) – grek belgilarini qoʻyish; - Symbolic (Ramziy belgilar) – ramziy belgilarni qoʻyish uchun xizmat qiladi. Modifier (Toifalarni qo’yish) – dasturlashda o’zgaruvchilar toifalarini aniqlash uchun ishlatiladi. Matematik uskunalar paneli.  Oddiy oʻzgaruvchilar tizimlaridan shunisi bilan farqlanadiki, ular foydalanuvchi tomonidan dastlab aniqlangan boʻlishlari, ya’ni bir martta qiymat berilgan boʻlishi lozim. Bu holda “:=” belgisi qoʻllaniladi. Bu belgi o’zlashtirish ma’nosini anglatadi. Masalan: y:=3.4 Natija olish uchun “=” belgisi qo’llaniladi. Masalan: x=14 O’zgaruvchilarni ishlatganda e’tibor berish kerak: Ifoda yoki funktsiyada o’zgaruvchi qatnashsa uni boshida qanday ko’rinishda ishlatilgan bo’lsa natija olgunga qadar o’zgaruvchini shu ko’rinishda yozish kerak. Aks xolda ifoda yoki funktsiya natija bermaydi. Sababi MathCad dasturida katta va kichik xarflar farqlanadi. Masalan katta M xarfni boshqa xarf , kichik m xarfni umuman boshqa xarf sifatida qabul qiladi MathCad dasturida ikki oʻlchamli , uch oʻlchamli grafik tasvirlarni xam xosil qilish mumkin. Ikki oʻlchamli grafik tasvirni xosil qilish uchun quyidagi ketma ketlik bajariladi: Insert (Вставка)-Graph(График)-X-Y plot(участок) Uch oʻlchamli grafik tasvirni xosil qilish uchun quyidagi ketma ketlik bajariladi: Insert (Вставка)- Graph(График)- 3D plot Wizard (Мастер графиков) 2 o’lchovli grafikli tasvir olish uchun quyidagi ketma- ketlik bajariladi  3 o’lchovli grafikli tasvir olish uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi  Nazorat savollari: 1. Loyihalashni avtomatlashtirilgan tizimi nima? 2. Loyihalashning qanday bosqichlarini bilasiz? 3. ALT turlari va modellari?