logo

MatLab modullarida dasturlash va ularning funktsiyalari, imitatsion modellash.Simulink paketi yordamida amaliy boshqaruv tizimini loyihalash modelini grafik ko’rinishi

Загружено в:

22.12.2023

Скачано:

0

Размер:

916.9990234375 KB
MatLab modullarida dasturlash va ularning funktsiyalari, imitatsion modellash.Simulink paketi yordamida amaliy boshqaruv tizimini loyihalash modelini grafik ko’rinishi Reja: 1. Simulink paketi 2. Simulink bibliotekasi bo‘limlari 3. Simulink paketida model yaratish 4. Simulink paketida model oynasi SIMULINK PAKETI Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir . U grafik blok-diagrammalarni qurish, dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to‘la integrallashgan. Hozirgi vaqtda MATLABning yangi versiyasi MATLAB 6.5 keng ishlatilmoqda.  Simulink ni ishga tushirish MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin Simulink dasturini quyidagi uchta usulning biri yordamida ishga tushurish mumkin:  Simulink tugmasini bosish;  MATLABning bosh oynasidagi buyruq satrida Simulink so‘zini terib klaviaturadagi <Enter> klavishasini bosish;  File menyusida Open... buyrug‘ini bajarish va modelning faylini (mdl-fayl) ochish.  Simulink ni ishga tushirish Birinchi va ikkinchi usullardan foydalanilganda Simulink bibliotekasi bo‘limlarining Library Browser oynasi ochiladi.  Simulink ni ishga tushirish Simulinkning asosiy bibliotekasi (oynaning chap tomonida) va uning bo‘limlari (oynaning o‘ng tomonida) ko‘rsatilgan. Simulink bibliotekasida quyidagi asosiy bo‘limlar mavjud:  Continuous — chiziqli bloklar;  Discrete — diskret bloklar:  Functions & Tables — funksiyalar va jadvallar;  Math — matematik amallar bloklari;  Nonlinear — chiziqli bo‘lmagan bloklar;  Signals & Systems — signallar va tizimlar;  Sinks — registratsiya qiluvchi qurilmalar;  Sources —signallar va ta’sirlar manbalari;  Subsystems — ost tizimlar bloklari; SIMULINK PAKETI SIMULINK muhitida model yaratish uchun quyidagi ishlarni bajarish zarur: • File/New/Model , buyrug‘i yoki asboblar panelidagi tugma yordamida modelning yangi fayli yaratiladi. Modelning yangi yaratilgan oynasi rasmda ko‘rsatilgan; • Model oynasida bloklarni joylashtiriladi. Buning uchun bibliotekaning kerakli bo‘limi ochiladi (masalan, Sources— manbalar). So‘ngra kerakli blokni kursor bilan ko‘rsatiladi va sichqonchaning chap tugmasini bosib yaratilgan oynaga suriladi. Agar blokni yo‘qotish zarur bo‘lsa uning ustida sichqonchaning chap tugmasi bosiladi, keyin esa klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi. SIMULINK PAKETIDA MODEL YARATISH SIMULINK PAKETI Agar talab qilinsa, blokning parametrlari o‘zgartiriladi. Buning uchun blok tasvirining ustida sichqonchaning chap tugmasi ikki marta bosiladi. Blokning parametrlarini tahrirlash oynasi ochiladi. Kerakli o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin OK tugmasini bosish yo‘li bilan oyna yopiladi. SIMULINK PAKETI Hamma zarur bloklar sxemaga joylashtirilgandan keyin sxema elementlari o‘zaro ulanadi. Bloklarni o‘zaro bir-biriga ulash uchun blokning chiqishiga kursor olib boriladi va sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda boshqa blokning kirishigacha liniya chiziladi. Bog‘lanish liniyasida tarqalish nuqtasini hosil qilish uchun tugun joylashishi zarur bo‘lgan nuqtada sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib kerakli liniya chiziladi. Chizilgan liniyani yo‘qotish uchun liniya tanlanadi va klaviaturadagi Delete klavishasi bosiladi. Bloklari bir-biri bilan ulangan modelning sxemasi rasmda keltirilgan. SIMULINK PAKETI Sxema elementlari o’zaro ulangandan so’ng Scope bloki ustida sichqoncha chap tomoni 2 marta bosiladi. So’ngra play tugmas bosiladi.    Nazorat savollari:   1. Simulink paketi nimalardan iborat? 2. Simulink bibliotekasi bo‘limlarini sanab o‘ting. 3. Simulink paketida model yaratish. 4. Simulink paketida model oynasi haqida tushuncha.