logo

O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy – huquqiy mexanizmlari.Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari

Загружено в:

15.04.2024

Скачано:

0

Размер:

134.330078125 KB
 Mavzu: O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy – huquqiy mexanizmlari.Terrorizm tushunchasi, shakllari, sabablari va unga qarshi kurash mexanizmlari Reja: 1. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash 2. Terrorizm haqida 3. Terrorizmga qarshi kurash Terrorizm (lot. Terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm 1960-yillarning oxirlarida[1] vujudga kelgan va XX asr oxiri va XXI asr boshlarida sezilarli darajada rivojlangan terrorizmning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Xalqaro terrorizmning asosiy maqsadlari — davlat boshqaruvini tartibsizlantirish, iqtisodiy va siyosiy zarar yetkazish, ijtimoiy tuzum asoslarini buzish hisoblanadi. Terrorizmning bu shakliga zamonaviy islom terrorizmini misol qilib keltirish mumkin. Ekstremizm (lotincha: — oʻta, keskin degan ma’nolarni anglatadi) — siyosatda va mafkurada ashaddiy, favqulodda harakat va qarashlarga asoslanib faoliyat yuritish. E.ning siyosiy va diniy koʻrinishlari yaqqol ajralib turadi.zo’rlik yoki zo’rlik ishlatishga davat qilih. Siyosiy E. Namoyandalari oʻzlarining gʻarazli maqsadiga erishish uchun kuch ishlatish usullaridan foydalanib, mavjud siyosiy tuzilmalarning barqaror faoliyat yuritishini buzish va yoʻqotishga harakat qiladi. Bu yoʻlda ekstremistlar va ekstremistik tashkilotlar “demokratiya” niqobi ostida balandparvoz shiorlar, chaqiriqlar bilan chiqib, terrorchilik va partizanlik harakatlarini qoʻllabquvvatlaydilar, qonunga rioya etmaslik, ish tashlashlar, tartibsizliklar chiqarishga urinadilar, odamlarni gijgijlaydilar, terror qilish usulidan foydalanadilar (qarang Terrorizm). Ekstremistik tashkilotlarning rahbarlari har qanday murosa va kelishuvni rad etadilar. Siyosiy E.ning millatchilik koʻrinishi turli millat va etnik guruhlar huquqini inkor etishda namoyon boʻladi. Millatchi ekstremistlar faoliyati separatizm bilan bogʻliq boʻlib, koʻp millatli davlatlarni yoʻqotish, tub millat hukmronligini oʻrnatishga qaratiladi. Bunday E. Millatlararo munosabatlarning keskinlashuvi va xalqlar oʻrtasida mojarolar chiqishiga olib keladi. Diniy ekstremizm, avvalo, boshqa konfessiyalarga, ularning vakillariga nisbatan toqatsiz boʻladi. Diniy tashkilotlardan dunyoviy davlatga qarshi kurashda foydalanadi. E.ning turli koʻrinishlari soʻnggi vaqtlarda dunyoning koʻp mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasida ham oʻzini namoyon eta boshladi. Turli diniy ekstremistik tashkilotlar (“Hizbut-tahrir”, “Tavba”) yangidan mustaqillikni qoʻlga kiritgan dunyoviy davlatlarga tahdid solmoqda. Ular vaqtinchalik qiyinchiliklarni roʻkach qilib, aholini, ayniqsa, yoshlar ongini aqidaparastlik gʻoyalari bilan zaharlamoqda. Farzandlarni yoʻldan urishga, oʻz ota-onasiga, akaukasiga, oʻzi tugʻilib oʻsgan maskaniga, davlatiga qarshi qoʻyishga harakat qilmoqda. Bugungi kunda E.ga qarshi kurash oʻta dolzarb vazifa hisoblanadi. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. M. Har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. M. Muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Korrupsiya (lotincha: corrumpō — aynish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Korrupsiya davlat apparati va parlament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini oʻtkazish harajatlarini koʻtarish Korrupsiya koʻrinishlaridan biridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar koʻrsatib “oʻz qarzini” qaytaradi). Aksariyat Korrupsiya lobbizm (monopoliyalarning qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq oʻtkazish bilan shugʻullanadigan muassasa va agentlari tizimi) bilan bogʻlangan. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish boʻyicha “Lokxid ishi” eng yirik Korrupsiya koʻrinishlariga misol boʻladi. Porani xaspoʻshlash uchun yirik bitishuvlarda koʻproq “xizmat haqi” toʻlash amaliyotidan foydalaniladi.  Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi; 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi; 1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi; 1999 yil 4 noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar.  E’TIBORLARINGIZ UCHIN RAHMAT.