logo

Mahmud Qoshgʻariyning Dunyo koʻrinishi deb atalgan xaritasi unda keltirilgan girdonim va toponimlar

Загружено в:

10.02.2024

Скачано:

0

Размер:

1112.3251953125 KB
Mavzu: Mahmud Qoshgʻariyning Dunyo koʻrinishi deb atalgan xaritasi unda keltirilgan girdonim va toponimlar   Mahmud Qoshg‘ariyni «Devoni lug‘ot -at turk» asarida keltirilishicha qadimda shaharlar «kent «deyilgan ekan. «Boburnoma»da : «Samarqandni mo‘g‘ul va turk ulusi «Semizqand» derlar» .   Semiz hozirgi kungi muqobilga ko‘ra «katta» deydigan bo‘lsak, «qand» ni «kent» so‘zining og‘zaki shakli bo‘lsa, bundan biz Samarqand nomini bir tomondan «semiz (katta) shahar» deb izohlasak ham o‘rinli bo‘lar ekan. (   (XI asr olimlaridan Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariy shahar nomining kelib chiqishini „Semizkent“, yaʼni „semiz qishloq“ soʻzining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar)   „ Samarqand“ soʻzining kelib chiqishi haqida bir qancha tahmin mavjud. Sharq mualliflari „Samarqand“ soʻzining 1-qismi, yaʼni „Samar“ soʻzi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sunʼiy taʼriflarni taklif etdilar. Ammo tarixda bunday ismli kishi haqida maʼlumotlar aniqlanmagan. Soʻzning 2-qismi „kent“ (kand) — qishloq, shahar degan maʼnoni bildiradi.   Baʼzi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha „Samarya“ra yaqin, yaʼni „yigʻilish, yigʻin“ soʻzidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokanda deb atalgan. Bu haqiqatga ancha yaqin boʻlib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir.(1404 yilda Samarqandga tashrif buyurgan Ispaniya elchisi Ruy Gonsales de Klavixo ham bu talqinni qoʻllab quvvatlaydi).   Mazkur toponim kishi ismi va Qo‘qon xonligi davridagi amal-mansabga oid atamalardan biri mansab so‘zidan tashkil topgan. Mahram – xonga yaqin bo‘lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi.   Shuningdek, mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. ko‘rinadiki, o‘tmishda mansab nomlari ko‘pincha amal egasining nomiga qo‘shilib aytilgan. Shunga ko‘ra ba’zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo‘lib qolgan. Nazarmahram fikrimizning isbotidir.   Joy nomlari ma’lum bir voqea hodisa asosida emas, balki biror mashhur shaxs xotirasiga nisbatan ham shakllanishi mumkin. «Sulton Mahmudning qabri G‘aznining mahallotidadirkim, sulton qabri anda uchun Ravza derlar …» . Bu an’ana, ya’ni buyuk shaxslarning xotirasini abadiylashtirish uchun ularning nomlarini hududlarga berish hozirgi kunda ham keng qo‘llanilmoqda. Masalan, Navoiy viloyati, Abdulla Qodiriy mahallasi, Amir Temur ko‘chasi .   “ Hazrati Nuh payg‘ambarning otasi Mehtar Lomning qabri Alishang tumanidadir. Ba’zi tarixda Mehtar Lomni Lamak (Lamkon) ham debturlar. Ul elni xeyli mulohaza qililibturkim ba’zi mahal “kof”’ o‘rnig‘a “g‘oyn” talaffuz qilurlar. Bu jihattin g‘olibo, bu viloyatni Lamg‘on debturlar” [1]. Bundan ko‘rinadiki, ba’zi bir oykonimlarning nomi xalqning nutq jarayonida o‘zi uchun qulay bo‘lgan tanlovi asosida ham kelib chiqar ekan. Samarqanddagi hovuz, Konigilning ham nomi insonlarning nutqiy qulaylikka intilishi natijasida kelib chiqqanini asar orqali bilib olishimiz mumkin: “Ba’zi derlarkim, bu o‘langning asl oti Konobgir ekandur, vale tarixlarda tamom Konigil bitirlar”   Bu nomlar aksariyati o‘sha davrda qaysi hududlarning atoqli oti bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar ham saqlanib qolganligining guvohi bo‘lamiz. “Yana biri O‘sh qasabasidur. Andijonning sharqi – janubiy tarafidur, sharqqa moyil, Andijondin to‘rt yig‘och yo‘ldur”. Hozirgi kunda ham qaraydigan bo‘lsak, bu ikki shahar qo‘shni davlatlarda joylashgan bo‘lsa-da, o‘zaro yonma – yon