logo

Evolyusiyani harakatlantiruvchi va yo’naltiruvchi kuchlar. Miqdoriy belgilarni irsiylantirishda kommulyativ va nokommulyativ genlarning o’zaro ta’siri

Загружено в:

29.12.2023

Скачано:

0

Размер:

3074.908203125 KB
EVOLYUSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI VA YO’NALTIRUVCHI KUCHLAR. MIQDORIY BELGILARNI IRSIYLANTIRISHDA KOMMULYATIV VA NOKOMMULYATIV GENLARNING O’ZARO TA’SIRIGA DOIR MASALALAR ECHISH REJA: 1. EVOLYUSIYANI HARAKATLANTIRUVCHI VA YO’NALTIRUVCHI KUCHLAR. 2. AROMORFOZ 3. IDIOADAPTATSIYA 4. UMUMIY DEGENERATSIYA BIOLOGIK REGRESS Biologik regress  — organizmlarning evolyutsion inqirozga yuz tutishi; biologik progressning aksi. Biologik regressga uchragan taksonlar individlarining soni qisqarib, ular areali torayib boradi, mazkur taksonning kichik guruhlari soni kamayib ketadi, yaxshi moslasha olmasdan qolgan yoki boshqa organizmlar bilan yashash uchun kurashda dosh berolmagan individlar qirilib ketadi. Biologik regressga uchragan turlar yoki boshqa taksonomik guruhlar qirilib ketishi mumkin. BIOLOGIK REGRESS BIOLOGIK REGRESS BIOLOGIK REGRESS BIOLOGIK REGRESS Biologik regress  — organizmlarning evolyutsion inqirozga yuz tutishi; biologik progressning aksi. Biologik regressga uchragan taksonlar individlarining soni qisqarib, ular areali torayib boradi, mazkur taksonning kichik guruhlari soni kamayib ketadi, yaxshi moslasha olmasdan qolgan yoki boshqa organizmlar bilan yashash uchun kurashda dosh berolmagan individlar qirilib ketadi. Biologik regressga uchragan turlar yoki boshqa taksonomik guruhlar qirilib ketishi mumkin. BIOLOGIK REGRESS Biologik R.ga uchragan organizmlar soni kamayib, takson areali torayib boradi, natijada guruh yoʻqolib ketadi; morfofiziologik regress, yaʼni umumiy degeneratsiya. Voyaga yetgan organizmlarning tuzilishi va hayot faoliyati soddalashuvidan iborat. Bu jarayon oʻtroq yoki parazit hayot kechirishga oʻtgan organizmlarda kuzatiladi. Morfofiziologik regressda, odatda, harakatlanish, sezgi va faol oziqlanishga yordam beradigan organlar hamda markaziy nerv sistemasi reduksiyaga uchraydi. BIOLOGIK REGRESS Aksincha, organizm hayoti uchun ikkinchi darajali hisoblangan organlar, Masalan, jinsiy sistema progressiv rivojlanadi. Assidiyalar oʻtroq hayot kechirishga oʻtish bilan qon aylanish va nerv sistemasi, xorda reduksiyaga uchraydi. Parazit hayot kechirishga oʻtgan oʻsimliklarda barglar yoʻqolib ketadi, ildizlar reduksiyaga uchrab, ular oʻrniga soʻrgʻichlar paydo boʻladi BIOLOGIK PROGRESS Biologik progress  — muayyan guruhga mansub organizmlarning yashash uchun kurashdagi muvaffaqiyati. Biologik progress muayyan taksonga mansub organizmlar sonining ortishi, uning areali kengayishi, takson individlarining bir- biridan farq qiladigan yangi kichik sistematik guruhlarga boʻlinib ketishi bilan belgilanadi. Biologik progress ga olib boradigan yoʻllar (omillar)ni A. N. Seversov aniklab bergan. BIOLOGIK PROGRESS Birinchisi—morfofiziologik progress, yaʼni aromorfozdir. Aromorfoz natijasida hayvon organizmining tuzilishi va organlari funksiyalari murakkablashadi, voyaga yetgan avlodlarning umumiy hayot faoliyati ajdodlar xayot faoliyatiga nisbatan yuqori darajaga koʻtariladi AROMORFOZ Organizmlar hayot darajasining umumiy yuksalishiga olib keladigan ularning tuzilishidagi evolutsion progress xususiyatiga ega o’zgarishlarni Seversov aromorfoz deb ataydi. Aromorfoz bu hayot faoliyatining yuksalishi va tizimlarning murakkablashuvi bilan bog’liq jarayon. Olim aromorfoz o’zgarishlarga misol sifatida umurtqali hayvonlarda qon aylanish sistemasining umurtqasizlarnikidan farqli ravishda qayta hosil bo’lishi (to’rt kamerali yurak, katta va kichik qon aylanish doirasi), nerv tugunlari (gangliylar) hosil bo’lishi bilan bog’liq nerv sistemasining murakkablashuvi, turli darajadagi yangi taksonlarning hosil bo’lishi kabilarni keltiradi. Aromorfoz o’zgarish organizmlar uchun xususiy bo’lmay, u juda katta sistematik taksonlarga tegishli hisoblanadi. Eng keng tarqalgan o’zgarishlar esa idioadaptatsiyaga misol bo’ladi deb tushuntiriladi.   Umurtqali hayvonlar aromorfozi  BIOLOGIK PROGRESS Ikkinchisi — idioadaptatsiya, yaʼni muayyan cheklangan muhit sharoitiga moslanishdan iborat boʻlib, voyaga yetgan avlodlarning hayot faoliyati va tuzilishi ajdodlarga nisbatan yuqoriga koʻtarilmaydi, lekin tur individlari yashash sharoitlariga yaxshi moslashgan boʻladi. IDIOADAPTATSIYA Idioadaptatsiya (yana bir nomi allomorfoz) ni tushuntirishda Seversov uning umumiy bo’lmay, balki xususiy o’zgarish ekanligini, ajdod organizm yashash uchun kurashda tirik qolish uchun o’z turiga xos, o’zgarish hosil qilishini aytadi. Olimning qayd etishicha, idioadaptatsiya evolutsiyaning o’ziga xos yo’nalishi bo’lib, uning hosil bo’lishi oqibatida bir-biriga yaqin hayvon turlari turli geografik hududlarga yashaydi. Masalan, bo’risimonlar oilasining vakillari biogeografik jihatdan Arktikadan to ekvatorgacha bo’lgan hududlarda tarqalgan. Ularning bunday keng miqyosda tarqalishiga ulardagi turli xildagi idioadaptatsiyalar sabab bo’lgan, shu bois ular orasida raqobat kamayib boradi. Idioadaptatsiyalarning hosil bo’lishi ushbu oila vakillarining keng maydonlarda yashashiga, ularning soni ortib borishiga va shuning oqibatida oila progress rivojlanishga erishishiga olib kelgan. A.N.SEVERSOV IDIOADAPTATSIYANING QUYIDAGI TURLARINI FARQLAB KO’RSATADI : Shakli bo’yicha:   suvda yashovchi organizmlar tana shaklining suyri shaklda bo’lishi (suv qo’ng’izlari, baliqlarda). Rangi bo’yicha: 1) himoya rangi (kaltakesaklar, buqalamun, sakkizoyoq) 2) ogohlantiruvchi rang (qizil rangli hasharotlar, ari) 3) mimikriya (jizildoq pashsha) Ko’payish bo’yicha:  kakku tuxumini boshqa qushlar uyasiga qo’yib ketishi, chigirtkalar tuxumlarini yerdagi maxsus ko’zachalarga qo’yishi Harakatlanishi bo’yicha:  suv qushlari, morj, tyulenlarning suzishga yordam beruvchi tuzilmalari; qushlardagi uchishga yordam beradigan ikki marta nafas olish, naysimon suyaklar ichining havo bilan to’lgan bo’lishi. Yashash muhitiga moslanishi bo’yicha:  teri osti yog’, mavsumiy tullash va h.k. IDIOADAPTATSIYA BIOLOGIK PROGRESS Uchinchisi — senogenezla r, yaʼni hayvonlarning embrion va lichinka davrida moslanishi, bunday senogenezlar natijasida voyaga yetgan avlodlarning tuzilishi va hayot faoliyatida oʻzgarish boʻlmaydi, lekin kelgusi boʻgʻinlarda o’rganizmlar soni oshadi. S.ga amnion, xorion, allantois, sariqlik xaltasi, yoʻldosh va boshqa provizor (vaqtinchalik) murtak organlar, embrional rivojlanish tezligi, embrion varaqlari hosil boʻlishi va joyining oʻzgarishi misol boʻladi, "S" terminini nemis olimi E.Gekkel oʻzining biogenetik qonun konsepsiyasida taklif etgan (1866). Dastlab S. ontogenezdagi har qanday oʻzgarishlarga nisbatan ishlatilgan. S.ning A.N. Seversov ishlab chiqqan filembriogenez nazariyasida (1912) S.ga faqat embriologik va lichinkalik moslanish tarzida qaraladi. SENOGENEZ   Senogenetik moslanishlar bir nechta xil bo`lishi mumkin: ulardan biri tuxum va lichinkaning himoya rangi, ikkinchisi embrion va lichinkaning oziqlanishini ta’minlaydigan (sariqlik) va uni adsorbtsiya qilishga yordam beradigan qon tomirlar, uchinchisi embrion, lichinkalarning nafas olishiga yordam beradigan jabra iplari — allantois va boshqa moslamalardan iborat. Hayvonlar ontogenezining keyingi davrlarida bunday senogenetik moslanishlar keraksiz bo`lganligi uchun reduksiyaga uchraydi. Senogenezning biologik ahamiyati katta. Chunki u embrion va lichinkalar individual rivojlanishda xavfli hisoblangan yoshlik davrini birmuncha xavf-xatarsiz o`tkazishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu ularni biologik progressga olib keladi BIOLOGIK PROGRESS Toʻrtinchisi—umumiy degeneratsiya, yaʼni voyaga yetgan avlodlarning tuzilishi soddalashuvi orqali sodir boʻladigan moslashuvdan iborat. UMUMIY DEGENERATSIYA A.N.Seversov aromorfoz va idioadaptatsiyadan farqli ravishda rivojlanish yo’lida o’zining u yoki bu organlar sistemasidan voz kechgan organizmlarning rivojlanish yo’nalishini umumiy degeneratsiya (yana bir nomi katamorfoz) deb atadi. Seversovning hisoblashicha umumiy degeneratsiya organizmlarning morfologik regressga uchrashi bilan bog’liq. Bunda organizm faol hayot siklidan passiv hayot tarziga o’tadi. Masalan, ikki pallali molluskalarda voyaga yetgan vakillarining passiv oziqlanish hayot shakli ularda boshning yo’qolishiga, lentasimon chuvalchanglarning parazit hayot kechishi esa ovqat hazm qilish organlarining yo’qolishiga olib kelgan. CHEKLANMAGAN PROGRESSDA Cheklanmagan progressda organik olam guruhlarida individlar miqdori hamma vaqt orta bormaydi. Ko`p hollarda «tuban» organizmlar miqdor jihatdan yuqori tuzilishga ega organizmlarga nisbatan ko`p sonda bo`ladi. Yuqori tuzilishga ega organizmlar takomillashgani uchun miqdor jihatdan ko`p bo`lish hisobiga emas, balki individlari yashovchanligining ortishi hisobiga gullab-yashnagan. Biroq bunday yo`l katta guruhlar taqqoslanganda ko`zga tashlanadi. Ayrim turlarning yashash uchun kurashdagi muvaffaqiyati ko`p hollarda populyatsiyada individlar, tur doirasida populyatsiyalar miqdorining ortishi, arealining kengayishi bilan aloqador. GRUPPALI (CHEKLANGAN) PROGRESS Gruppali (cheklangan) progress. Har qanday hayvon, o`simlik guruhi tuzilish rejasi bo`yicha boshqa guruhlardan farq qiladi. Evolyutsiya jarayonida mazkur guruhda tuzilishning takomillashuvi gruppali (cheklangan) progress mazmunini tashkil etadi. Masalan, arxegoniyli o`simliklarda gruppali progress ontogenezda gametofitdan sporofitga o`tishga, o`tkazuvchi naylarning rivojlanishiga, epidermis «og`izchalari»ning rivojlanishiga sabab bo`lgan. Evolyutsion progressning yuqorida qayd etilgan shakllari alohida-alohida sof holda emas, birgalikda bir-biriga murakkab ta’sir qilgan holda namoyon bo`lgan. HOZIRGACHA TUZILISH VA FUNKSIYANING YUQORI DARAJADALIGINI ANIQLASH BO`YICHA 40 TA MEZON ISHLAB CHIQILGAN. ULARNI UCHGA — SISTEMALI, ENERGETIK VA AXBOROT GURUHLARIGA BO`LISH MUMKIN. Sistemali mezon tuzilish va funksiyaning murakkablik va integratsiya darajasini ifodalaydi. Organizm, to`qima va organlar tabaqalanishining ortishi, ko`p tomonlama hayotiy funksiyalar bilan ta’minlanishi, gomologik organlar oligomerizatsiyasi shular jumlasiga kiradi. ENERGETIK MEZON Energetik mezon bir butun organizm va uning qismlari funksiyasining samaradorligi iqtisod qilinishi darajasi tavsifini belgilaydi. Masalan, oziq iste’mol qilib ko`p energiya beruvchi organizm takomillashgan hisoblanadi. Bu fermentlar sifati, kaloriyaga boy oziq iste’mol qilish, atrof-muhitga kam issiqlik ajratish bilan ifodalanadi. AXBOROT MEZONI Axborot mezoni axborot to`plash darajasini aks ettiradi, bunga umurtqali hayvonlarning tobora murakkablanish evolyutsiyasi natijasida genetik axborotning izchillik bilan orta borishi misol bo`ladi. Chunonchi, sut emizuvchilar DNK si miqdoriga nisbatan dastlabki xordalilar genomida DNK 6%, bosh skeletsizlarda 17%, to`garak og`izlilarda 38%, baqalar va toshbaqalarning ba’zi turlarida 80 % ni tashkil etadi. Tuzilishninig takomillashganligi ota-ona organizmlardan olingan (shartsiz refleks), shuningdek, shaxsiy rivojlangan (shartli refleks) tufayli hosil bo`lgan xatti-harakatda namoyon bo`ladi. U yuqori sut emizuvchilarda, ayniqsa, yirtqichlarda juda rivojlangan. TEST TOPSHIRIQLARDAN TO`G`RI JAVOBNI ANIQLANG . 1. Biologik progress bu.... 2. A. Tarixiy jarayonda organizmlar tuzulishini murakkablashishi; 3. B. Tarixiy jarayonda organizmlarning muhit sharoitiga moslashishi; 4. C. Organizmlar sonini ortishi, tarqalish arealini kengayishi va yangi taksonlarni hosil qilishi; 5. D. Tarixiy jarayonda organizm tarqalgan arealni kengayishi . 2. ARAMORFOZ BU..... A. Tarixiy jarayonda organizmlar tuzulishini murakkablashishi; B. Tarixiy jarayonda organizmlarni ixtisoslashishi; C. Tarixiy jarayonda organizmlarning moslashishi; D. Tarixiy jarayonda organizmlar tuzilishini soddalashishi. 3. BIOLOGIK REGRESS BU... A. Taksonlardagi organizmlarning kamayishi; B. Taksonlardagi shug`al qilgan xududni torayishi; C. Taksonlarda yangi sistematik birliklarni paydo bo`lishi; D. A – C 4. SENOGENEZ BU..... A. Tuxumda ozuqa zahirasini ko`p bo`lishi; B. Murtak pardalarini hosil bo`lishi; C. Murtakning pardalarsiz rivojlanishi; D. A – V. 5. UMUMIY DEGENERATSIYA BU.. A. Murakkab tuzulishidan oddiy tuzulishiga o`tishi; B. Tuxum orqali ko`payishi; C. Metamorfoz orqali ko`payishi; D. Murtakning pardasiz taraqqiy etishi. МАВЗУГА ОИД МАСАЛАЛАР ЕЧИШ 1. Қуёнларнинг қулоқ супрасининг узунлиги доминант D1D1 D2 D2 генларга, калталиги d1d1 d2 d2 генларга боғлиқ. Қулоқ супраси узун 24 см бўлган Барон қуён зоти қулоқ супраси калта 12 см бўлган зот билан чатиштирилган. F1 дурагайининг қулоқ супрасининг узунлигини топинг. МАВЗУГА ОИД МАСАЛАЛАР ЕЧИШ 2. Қуёнларнинг қулоқ супрасининг узунлиги доминант D1D1 D2 D2 генларга, калталиги d1d1 d2 d2 генларга боғлиқ. Қулоқ супраси узун 15 см бўлган организмларнинг генотипини топинг 3. Қовоқда U - гени меванинг сариқ рангини, u – гени яшил рангини ифодалайди. Гомозигота оқ ва яшил қовоқлар ўзаро чатиштирилса, F1 да қандай рангли қовоқ ҳосил бўлади?МАВЗУГА ОИД МАСАЛАЛАР ЕЧИШ МАВЗУГА ОИД МАСАЛАЛАР ЕЧИШ 4. Одамларда сочнинг жингалак бўлиши J, текис бўлиши j генлари билан белгиланади. Бундай эр-хотиндан туғилган фарзандларнинг сочи тўлқинсимон бўлади. Сочлари жингалак бўлган аёл, сочи текис бўлган эркакга турмушга чиқди. Бу оила фарзандларининг соч шакли ва генотипини аниқланг. E’tiboringiz uchun raxmat!