logo

Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish

Загружено в:

06.09.2022

Скачано:

0

Размер:

1451.7041015625 KB
Fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uslublari va vositalari, ularning xususiyatlari. Favqulodda holatlarda qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarini tashkil etish Reja: 1. Turli FVlarda fuqarolarni himoya qilish vositalari, himoya inshootlari turlari 2. Turli FVlarda fuqarolarni xavfsiz zonaga evakuatsiya kilish asoslari 3. Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarda barqarorligi ta`minlash 4. Aholini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash 1. Turli FVlarda fuqarolarni himoya qilish vositalari, himoya inshootlari turlari Aholini shaxsiy himoya vositalari organizm ichiga, teri ustiga va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi moddalarni va bakterial vositalarni tushishidan himoya qiladi. Himoya vositalari: nafas olish va terini himoya qilish vositalariga bo`linadi. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalariga filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi protivogazlar, respiratorlar, shuningdek changga qarshi gazmol niqob (PTM 1) va pahta-dokali bog’ichlar kiradi. Nafas olish organlarini yakka himoyalash vositalarini tasnifi rasm-8 da keltirilgan. Terini himoya qilish vositalariga maxsus izolyatsiya qiluvchi kiyim, himoya fil’trlovchi kiyim kiradi. Dushmanning bostirib kirish xavfi tug’ilganda barcha aholi shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Tuzilmalarni shaxsiy tarkibi, ishchi va xizmatchilar shaxsiy himoya vositalarini o`z ob’ektlarida aholi esa uy boshqarmalari orqali olishadi. Nafas olish organlarini himoya qilish vositalari: 1) protivogazlar: filtrlovchi va izolyatsiya qiluvchi. Filtrlovchi protivogazlarni (rasm-10) ishlash prinsipi nafas olinadigan havoni har hil zararli qo`shimchalardan oldindan tozalashga asoslangan. Filtlovchi protivogazlarga GP- 5(a); GP-5 m va GP4u va boshqalar tegishli. Filtrlovchi protivogazlar havoni tozalaydi, shuning uchun uglerod oksididan himoyalanish uchun qo`shimcha patron ishlatiladi. Izolyatsiya qiluvchi protivogazlar (IP-4, IP-5, IP 46, IP 46 M) nafas olish organlarini, ko`zni, yuz terisini havodagi barcha zararli moddalardan tozalashga mo`ljallangan. Bu protivogazlarni havoda kislorod yetishmaganligida ishlatiladi. Bu protivogazlar regeniratsiya patronida nafas olish uchun havo kislorod bilan boyitiladi. 2) respiratorlar (rasm-12), changa qarshi gazmol niqob (rasm-13) va pahta- dokali bog’ich (rasm-14). Eng keng tarqalgan R-2 respirator bo`lib, u nafas olish organlarini radioaktiv va tuproq changidan va bakterial vositalar ta’siridan himoya qilishda ishlatiladi.Keng tarqalgan sanoat respiratorlarini tavsiflari jadval 4. da keltirilgan.CHangga qarshi gazmol niqob (PTM-1) va pahta-dokali og’iz nafas olish yo`llarini radiokativ chang va bakterial vositalardan himoya qilishda ishlatiladi. Zaharlovchi moddalardan ular himoya qilmaydi. PTM-1 ikki qismdan iborat: niqob korpusi va bog’ich.Pahta-dokali bog’ich aholi tomonidan mustaqil tayyorlanadi. Rasm - 8. Filtrlovchi protivogazlar: a – umum harbiy protivogazi; b – GP-5 protivogazi: 1-filtrlovchi-chang yutuvchi quti; 2-shlem niqob; 3-ko`zoynaklar; 4- klapan qutisi; 5-ulovchi trubka; 6-protivogaz sumkasi; 7-terlamaydigan plyonkalar solingan quti. Rasm - 9. R-2 respiratori: 1-yarim niqob; 2-nafas olish klapanlari; 3-nafas chiqarish klapani; 4-burun qisqichi; 5-boshqa taqiladigan tasma. Rasm - 10. PTM-1 changa qarshi gazmol niqobi: 1-niqob korpusi; 2-oynaklar; 3-bog’ich; 4, 5-rezinali tasmalar; 6-pastki bog’ich. Rasm - 11. Paxta-dokali bog’ich: a – umumiy ko`rinishi; b – taqilish. Terini himoya qilish vositalari: Terini izolyatsiyalovchi himoya vositalari rezinalashtirilgan materialdan tayyorlanadi va odamlarni zararlangan hududlarda ko`p vaqt davomida bo`lganlarida,zararlanish o`choqlarida degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfektsiya ishlarini bajarish vaqtida foydalaniladi. Izolyatsiyalovchi himoya vositalariga L-1 Yengil himoya kostyumi, himoya kambizoni va kostyumi va umum harbiy himoya komplekti tegishli.Terini filtrlovchi himoya vositasi. Bu komplekt terini zaharlovchi modda,shuningdek radioaktiv chang va bakterial vositalardan himoya qiladi.Terini oddiy himoya vositalari - barcha aholini himoya vositasi hisoblandai. Bunga odatdagi kiyimbosh (plash, palto, kapyunshon, qo`lqop va boshqalar) kiradi. SHunday qilib, terini himoya qilish vositalari odam terisini ZM, RM va bacterial vosita parlari va tomchilaridan, shuningdek butunlay alfa-zarrachalardan himoya qiladi. Tibbiy himoya vositasiga shaxsiy AI-2 aptechkasi kiradi. U jarohat olinganda va kuyishda o`z o`ziga va boshqalarga yordam berishga, shuningdek ZM, bakterial vositalarni va ionizatsiya qiluvchi nurlarni ta’sirini kamaytirishda ishlatiladi. Shaxsiy himoyaga qarshi paket tomchili suyuq ZM tanani ochiq joylariga yoki kiyimga tushganida zarasizlantirish uchun ishlatiladi.  Himoya inshootlari Himoya inshootlari fuqarolarni tabiiy ofatlar, avariya, halokat okibatlaridan hamda kirgin qurollari ta`sir faktorlaridan va ularning ikkilamchi ta`sir faktorlaridan saklaydigan boshpanalar hisoblanadi. Himoya inshootlari quyidagilarga bulinadi: a) Yunalishiga kura: fuqarolarni saklashga, boshkaruv tizimlarini va tibbiy shahobchalarni joylashtirishta muljallangan; b) Joylashgan urniga kura: alohida joylashgan (metropolitenlar va togkon qurilishlari); v) qurilish muddatiga kura: — odtsindan qurilgan va tez quriladigan; g) Himoyalash darajasiga kura: — boshpana, RSB va oddiy boshpana (ochik yoki yopik ertulalar). Boshpana: Boshpana — odamlarni hamma ta`sir faktorlardan (yuqori harorat, radioaktiv, portlovchi va kuchli zaharli moddalar), inshootlar buzilganda ularni kismlaridan hamda kirgin qurollari va oddiy hujumkor qurollar ta`siridan saklaydi. Boshpanalar odamlarni kabul kilish soniga kura 5sinfga bulinadi: kichik (150300 kishi), urtacha (300600 kishi), katta (600 dan kup) va boshkalar. Boshpanani kurshida quyidagi tapablar kuyiladi: 1) 3 sutkadan kam bulmagan muddatda saklash; 2) Suv bosmaydigan joylarda kurish; 3) Okar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalaridan hamda qurilish kommunikatsiyalaridan uzokrok joylarda kurish; 4) Chikish va kirish eshiklarining bulishi. Boshpana ma`lum jihozlar bilan jihozlanishi shart, jumladan: shamollatgich, sanitartexnik jihrzlar, havodagi zaharli moddalarni, radioaktiv birikmalarni va biologik vositalarni tozalovchi uskunalardan iborat bulishi kerak. Boshpana asosiy va kushimcha xonalardan tashkil topadi: Asosiy xonalarga — odamlar, boshkaruv tizimlari, tibbiy xizmat tizimlari joylashtiriladi, kushimcha xonalarga jihozlar, asbobuskunalar, oziqovqatlar, suv va boshka kerakli vositalar joylashtiriladi. Bu boshpanalar juda mustahkam qurilganligi, germetikligi yuqoriligi va sanitar gigiyena sharoiti bo’lganligidan Xalqni bir necha kun davomida betalofat saklashi mumkin. Boshpanalar odamlar yotadigan va turib saklanadigan holda buladi. Turib saklanadigan boshpanalar sifatida ishlab chiqarish, ma`muriy va Xalq yashaydigan baland uylarning ertulalaridan foydalaniladi. Bunda butun kirgin qurollari faktorlaridan sakdovchi kismlar, elementlar urnatilib, boshpanaga kuyilgan talablar bajariladi. Boshpana bir necha bo’limlardan tashkil topib, har biriga 5075 odam sigishi kerak. Ular yarusli kilib jihozlanadi va har birodamga 0,5 m 2 joy tugri kelishi kuzda tutiladi. Boshpana juda yahshi germetik ravishda qurilishi, ya`ni deEOrlari, xona bo’limlari juda zich kilib ishlanishi zarur. Aks holda tashkaridan radioaktiv, kimyoviy va biologik zaharlovchilar havo bilan birga kirishi mumkin. Boshpanada kamida ikkita karama-karshi tomondan kiradigan eshik va ehtiyot eshigi bulishi kerak. Eshiklar tambur tipida ikki kavatli kilib germetik ravishda yopiladigan bulishi lozim. Eshikni tashki tomoni juda mustahkam materialdan yasaladi, sababi, u yadro portlaganda chikadigan tulkin zarbidan saklaydi. Boshpanalar filtrlaydigan, havo almashtiradigan asbobUskunalar bilan jihozlanadi. Ularda elektr, aloka, suv hamda kanalizatsiya va isitish tarmoqdari ham bulishi kerak. Boshpanada dozimetr, kimyoviy razvedka jihozlari, himoyalovchi vositalar, ut uchirish qurollari, oziq ovqatlar, suv zahirasi va dori darmonlar bulishi shart. Agar favqulodda vaziyatda alohida qurilgan boshpanalar bulmaganda tez jihozlanib, foydalanadigan boshpanalar quriladi. Bunday boshpanalarni metropolitenlar, osti yullari, inshootlarning ertulalarini kerakli asbobuskunalar bilan jihozlab tayyorlanadi. Radiatsiyadan saklovchi boshpana (RSB). Radiatsiyadan sakpovchi boshpana (RSB) germetik bulmagan himoya inshootlari bulib, favqulodda vaziyatlarda fuqarolar usha erda saklanadilar. RSBlarga alohida qurilgan, tez jihozlanib quriladigan hillaridan tashkari, xo’jaligik maksadlarida foydalaniladigan chukurliklar, sabzavot saklanadigan qurilmalar va odtsiy yashovchi qurilmalar kiradi. RSBlarning saklash xususiyati — radiatsiya nurini (u) susaytirish koeffitsienti (Ku) bilan aniqlanadi va u qanday materialdan qurilganligiga va uning kalinligiga boglik (18jadval). Masalan, yogochdan tayyorlangan uylarning ertulalari radiatsiya nurini 712 marta, gishtli uylar esa 200300 marta kamaytiradi. 50 nafar odamdan kup bo’lgan RSBlarda kamida ikkita karama-karshi tomonda eshiklar bulishi kerak, RSBlarda havo ta`minoti jihozlari bulmasligidan usha joylarda fuqarolar uzok vakg saklana olmaydilar va uzogi bilan 46 soat bulishlari mumkin. RSBlarga odamlar kirishidan avval, eshik, romlar yahshilab urnatiladi. Oziqovqatlar, suvlar iloji boricha germetik idishlarda saklanadi. RSBda ham ikkita vazifali xonalar buladi. Asosiy xonada odamlar saklanadi, kushimcha xonada esa sanitargigienik jihozlar va havo almashtirgich joylashgan buladi. RSBning saklash xonasida ham har bir odamga 0,40,5 m 2 hajmda joy tugri kelishi kerak. RSBlar ham 23 yarusli utirgichlar bilan jihozlanadi. Shaharlar tashkarisidagi RSBlar sifatida foydalanish uylarining ertulalari, sabzavot saklandigan omborxonalar, ertulalar, gishtli, betonli, tuprokli, yogochli uylar va boshka chukurliklar moslashtiriladi. RSBlarning saklash xususiyatini oshirish uchun ularning devorlarini kalin kilish, eshikoynalari germetikligani oshirish va ularning yon atrofini tuprok bilan tudtsirish orqali erishiladi. Radioaktiv shikastlangan hududlardan kelgan odamlar RSBlarga kirishlaridan oldin tamburda kiyimkechaklardagi, oyokkiyimlardagi radioaktiv changlarni yuk kilib (silkitish orqali, tozalovchi vositalar orqali), juda ehtiyotlik bilan kiyim kechaklarni (himoya kiyimlari, oyok kiyimi) echib, keyin boshpana ichiga kirishlari kerak. Radioaktiv zararlanishning boshlangich 35 soatlarida, boshpananing chikish eshiklari va havo almashtirish teshiklari yahshilab berkitiladi. Bu vakg oraligida radiatsiya darajasi tezda kamayib, radioaktiv changlar esa asosan erga tushib buladi. 46 soatlardan keyin boshpana (RSB) shamollatiladi. Himoyalanuvchi odamlar tashkariga chikkanda, albatta, himoya vositalarini kiyib 1520 dakika RSBdan tashkarida bulishlari mumkin. Agar tashkarida radiatsiya darajasi juda yuqori bulsa, u holda boshpana shamollatilayotganda odamlar nafas organlariga himoyalovchi vositalarni kiyib utirishlari zarur. Oddiy saklovchi boshpana — ertula. Fuqarolarni muhofaza kdoshshda oddiy saklovchi boshpanalar (ertulalar) alohida urin tutadi. Ertulalar qurilish konstruktsiyasiga kura oddiy himoya inshootlari katoriga kiradi, chunki uni kurish juda kiska vaqtda amalga oshiriladi. Ular ochik va yopik kurinishda buladi. Ochik ertulalarda odamlar radioaktiv shikastlanishdan ikki uch marta kam zararlanadi (agar ertula dezaktivatsiya kilinmasa) va 20 barobarigacha (agar ertula dezaktivatsiya kilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopikertulalar esa radioaktiv zararlanishni 4050 marta kamaytiradi. Ertulalar chukurligi 200 sm., kengligi 120 sm., pastki kismi esa 80 sm., uzunligi esa odamlar soniga karab tayyorlanadi. Ochik ertulada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan Holda sakpanadilar. Yopik ertulalar radioaktiv changlarni, biologik tumanlarni, kimyoviy qurollarni kiyimkechaklarga, terilarga tushishidan sakpovchi boshpana hisoblanadi. 12- rasm 2. Turli FVlarda fuqarolarni xavfsiz zonaga evakuatsiya kilish asoslari FVlar ta`siridan saklash usullaridan yana biri — bu fuqarolarni falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoklashtirish yoki butkul evakuatsiya kilish hisoblanadi. Ish bilan mashgul bo’lgan odamlarni harbiy vakgda vakginchalik shahardan tashkari hududga yoki boshka kishlokka kuchirishni biz uzoklashtirish deb bilamiz. Lekin bunda ishchi xizmatchilar vaqtincha zararlangan hududdan chikib turadilar. Qaytadan yana ishga kelganlarida hamma ehtiyot choralarini kurib, uz faoliyatlarini boshlaydilar. Demak, vaqtinchalik kuchirishda ishlovchi odamlar ma`lum bir vakg dam olib keladilar. Evakuatsiya deganda hammani bir vakgda bir yashash joyidan ikkinchi yashash joyiga doimiy yashash uchun kuchirilish tushuniladi (asosan ishlamaydigan fuqarolar, nafakahurlar, bolalar va kasallar evakuatsiya kilinadi). evakuatsiya kilinganda alohida buyruk bulmaguncha fuqarolar usha joyda yashab turadilar. Xavfsiz hudud xavfli hududdan birmuncha uzok masofada joylashgan bulishi va Xalqka hech qanday xavf tugdirmasligi lozim. YAna xavfsiz hudud temir yul, avtomobil yullariga yakin, ishchi xizmatchilarni ishga olib borib, yana kaytib kelishi uchun kulay bo’lgan joylarda tashkil etiladi. Ishga boglik bulmagan ishchilar hududdan uzokrok erga evakuatsiya kilinadi. Xavfsiz hududga vaqtinchalik yoki bugunlay kuchirish ishlarida ishlaydigan odamlar uchun ishlab chiqarish tamoyiliga kura, ishlamaydigan Xalq uchun esa hududiy tamoyilga kura turarjoy boshkarmasi orqali amalga oshirildi. Tadbirlar har bir ishlab chiqarish korxonasida yoki turarjoylarda bunday ishlar bilan shugullanadigan boshlik urinbosarlari tomonidan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Kuchirish ishlarining hammasi evakuatsiya kilinadiganlarning yigiladigan joyida tashkillashtiriladi.Yigilish joylari (evakuatsiya punkti — eP) asosan, maktablar, klublar va boshka jamoat inshootlari budishi mumkin. Xalqni kuchirish hakida ma`lumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, o’quv yurtlari, korxonalari, militsiya organlari hamda radio, televidenie orqali Xalqxabardor kilinadi. Yigilgan odamlar kayta hisobdan o’tkazilib, guruhlarga bulinadi, transport vositalariga taksimlanib, kursatilgan vakg ichida xavfsiz hududga yetkaziladi. YAyov yuradiganlar oldindan tuzilgan mashrut bo’yicha kolonna bulib (kolonnada 5001000 kishi) harakat kiladi, Bunda, albatta, guruhlarga bulinadi va har bir guruhda 50100 kishi buladi. Kolonna har 11,5 soat yurishdan keyin 1015 minut dam olib, aytilgan joyga borishi bilan hamma kolonna a`zolari tibbiy kurikdan o’tkaziladi.Bu erda evakuatsiya kilinganlarni kabul komissiyasi kutib oladi. Bu komissiyaga usha joyning hokimiyat boshliklari, korxona rahbarlari, oziq-ovqat, tibbiyot xizmatchilari kiradi. Ular odamlarni kabul kilib, hisobini oladi va har birini joylashtiradi. Odamlar asosan, maktablarga, klublarga, kinoteatrlarga va shunga uhshash joylarga, ba`zan usha erda yashovchi oilaga ham ma`lum kism odamlar taksimlanadi.Joylashtirilgan har bir insonga tibbiy xizmat kursatilib, oziq- ovqat bilan ta`minlanadi. Evakuatsiya kilingan fuqarolar usha erdagi ishlab chiqarish korxonalarining evakuatsiya kilingan kismida ishlashlari mumkin. 3. Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining favqulodda vaziyatlarda barqarorligi ta`minlash Ma`lumki, Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta`minlash, har qanday favqulodda vaziyatlarda (harbiy yoki tinchlik davrlarida) fuqaro muhofazasining asosiy vazifalardan hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlarda Xalq xo’jaligigi tarmoqlari barqarorligi deyilganda, ularning rejalashtirilgan mikdorda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishi yoki biror avariya natijasida shikastlangan ishlab chiqarish korxonalarida juda kiska vaqtda tiklash ishlari tushuniladi. Xalq xo’jaligigi tarmoqlarini barqaror ishlashiga quyidagi omillar ta`sir etadi: Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, fojialar hamda umumiy kirgin qurollarining birlamchi va ikkilami ta`sir omillaridan ishchi xizmatchilarni muhofaza kilish; Yuqoridagi ta`sir omillariga inshootlar muhandisteh: komplekslarining chidamliligi; Ishlab chiqarish korxonalarini kerakli materiallar bilan (hom ashyo, yokilgi, gaz, suv, elektr kuvvati) barqaror ta`minlash; • Ishlab chiqarish va fuqaro muhofazasini barqaror hamda surunkali boshkarish; Ob`ektning ishlab chiqarish tarmogi buzilgan joyida kJTIning tiklash ishlarini boshkarish darajasi. Yuqoridagi omillar nafakat inshootlarning barqarorligini ta`minlaydi, balki ularning darajasini ham oshiradi. SHu bababdan ham hozirgi davrda tinchlik davrdagi favquloddagi vaziyatlarda sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta`minlash katga ahamiyat kasb etadi. Umuman olganda Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqarorligiga 5 ta asosiy omillarni kullash orqali erishish mumkin: a) Uz vaqtida ogohlantirish; b) Himoya inshootlarvdan foydalanish; v) Yakka tartibda sakpovchi va tibiiy vositalardan foydalanish; g) evakuatsiyani kullash; d) Hom ashyo, materiallar, elektr kuvvati, gaz, suv bilan ta`minlash. Favqulodda vaziyatlarda Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqarorligini ta`minlash uslublari Favqulodda vaziyatlarda (tinchlik va harbiy davrlarda) Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta`minlash yullari va usullari turli hidtsa bulib, har bir korxona bajaradigan ishlarining xususiyatlariga karab olib boriladi. Hozirgi bozor iktisodiyoti davrida, iktisodiy jihatidan eng kulay yulni tanlash, barcha korxona uz inshootini, fuqarolarni muhofaza kiluvchi ob`ekt sifatida, vaziyatni har tomonlama muhokama etib, keyin uning barqaror ishlashini ta`minlash yuli va usulidan foydalanishi kerak. Inshootlar barqarorligini baholashda maxsus uslubiy ko’rsatmalarga amal kilinadi. Xalq xo’jaligigi tarmoqparini, inshootlar barqarorligini baholashda, hisoblashda, quyidagi kursatgichlardan foydalaniladi: a) Shikastlantiruvchi kursatgichlarning eng yuqori kiymati; b) Inshootlar va ularning elementlari tavsifnomasi (kanaka material, qanday tartibda qurilgan, uning zilzila bardoshligi). Odatda favqulodda vaziyatlarda inshootlarga ta`sir etuvchi omilar va ularning kiymati fuqaro muhofazasi shtabi tomonidan beriladi, agar unday ma`lumot kelmasa, u holda hisoblash yuli bilan shu erning uzida aniqlanadi. Agar bu ma`lumotlarni shu erning uzida ham aniqlash imkoni bulmasa, u holda bu ta`sir etuvchi omilarning tahminiy kiymatlari asosida kuchsiz, urtacha va kuchli shikastlantirish hududlarini aniqlash mumkin. Masalan, silkinishidan (ballga karab), yadro quroli ishlatilganda ta`sir etuvchi tulkinni hosil kiladigan ortiqcha bosim (AR) kiymatiga karab inshootlarturli hil darajada shikastlanadi. Jumladan, silkinishining 5, 6, 7, 8, 9 ballarida yoki qurolini ARf k 10, 20, 30, 40 KPA faktorlarida kimyo, kayta ishlash, radioelektrotexnika, meditsina va shunga sanoat korxonalarida shikastlanish ruy berishi mumkin. Mashinasozlik, oziq - ovqat, metallurgiya va shunga uhshash korxonalarida esa silkinishining 5,6,7,8,9, 10, 11 ballarida hamda 10, 20, 30, 40, 50, 60 KPA ortiqcha bosim hosil dalinganda inshootlar talafotlanishi mumkin. Albatta, bu ma`lumotlar yuqoridagi sanoat korxonalar xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilgan inshootlar sifatida karab, ho’losa chikariladi. Sanoat inshootlarining seysmik tulkinlar ta`siriga chidamlilik darajasini baholashda, uning elementlarida (tseh, uchastka, tizim) chikarilayotgan mahsulot, inshootlar har kaysi elementlarning omillari ta`sirida (bosim, tulkinlar) urtacha buzilishga chidamliligiga karab inshootni butun uzini chidamligi hakida ho’losa chikariladi. Odatda seysmik tulkinlar ta`sirida buzilgan inshoot va uning elementlarini kiska vakg ichida hamda iktisodiy jihatidan kulay darajada tiklash, usha inshoot chidamliligini oshirishning eng kulay yuli hisoblanadi. Yuqorida aytilgan uslublar asosida yoruglik nurlanish, utuvchi radiatsiya va boshka ta`sir faktorlari ta`sirida ham inshoot va uning elementlarining barqarorligini (chidamliligani) ham aniqlash mumkin va barqaror ishlashini ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Jumladan, (u) nuri ta`sirida inshootlarni chidamliligi, shu ob`ektga keladigan maksimal (u) nur dozasi, ob`ektdagi odamlarning shikastlanish darajasi, asbobuskuna, jihozlarning buzilishi va boshka ta`sirlar orqali usha inshootlarning chidamliligi baholanadi. Agar tulkin zarbasida hosil buladigan ortiqcha bosim kiymati, usha inshootni chidamlilik (3050 KPA atrofida) darajasida bulsa, u holda 0,51 MT qurol portlatilganda ham utuvchi nur kiymati kichik buladi (520 rad. dan oshmaydi). Butsday holatda usha ishlab chiqarish inshooti va uning faoliyatiga u deyarli ta`sir etmaydi. Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqaror ishlashini oshirish omillari Tinchlik davrida ishlab chikaruvchi va ishlab chikarmavdigan inshootlarning barqarorligini oshirish quyidagi omillardan iborat: • Yadro qurollarining birlamchi va ikkilamchi ta`sirlaridan, hamdatabiiy ofat, ishlab chiqarish avariyalari va fojialaridan ishchixizmatchilar, muhandistexnik hodimlarni muhofazakilish; • Moddiy texnikaning ishonchli ta`minotini boshkarish; • Inshootlarni yoruglikdan berkitish; • favqulodda vaziyatda shikastlangan ishlab chiqarishni tikdash va uni alohida ish rejimiga o’tkazish. Sho’larning ichida ishchi va xizmatchilarni muhofaza kilishning eng ishonchli omili, bu Xalqxo’jaligigi tarmoqlaridagi inshooglar chidamliligini oshirish hjyublanadi. Shu maksadtsa hdmoya inshootlari tayyorlanadi. Bunda ishlab chiqarishlarda kup vakg buladigan fuqarolar — boshpanalarda, xavfsiz hududtsa buladiganlar esa RSBda himoyalanadilar. Uzluksiz ishlaydigan ishlab chiqarish joylarida shaxsiy himoyalovchi — boshpanalar qurilib, bunda Texnologik jarayonlar shu inshootlardan turib boshkariladi. Bulardan tashkari muhofazaga tayyorlanishning eng muhim elementlaridan biri, bu ishchi va xizmatchilarni muhofazalanish koida va usullarini kullashi, har qanday favqulodda vaziyatlarda tuzilmalar tarkibida kutkaruv hamda tiklash ishlarida harakat kilish hisoblanadi. Muhandistexnik komplekslarni muhofaza kilish deganda ishlab chiqarishning moddiy asoslarini saklash, uning inshootlarini, Texnologik jihozlarini, asbobuskunalarini hamda kommunalenergetik tarmoqyaarini saklash tushuniladi. Ob`ektdagi inshootlar, qurilmalar birbiridan uzokrok masofada, ya`ni eng baland inshootning buyiga nisbatan ikki baravar masofada qurilishi kerak. Bu esa yonginga karshi masofa hisoblanadi. Mana shunday qurilmalarning eng asosiy ishlab chiqarish inshootlari pastrok balandlikda qurilib, ular metalli yoki temirbeton karkaslardan tayyorlanishi lozim. G’ishtli inshootlarda bulmalar ta`mirlangan beton plitalari orqali berkitilishi lozim. Yengil yonuvchan moddalarni (benzin, kerosin, mazut) saklovchi zahira xonalari, ishlab chiqarish korpuslaridan uzokrokda, erga yakinrok kilib (chukurrok joylarda) qurilishi kerak. Biror ob`ektning chidamliligi, u erdagi inshootlar va qurilmalarning chidamlilikdarajasiga boglik. Odatda, inshootlarning chidamliligi: karkas, rom, tirgovich, havon va boshka yullar orqali oshiriladi (11 rasm). Baland bulmagan qurilmalarning mustahkamligini oshirishDa, usha imoratning atrofini tuprok bilan tuldirish muhim hisoblanadi (12rasm). Juda baland inshootlarning (kuvurlar, minoralar va boshkalarni) mustahkamligini oshirishda, ularni har tarafdan tortib kuyish usuli qo’llaniladi (13rasm).  Yengil yonuvchan, zaharli moddalar saklanadigan omborlarni (vdishya) saklashda, shu idish ichidagi suyuklik sigadigan darajada ^OISH atrofida tuprokbilan tusikhosil kilinadi (14rasm). % Texnologik jihozlar, asbob uskunalar va boshkalarning barqarorligini, mustahkamligini oshirishda, shu asbob uskunalar muofiqlashtirilgan qurilmalar, moslamalar kurish orqali muhofaza kilinadi. Bunday moslamalar sifatida nikoblar, kameralar, zontlar va boshkalar qo’llanilib ularning ichiga urnatilganda jihozlar inshoot bulaklaridan saklanadi. Texnologik jihozlarni mustahkamligini oshirish uchun ularli avvalo bu moslamalardan tashkari biror mustahkam asosga (funDamentga) mahkamlab kuyish zarur hamda ularni iloji boricha itsshootlarning pastki kavatiga yoki ertulalarga joylashtirish kulay hisoblanadi. Tarmoqlarni (ob`ektlarni) elektr ta`minoti bilan ta`minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda elektr ta`minoti ikki yunalishda tashkillashtiriladiki, har qanday vaziyatda ham ob`ektning barqaror ishlashini ta`minlash imkoniyati yaratiladi. Albatta, elektr ta`minoti jihozlari, asboblari yadroviy qurollarning elektromagnit impulslaridan himoyalangan bulishi lozim. ; Ob`ektlarni gaz, suv bilan ta`minlash ham alohida e`tiborda bulishi lozim. Birorta avariya holati yuz beradigan bulsa, tuhtatish imkoniyatlari hisobga olingan bulishi zarur. Suv ta`minotida ikkita manba orqali: asosiy va kushimcha ta`minlagachlardan foydalaniladi. Bulardan birida osti suvlari ishlatiladi. Huddi shunga uhshash bug va issiklik ta`minoti ham ob`ektlarni barqaror ishlashini ta`minlashga ta`sir etadi. Sanoat ob`ektlari ikki hil manbadan issiklik oladi: 1 — tashki — IESlar; 2—ichki — uz kozonxonalaridan. Yuqorida aytilgan omillardan tashkari ob`ektlar barqarorligini oshirishda kushimcha omillar ham qo’llaniladi. Jumladan: 1) Aynan ob`ekt hududida portlovchi, yonuvchan va tez ta`sir etuvchi moddalarning mikdorini kamaytirish; 2) Me`yoridan kup bo’lgan yuqoridagi moddalarni xavfsiz joylarga tarkatish. Kimyoviy korxonalarda KTZMga karshi ishlatiladigan degazatsiya moddalari: ishkor, ammiakli suv, natriy sulfid va boshkalar saklanishi zarur. YAna tsehlarga biror favqulodda vaziyatlarda (avariya, portlash, gaz chikib ketishi va boshka holatlarda) ishlatiladigan avtomatik signallar urnatilishi zarur. Bulardan tashkari uzluksiz boshkarishni tashkil etish va uni himoyalash ishlari tashkillashtirilishi lozim. Bunda ATS, radiouzel, dispetchpunkti, akkumulyator zaryadlaydigan elektrostantsiya va boshkalar kuzda tutiladi. Ob`ektlarda moddiy texnika holatini ishonchli ta`minlashda quyidagi omillar muhim urin tutadi: — tayyor mahsulotlarni saklaydigan omborlarni tayyorlash; — ob`ektda hom ashyo, yokilgi, jihozlar, kerakli materiallarni etarli ta`minlash; — ta`minlovchi korxonalar bilan uzviy alokani boglash; — korxona filiallarini boshka joylarda kurish va boshka omillar. Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining yorugligini maskirovka kilish omilida quyidagi ishlar amalga oshiriladi. Masalan, ob`ektning hamma inshootlari, aholi yashaydigan punktlar yorugligini uchirish, ishlab chiqarish vatransport vositalarining signallarini kamaytirish, maskirovka kiluvchi (yolgondakam vositalarni kullash) usullari qo’llaniladi SHikastlangan ob`ektlarni tiklash omillarida birinchi navbatda kilinadigan ishlar usha korxonaning uz moddiy resurslari orqali, uz kuchi bilan amalga oshirish, imkoniyat darajasida ish xonalarini va jihozlarni kaytadan ta`mirlab, ishga tushirish va boshka vazifalar bajariladi. Ho’losa kilib aytadigan bulsak, Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta`minlash va ularning chidamliligini musgahkamligini oshirish omillarini tashkiliy ravishda uz vakgida amalga oshirishda oddindan tuzilgan rejaga amal kilinadi. SHundagina har qanday favqulodda vaziyatlarda Xalq xo’jaligigi tarmoqlarining barqaror ishlashini ta`minlagan bulamiz. 4. Aholini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash Ma`lumki, fuqaro muhofazasining eng muhim vazifalaridan biri, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash hisoblanadi. Bu borada Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 7 noyabrdagi 427sonli «Uzbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilishga tayyorlash tartibi tugrisida»gi karori kabul kilindi. karorda Uzbekiston Respublikasi fuqarolarining favqulodda vaziyatlarda harakat kilishga tayyorlashni hamma korxonalarda, muassasalarda (shu jumladan, ta`lim muassasalarida ham) va tashkilotlarda, shuningdek, yashash joylarida o’tkazilishi kursatib utilgan (ilovaga karang). Aholini, FVDT kuch va vositalarini FV ruhida muhofazaga tayyorlash Fuqarolarning FM bo’yicha o’qitish — aholini dushmanning zamonaviy qurollari ta`siridan, tabiiy ofatlar, avariya va fojia okibatlaridan himoyalanishga tayyorlashning asosiy tadbirlaridan biri bulib hisoblanadi. O’qitish FMning boshligi va uning shtablari ko’rsatmasi, shuningdek, fuqaro muhofazasi masalalari bilan shugullanuvchi hududiy hamtsa ishlab chiqarish yunalishi bo’yicha tuzilgan yuqori tashkiloti FMning ma`suliyatli boshliklari karori, buyrugi asosida tashkil etiladi va olib boriladi. Ishchi xizmatchilarni FMga o’qitish har bir xo’jaligik ob`ektining boshligiga yuklanadi. FM shtabi o’qitish tadbirlarini tashkil etadi, ta`minlaydi va rahbarlik kiladi, uz vakgida ukishlarni, amaliy mashg’ulotlarni olib borilishini nazoratga oladi. Ob`ektda bajariladigan vazifalarga karab FM yunalishida fuqarolar quyidagi toifalar bo’yicha O’qitiladi: FMning rahbar tarkiblari; ," — FM tuzilmalariga kiruvchi fuqarolar; d.,, _ FM tuzilmalariga kirmaydigan fuqarolar. Ishlab chiqarish va ob`ekt FM rejasida kursatilgan tadbirlarni hisobga olgan holda har bir toifa shahslarini ma`lum dastur asosida o’qitish maksadga muvofikdir. Respublikamiz aholisini FVlardan muhofaza kilishga tayyorlash va kayta tayyorlash 4 guruhga bulingan hodda amalga oshiriladi: a) ishlab chiqarish va xizmat kursatish sohalarida band bo’lgan aholi, idoraviy buysunishidan, tashkiliyhuquqiy shakllaridan kat’i nazar oliy va urta maxsus kasbhunar ta`limi muassasalarining talaba va o’quvchilari; b) ishlab chiqarish va xizmat kursatish sohalarida band bulmaganlar (nogaronlar, uy bekalari, nafakahurlar); ‘ v) korakalpogiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshkaruv organlari, vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllaridan kat`i nazar birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutasadtsilari hamda FVdan muhofaza kilish mutaxasislari; g) FVlardan muhofaza kilish masalalarini hal etish vakolatiga ega bo’lgan davlat hokimiyati va boshkaruv organlarining xizmatchilari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari. Fuqarolarni FVlardan muhofaza kilish sohasi bo’yicha tayyorlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Aholining barcha katlamlarini FVdan muhofaza kilish qoidalarining asosiy usullarini, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam kursatish usullarini hamda himoya inshootlaridan va yakka tartibda shaxsiy sakyaovchi vositalaridan foydalanish koidalarini urganish; 2. Boshkaruvning barcha pogonadagi rahbarlarini, aholini FVlardan muhofaza etish bo’yicha harakat kilishga tayyorlash va kayta tayyorlash; 3. Davlat hokimiyati, boshkaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari va mutaxasislar kutkaruv va birlamchi tiklov ishlarini o’tkazishi. kBTI uchun FM kuch va vositalarini tayyorlash, ularningboshkarish kunikmalarini hosil kilish. Ishlab chiqarish va xizmat kursatish sohalarida band bo’lgan aholini tayyorlash, ish joylarida mashg’ulotlar o’tkazish va tavsiya kilinadigan dasturlarga muvofik FVda harakat kilishni mustakil ravishda urganish keyinchalik mustahkamlash yuli bilan amalga oshiriladi. Umumiy urta, urta maxsus kasbhunar va oliy ta`lim o’quv yurtlarining talaba va o’quvchilarini tayyorlash, FVlarda muhofaza kilish sohasidagi umumta`lim dasturiga muvofik ukish vakgida amalga oshiriladi. Dasturlar Uzbekiston Respublikasi FVV bilan kelishilgan holda Uzbekiston Respublikasi Xalqta`limi vazirligi, Oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi, Soglikni saklash vazirligi hamkorligida tayyorlanadi va tasdiklanadi. Davlat hokimiyati va boshkaruv organlari, vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va mutaxasislari Uzbekiston Respublikasi FVV Fuqaro muhofazasi institutida 40 va 80 soatli mashg’ulotlarni utadilar. SHuningdek, o’quvlar harbiylashtirilmagan kushilmalarning rahbar boshliklari tarkibi harbiylashtirilgan avariyakugkaruv va doimiy tayyor maxsus kushilmalar tarkibidagi korxona, muassasa va tashkilotlar hodimlari FVlar bo’yicha rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida, shu bilan birga o’quv mashqlari, mashg’ulotlar o’tkaziladigan maskanlarda olib boriladi. Harbiylashtirilmagan kushilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hodimlari bevosita ish joylarkda tayyorgarlikdan utadilar. Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg’ulotlarini tayyorlash va o’tkazish Rahbarlar tarkibini, tuzilmalar va aholini o’qitishda ularni amaliy mashg’ulotlarga jalb kilish katga ahamiyatga ega. Amaliy mashg’ulotlar rahbarlar tarkibini, FM kuchlarini va aholini FM vazifalarini bajarishga tayyorlashning yuqori va faol shakli hisoblanadi. Amaliy mashg’ulotlardatuzilmalarga kirgan fuqarolarning aniq va tartibli harakatlari, turli hil jihozlar, asbobuskunalar, texnikalardan foydalanish uslublari urganiladi, aloka va tuzilmalarni boshkarish masalalari ishlab chikiladi. FMning amaliy mashg’ulotlarini zamon talablariga mos holda o’tkazish, fuqarolarni dushman tomonidan qo’llaniladigan zamonaviy qurol vositalaridan, shuningdek, hududimizda kuzatiladigan tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va fojialar okibatlaridan muhofaza kilish, odamlarda ma`naviy ijtimoiy sifatlarni tarbiyalash, ob`ektlarni uzluksiz faoliyat kursatishini ta`minlash, kutkaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish bo’yicha bilimlarini, kobiliyatlarini oshirish imkonini beradi. FVDTda FMning quyidagi amaliy mashg’ulotlari tashkil qilinadi va o’tkaziladi: 1. Shaxsiy tarkib uchun maxsus taktik mashg’ulotlar; 2. Rahbar tarkib uchun shtab komanda mashg’ulotlari; 3. O’qitilayotgan hamma toifadagilar uchun kompleks mashg’ulotlar Maxsus taktik amaliy mashg’uloti tuzilmalarning oldiga kuyilgan vazifalarni bajarishga urgatishdan iborat. Bunday mashg’ulotlarda har qanday FVning (harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham) okibatlarini tugatish, aholini va ishlab chiqarish tarmoqlarini muhofaza kilish choralari quriladi va o’tkaziladi hamda komandir boshlik tarkibining amaliy mahorati takomillashtiriladi. Tuzilmalar maxsus taktik mashg’ulotlarda uz ob`ektlarining moddiy o’quv bazalaridan: har hil qurilmalaridan, jamoaviy himoya vositalaridan foydalanadilar. Maxsus taktik amaliy mashg’ulotlarga tayyorlash. Mashg’ulot rejalashtirish, mashg’ulotlarga uz vakgida va har tomonlama rejaga muvofik holda tayyorlanish lozim. Mashg’ulot rahbarining ko’rsatmalari asosida mashg’ulot o’tkazish rejasi, tashkiliy ko’rsatmalar, urinbosarlarning hususiy rejalari va boshka zaruriy hujjatlar ishlab chikiladi. Maxsus taktik amaliy mashg’ulotning asosiy o’quv uslubiy hujjati amaliy mashg’ulot rejasi hisoblanadi, unda mashg’ulotning borishi, o’quv savollarining izchilligi, mashg’ulotlar boskichlar bo’yicha aks ettiriladi. Maxsus taktik mashg’ulotning rejasi matn bo’yicha ishlab chikiladi va quyidagilarni: mavzuni, har bir toifa o’quvchilari uchun o’quv maksadlari, mashg’ulot o’tkazish vakgi, o’quv mashg’ulotiga jalb kilinadigan bulinmalarning tarkibi, texnikalar soni va sarf bulish me`yorlari, mashg’ulotning boskichlari, ularning davomiyligi va o’quv savollari, taktik sharoit, kuchlarni guruhlash, boshkarish maskanlarining joylashgan eri, zamonaviy qurollar qo’llanilgandan keyin ob`ektdagi holat, FM boshliklarining karorlari va hodimlarning vazifalarini uz ichiga oladi. Maxsustaktik mashg’ulotning yahshi ishlab chikilgan rejasi va boshka hujjatlari, uning muvaffakiyatli utishiga imkon beradi. Mashg’ulotni utkazish. Mashg’ulot tuzilmalar doimiy joylashgan joyda bevosita yoki tusatdan «Ogohlantirish» ishorasi bo’yicha boshlanishi mumkin. Buning uchun shaxsiy tarkibga xabar berish va yigish, texnikalarni olib chikish va ularni ishga tayyorgarligani tekshirish kerak. Tuzilmalarning boshliklariga taktik vazifani tekshirish tavsiya etiladi: bunda vazifani anglab olish, sharoitni baholash, karor kabul kilish, kul ostidagilarga vazifalar kuyish va ularning harakatlarini tashkil etish uchun zaruriy vakg beriladi. Mashg’ulot rahbari tuzilmalar boshliklarining karorlarini tinglaydi va tasdikpaydi, kerak bo’lgan payitda sharoitni chukurrok mushohada etib, ular yordamida eng maksadga muvofik karor kabul kiladi. Mashg’ulot rahbari shaxsan va o’z yordamchilari orqali ob`ektdagi radiatsiyaviy, kimyoviy, biologik holatning o’zgarishini, odamlar, texnikani ishdan chikishini kuzda tutgan hodtsa mashg’ulotlarni kuchaytirib boradilar. Mashg’ulot rahbari sharoitga karab tuzilma boshliklaridan yangi karorlar, buyruklar kabul kilishga, kul ostidagilarga yangi vazifalar kuyishga va ulardan uziga hos harakatlar kilishga erishadi. Tuzilmalardagi fuqarolar asbob uskunada, texnikada va mehanizmlarda uz mutaxasisligi bo’yicha amaliy vazifalarni bajaradilar. Mashg’ulotlar tuzilmalarni shikastlanish uchogidan olib chikish, fuqarolarni tibbiy, texnikani esa maxsus ishlovdan o’tkazish bilan tugallanadi. So’ngra maxsus taktik mashg’ulotlar tahlil kilinadi. Komanda-shtab mashg’ulotlari — FVDTning shtab boshliklarini, FM xizmat boshliklarini, ob`ektlarning komandaboshliklar tarkibini uz funktsional burchlarini bajarishga, birgalikdatayyorlashning asosiy shakllaridan biridir. Komandashtab mashg’ulotining maksadlari har hil bulishi mumkin. Bulardan asosiylari: rahbarlarni va komanda boshliklarining ob`ekt FM tadbirlarini bajarishda nazariy bilimini va amaliy mahoratini oshirish, hodimlar, tuzilmalar va kushinlar bilan uzaro harakat kilishini ta`minlashdan iborat. Komandashtab mashg’ulotlari aniq taktik sharoitga yakinlashtirilib olib boriladi. Mashg’ulot mayuusi va o’quv savollari odatda oldinda turgan har taraflama mashg’ulotning mavzusi bilan boglangan buladi. Komandashtab mashg’ulotlaridan oddin shtab mashqlarni o’tkazish tavsiya etiladi. Ularning sonini va olib borish vaqtini 1: ob’ekg FM boshligi komanda shtab mashg’ulotlari oldida turgan maksadga hamda rahbar tarkibi va boshkarish organlarining tayerlanish darajasiga karab aniqlaydi. Mashg’ulotlarga razvedka, aloka bulinmalari, jamoat tartibini saklash, sanitardrujinalar, shuningdek, umumiy vazifalarni bajaruvchi tuzilmalar ham jalb etilishi mumkin. Ob`ekt FM boshligi komanda shtab mashg’ulotining rahbari hrsoblanadi. Komanda shtab o’quv mashqlari viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshkaruv organlarida (3 sutka davom etadi) 5 yilda bir marta, shahar va tumanlarda 3 yilda bir marta ugkaziladi. Komanda shtab mashqlari yoki mashg’ulotlar vazirliklar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 1 yilda bir marta (1 sutka) o’tkaziladi. Kompleks(har taraflama) mashg’ulot — ob`ektni tayyorlashning muhim shakllaridan bulib, u FM bo’yicha urnatilgan aylanmani amalga oshirish bilan tugaydi. Kompleks mashg’ulotning mohiyati shundan iboratki, uning hamma katnashchilari bir vakgda yagona takgik sharoitda, moddiy ishlab chiqarish bazasida harakat kilib, ob`ekt rejasida kuzda tutilgan ishlab chiqarish faoliyatini tuhtatmasdan amalga oshiradi. Odatda mashg’ulotda: ob`ekt FM rejasining realligi; FM tadbirlarini amalga oshirishga ob`ektningtayyorgarlik darajasi va dushman tomonidan qo’llanilgan zamonaviy qurollar asoratlarini, shuningdek, tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariya va hdlokatlarining okibatlarini tugatish bo’yicha tadbirlar o’tkazilishiga e`tibor beriladi; ob`ektning favquloddagi vaziyatlar paytida uzluksiz ishlash yuli va usullari tekshirib quriladi. Kompleks mashg’ulotning maksadlari quyidagicha bulishi mumkin: ob`ektni har qanday FVlarda har tomonlama tuhtovsiz ishlashga tayyorlash, tuzilmalar tuzish, boshkarish, hamma soha fuqarolarini tayyorlash, rahbar va komandaboshliktarkibda FM tadbirlarini o’tkazishda aniq va mustakil kunikmalarni ishlab chikish, fuqarolarni turli hil ta`sirlardan himoya kilish usullariga urgatish, FVlar okibatlarini tugatish bo’yicha ishlarni olib borishga tayyorlash, ob`ekt FM rejasi realligini tekshirish va hozirgi talabga mos holga keltirish, FM masalalarini bajarishga ob`ektningtayyorgarlikdarajasini aniqlash, ob`ekt Shaxsiy tarkibida ma`naviyijtimoiy va psihologik hislatni tarbiyalash talab etiladi. FMning hamma kompleks mashg’ulot tadbirlari, xo’jaligik faoliyatlarini hisobga olgan holda o’tkazish uchun imkoniyat beradi. Mashg’ulot rahbari odatda, ob`ekt FMning boshligi hisoblanadi, ayrim hollarda uning yordamchilari ham bulishi mumkin. Mashg’ulotlarga hamma rahbar va komanda boshliklari, tuzilmalar, tuzilmalarga kirmaydigan fuqarolar ham jalb etilishi mumkin. Tuzilmalar ma`lum boskrchlarda uz vazifalarini bajaradilar, rahbar hodimlar va komandaboshlik tarkiblari esa har bir mashg’ulotlarda ishtirok etadilar. Har taraflama mashg’ulotlarda shunday murakkab dinamik holatni yaratish kerakki, ular zararlanish uchoklarini va zaharlangan hududlarni ifoda etib, katnashchilar epchillik, mohirlik, dalillik va ehtiyotkorlikni namoyon etsin. Mashg’ulotlar davomida rahbar, komavdaboshliktarkiblari, va FM kuchlarini tashkil etishni, tuzilmalar esa kuchli radioaktiv, kimyoviy, biologik zararlanishda va kuchli yonginlarda harakat kilishni urganadilar. Mashg’ulotlarda shablonga yul kuymaslik, takomillashtirilgan o’quv usullarini tatbik etish, ukiyotganlarning harakatlaridagi sustkashlikni, hotirjamlikni keskin tugatish va soddalikka yul kuymaslik kerak. Kompleks mashg’ulotlar 3 yidda bir marta, 3 kun davomida o’tkaziladi. TSehlar, bo’limlar, uchastkalar va boshka kismlar mashg’ulotlarda bir vakgda ishtirok etmaydilar, o’quv rejasiga muvofik ular maxsus vazifalarni bajarishga ketmaket kirishadilar. Kompleks mashg’ulotlarni tashkil etishda va uni o’tkazishda shtab rahbarlari, mashg’ulotga jalb kilingan hamma fuqarolarning tayyorgarliklarini tashkillashtirishi; ularning tayyorgarligini tekshirishi, shu bilan birga xavfsizligini ta`minlashi kerak buladigan o’quvuslubiy hujjatlarni ishlab chikishi lozim. SHuningdek, o’quv va ishlab chiqarish bazasini tayyorlashi, kBTI o’tkazish uchun yangi usullarni kidirib topishi, kullashi; har hil sharoitlarda texnikalardan foydalanish hamda ularning samarali ishlashini nazorat kilishi hamda shaxsiy va jamoat resurslarini yaroksiz holatga kelishiga yul kuymaslik hamda yuqori saviyada bajarilgan mashg’ulot bo’yicha hisobot tayyorlashi lozim. Kompleks mashg’ulotlar 3 ta asosiy kursatkichga ega bulishi kerak: 1. FM masalalarini tulik, har tomonlama urganish, ya`ni egohlantirish belgisidan (ishorasidan) tortib, to amaliy mashg’ulotni tugatishgacha bo’lgan masalalar; 2. Kompleks mashg’ulotda, ob`ektda faoliyat kursatuvchi jami fuqarolar tayyorlanadi; 3. Komsheks mashg’ulotda, muhofazaga tayyorlashning jami shakl vauslublari qo’llaniladi. 300 kishidan ortiq fuqarolari bo’lgan korxona, tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq kasallar joyi bo’lgan tibbiy tashkilotlarda 3 yidda bir marta (2 sutkagacha), boshka tashkilotlarda 3 Yidda bir marta ob`ekt trenirovkalari (6 soatgacha) o’tkaziladi. Umumiy urta, urta maxsus kasbhunar va oliy ta`lim muassasalari talaba va o’quvchilari bilan har taraflama mashg’ulotlar har yili o’tkaziladi. Ishlab chiqarish va xizmat kursatish sohalarida band bulmagan aholini tayyorlash FVlardan muhofazalash masalalari bo’yicha suhbatlar, ma`ruzalar o’tkazish, o’quv filmlarni kursatish, yashash joylarida o’quv mashqpari va mashg’ulotlarga jalb etish, shuningdek, qo’llanma va eslatmalarni mustakil urganish, radio eshittirishlarini tinglash, teledasturlarni, kurgazmali qurollarni kursatish va boshka omshshar qo’llaniladi. Mashg’ulotga tayyorlanish. Kompleks mashg’ulotni muvaffakiyatli o’tkazish, kup jihatdan unga kanchalik tayyorgarlik qurilganligiga boglik. Mashg’ulotlarga tayyorgarlik kurish ob`ekt FM rejasini hisobga olgan hodda uni tashkiliy shtatlar tuzilishi, material ishlab chiqarish xususiyati, hududiy joylashganligi, FM holati va boshka faktlarga amal kilgan holda olib boriladi. Mashg’ulotni tayyorlash, tashkil etish va uni o’tkazishga mashg’ulot rahbari shaxsan javob beradi. Mashg’ulotga oldindan va har taraflama tayyorlanish lozim. Mashg’ulot rahbari mashg’ulotning mavzusini, o’quv maksadini, o’quv sayullari va boskichlarini, komandaboshliktarkiblariningsonlarini, tuzilmalar, jami mashg’ulotga jalb etilganlarning soni, mashg’ulot rejasini asosiy holatlarini ishlab chikish, material, texnik jihozlar bilan ta`minlanganliklarini aniqlashlari lozim. Mashg’ulotga jalb etilgan shaxsiy tarkiblar FMga o’qitish davomida tayyorlanadi. Rahbarlar, komandaboshlik tarkiblari, shtablar, tuzilmalarning oldiga kuyilgan vazifalarni muvaffakiyatli bajarishi uchun maxsustaktik, boshka kolgan katnashchilar bilan esa amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. Kompleks mashg’ulotlarni o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar: mashg’ulot o’tkazish rejasi; mashg’ulot rahbarlarining urinbosarlari va yordamchilarining hususiy rejalari; mashg’ulotda xavfsizlik choralari kurish tartiblari ishlab chikiladi. Mashg’ulot o’tkazish rejasi — asosiy hujjatdir. Unda mashg’ulotning borishi, mashg’ulotlar boskichlari bo’yicha o’quv savollari tuziladi, harita, jadval, muktsarijalardan foydalanilgan holda matn rejasi ishlab chikiladi. Mavzular, o’quv maksadi va mashg’ulotni o’tkazish vakgi, mashg’ulotga jalb etilgan katnashuvchilarning tarkibi, mashg’ulotning boskichlari, davomiyligi, o’quv savollari va ularni ishlab chikish vaqti; dastlabki boshlangich holat, kuchlarni guruhlash, boshkarishning joyi, mashg’ulotning borishi, tamom bulish mudtsati va tahlil kilish muddati hamda joyi kursatiladi. Mashg’ulot rejasi shtab boshliklari tomonidan ishlab chikilib, uning boshlanishiga ikki hafta kolguncha mashg’ulot rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi kerak. Mashg’ulot rahbarlari, urinbosarlari va yordamchilarning shaxsiy rejalari matn yoki grafik bo’yicha tuzilishi mumkin va unda: mashg’ulotning mavzusi, tuzilmalarga muvofik utsuv maksadi, ukiyotganlar toifasi, tuzilmalar tarkibi, boshka toifadagi ukiyotgan fuqarolar soni, umumiy holat, alokani tashkil etish hamda mashg’ulotning borishi kursatilishi kerak. Imitatsiya rejasi o’quv mashg’uloti rahbarining yordamchisi tomonidan matn bo’yicha chizma asosida ishlab chikiladi. Unda odatda: imitatsiya joyi, vaqti va turlari kursatiladi, imitatsiya ishlariga ajratilgan kuchlar va vositalar, ma`sul kishilar, imitatsiyani boshkarish signallari (belgilari) va aloka vositalari, imitatsiya o’tkaziladigan joyni kuriklash choralari va uning xavfsizligini ta`minlash kursatiladi. CHizmada imitatsiya o’tkazadigan joy shartli belgilar bilan ifodalanadi. Imitatsiya rejasi o’quv rahbari tomonidan tasdiklanadi. Amaliy mashg’ulotning asosiy maksadi ob`ektdagi FV okibatlarni tezrok tugatishdir. U ob`ektda razvedkani tashkil kilish va olib borishdan boshlanadi. Olingan razvedka ma`lumoti va uning tahliliga asosan ob`ektdagi holat aniqlanadi, barcha tuzilmalarga FV okibatlarini tugatish bo’yicha kushimcha vazifalar yuklatiladi. Hamma kuzda tutilgan o’quv savollari urganuvchilar tomonidan amaliy mashg’ulotlar davomida bajarilgandan sung mashg’ulot rahbari ko’rsatmasiga asosan tuhtatiladi. Mashqlarning tahliliga har tomonlama tayyorlanish kerak. Tahlil amaliy mashg’ulotning yakuniy boskichidir. Tahlilda O’qitilganlar har tomonlama muhrkama kilinadi, kuyilgan maksadni fy tarzda amalga oshirilganligi, o’quv savollarini qanday kilib ishlab chikilganligi, rahbar va komandaboshlik tarkibining, tsggab hodimlari, tuzilmalar, har hil toifadagi ukiganlarning qanday tayyorlanganligi tahlil kilinadi. Tahlil avval rahbarlar bilan, sungra mashg’ulotning hamma katnashchilari bilan o’tkaziladi. Tahlil ohirida mashg’ulot rahbari mashg’ulotlarda katnashganlarning o’quv maksadlariga kay darajada erishganligini aniqlaydi, ukiganlarning harakatlarini baholaydi va yul kuyilgan kamchiliklarni tugatish tadbirlarini belgilaydi. Nazorat savollari 1. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qiluvchi qanday vositalar bor? 2. Himoya inshootlarini qanday turlari mavjud? 3. FV larda evakuasiya qilish tartibi qanday bo’ladi? 4. Xalq xo’jaligi tarmoqlari qanday turdagi FVlardan himoya qilinadi? 5. FVDT ni qanday kuch va vositalari bor? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: "O’zbekiston", 2008. 2. “Mehnat Kodeksi”. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami. – T.: 2005 y., 37-38 - son. 3. “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. –T.: 2002 y., 1-son. 4. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to’g’risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997. 5. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 37-38-son. 6. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi qonun. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, – T.: 2009 y., 16-son.