logo

Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi

Загружено в:

21.05.2023

Скачано:

0

Размер:

150.5 KB
Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi Reja: 1. Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalari. 2. Jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati, uning predmeti, vazifalari. Prokuror vakolatlari. 3. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning vazifalari. 4. Prokurorning huquqiy hujjatlari. 5. Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat. 6. Muddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishning qonuniyligini ta’minlash ustidan prokuror nazorati. Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, prokuror nazoratining tushunchasi va vazifalari. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi demokratiya va ijtimoiy adolatga to‘la asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish uchun zarur islohotlarni amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasining qabul qilinishi davlat hayotida ulkan siyosiy o‘zgarish mustaqil O‘zbekiston davlatini qaror topganligini qonuniy mustahkamlanganini namoyish etadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov "qonunning ustuvorligi- huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat’iyan hukumronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo‘jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga bo‘ysunish majburiyatidan xalos bo‘lishi mumkin emas, qonun oldida hamma barobardir."-deb ta’kidlagan. "Prokuratura to‘g‘risida"gi qonunning 4-moddasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri qilib ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoiy-huquqiy ta’sirining boshqa sohalarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat . Mahkumlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, kasb-hunar o‘rgatish va ularni mehnatga jalb qilish. Ularni shartli ravishda jazodan muddatidan ilgari ozod qilishda yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishda qonun talablaridan chekinishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Jinoyat ijroiya kodeksida qayd qilinib, mahkumlarga yangidan berilgan qo‘shimcha huquqlar ta’minlanishi lozim. Davlatimizning siyosatidagi sezilarli o‘zgarishlar qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolarni va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro qilishda qonunlarning bajarilishi ustidan prokuror nazoratini jiddiy yaxshilashni, qonun va davr talablari darajasida tashkil etishni taqozo etadi. Jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida amalga oshirilgan choralar natijasida mamlakatmizda hozirgi kunda qamoqdagilar soni jaxon miqyosida eng past ko‘rsatkichni, ya’ni 100 ming nafar aholiga 166 kishini tashkil etadi. Qiyoslash uchun aytish mumkinki, Rossiyada bu ko‘rsatkich 611 kishini, AQShda 738 kishini tashkil etadi. Mamlakatimizda so‘nggi o‘n yildaozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahbuslar soni ikki barobardan ko‘proq kamayganining o‘zi ham bu sohada olib borilayotgan islohotlarimizning qanday ijobiy natijalar berayotganidan dalolatdir. Ma’lumki O‘zbekistonda 2008 yilning yanvar oyidan boshlab o‘lim jazosi bekor qilindi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo turi joriy qilindi. Ahloq tuzatish, qamoq va davolab ahloqni tuzatish muassasalari rahbariyatlari tomonidan qonunni amalga oshirishlarini nazorat etish prokurorlik faoliyatining eng qiyin tomonlaridan hisoblanadi. IIV penitensiar muassasalarida olib boruvchi ijtimoiy-ruhiy tanglik, o‘z jazosini o‘tayotgan shaxslar moddiy-yashash va sanitar- tibbiy ta’minotning yomonlashuvi, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aytilgan inson huquqlarini buzish holatlariga umuman yo‘l qo‘yilmasligiga erishish lozim. Ahloq tuzatish muassasalari ishchilari tomonidan hukm etilganlarga nisbatan zo‘ravonlik va qo‘pollik, ular bilan taqiqlangan aloqalarga kirish holatlari yuz bermasligi kerak. Prokurorlar ahloq tuzatish va umumiy, qattiq, mahsus tartibli koloniyalarining hamda turmani tekshirish vaqtida diqqatni asosan inson qadrini poymol qiluvchi, hukm etilganlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, jarima izolyatorlariga asossiz mahkum etish, insoniy shart-sharoitlarni ta’minlash haqidagi dalillarga qaratish kerak. Jinoiy jazolarni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan muassasalarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng ahamiyatli qonunbuzarliklarga alohida e’tibor berilishi lozim. Nazorat vaqtida prokurorlarning birinchi navbatdagi harakatlari aynan mana shularni ilg‘ab olish va ularga barham berishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Ammo tekshiruv vositasi sifatidagi savollar ko‘lami keng. Tekshirishlar kompleks xususiyatga ega rejali bo‘lishi mumkin. Bunda jazoni ijro etish muassasalari faoliyatining barcha tomonlari hisobga olinmog‘i lozim. Yana maqsadli, ya’ni faqat alohida savol va masalalarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, maqsada muvofiqdir. Jazoni ijro etish muassasalarida qonunga rioya qilishni tekshirish bo‘yicha metodik tavsiyalarga binoan tekshirish amalga oshirish optimal bo‘lmog‘i kerak. Qonuniylikni buzilishi haqida xavfli signal kelib qolganda, favqulodda holat hodisalarida muddat kelishini kutmay, prokuror tekshiruv o‘tkazmog‘i lozim. Prokuror tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruv bu muassasalarda hukm etilganlarni saqlash qonuniyligi, jazoni o‘tash tartibi qonun talablariga mosligi, rahbariyat tomonidan hukm etilganlar huquqiga rioya etish, ular bilan tarbiya ishlarini o‘tkazish, ularga nisbatan mukofot va jarima choralarini qo‘llash, ularning shikoyatlarini, ariza va takliflarini ko‘rib chiqish va yechishga tegishli bo‘ladi. Prokuror, avvalambor, har bir hukm etilganning shaxsiy hujjatlari ichida uni jazoni ijro etish muassasasida saqlanishini yuridik asoslovchi qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sud qarori borligiga ishonch hosil qilish kerak. Prokuror hukmning qonunga mos ekanligi nuqtai nazaridan emas, balki sud bilan belgilangan jazoning ahloq tuzatish muassasasi ko‘rinishiga mos ekanligi nuqtai nazaridan; qarorda bo‘lgan boshqa qismlarni amalgi oshirish (masalan, giyohvandlarga nisbatan majburiy davolanishdan foydalanish haqida) uchun hukmnoma bilan tanishadi. Prokuror, agarda, sud qarori noqonuniyligini aniqlab olgan hollarda, metodik tavsiyalarga binoan, u suddan jinoiy ishni talab qilish va bu bo‘yicha o‘z protestini keltirish haqida tegishli prokuror oldida masala qo‘yishi lozim. Prokuror hukm etilganlarni alohida saqlash haqidagi qonun talablariga rioya qilinayotganligini tekshiradi; erkak va ayol, yoshi kattalar va voyaga yetmaganlar; birinchi bor hukm etilganlarni ko‘p marta qamoq jazosini o‘tagan shaxslardan; boshqa hukm etilganlardan yaqin holda saqlanayotganligi; umrining oxirigacha ozodlikdan mahrum etilganlar; Bir xil ko‘rinishdagi muassasada hukm etilgan shaxslarni saqlash sharoitlarini o‘zgartirish haqidagi qarorning qonuniylik va asosliligiga prokuror o‘z diqqatini qaratishi kerak. Hukm etilgan shaxslarni bir koloniyadan o‘sha turdagi boshqasiga yoki bir qamoqxonadan o‘sha turdagisiga o‘tkazish ustidan nazoratni ham kuchaytirish lozim. Ozodlikdan mahrum etilgan holda o‘z jazosini o‘tayotgan shaxslarga qonun tomonidan qaralgan jazoni ijro etish muassasalari chegarasidan qisqa muddatgi yoki uzoq muddatga chiqish, konvoysiz yoki hamrohsiz yurish imkoni berilishi mumkin. Ahloq tuzatish muassasalarida o‘z saqlanish sharoitlarini yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qila oladigan shaxslar kategoriyasiga nisbatan bu turdagi qarorlarni qabul qilish yoki taqiqlash qonuniyligini tekshirish prokuror majburiyatiga kiradi. Prokuror ozodlikdan mahrum etilganlarning moddiy-yashash; tibbiy-sanitar ta’minlanganligi normalariga rahbariyat rioya qilayotganligini ham tekshiradi. Mehnat ularning tuzalishi va qayta tarbiyalanishi jarayonining asosidir. Mehnat huquqi bir vaqtning o‘zida ular uchun majburiyat hamdir, agarda unga o‘z kuchiga mos ish berish imkoniyati bo‘lsa. Prokuratura jinoiy jazolarni ijro etuvchi muassasalar rahbariyati mahkum etilganlarning jinsi, yoshi, mehnatga layoqatliligi, sog‘lig‘ining ahvoli, iloji boricha, mutaxasisligidan kelib chiqqan holda mehnatga jalb qilinishini ta’minlashni, mahkum etilganlar ish kuni davomiyligiga rioya qilinishini, bayram kunlari ishdan ozod qilish tartibini, ish haqi tartibiga rioya qilinishiga, ish haqidan olib qolish qonuniyligini, ish haqisiz mehnatga jalb qilinishini nazorat qiladi.. Ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoni amalga oshiruvchi muassasa faoliyatining o‘ziga xos tomoni jazoni o‘tash bo‘yicha o‘rnatilgan tartibini buzuvchi shaxslarga nisbatan jinoyat-ijroiya qonunchiligida ko‘rsatib o‘tilgan intizomiy jazolash yo‘llarini qo‘llash kerakligi bilan ham bog‘liqdir. Shuning uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida qonunlarning bajarilishini nazorat qilayotgan paytda prokuror o‘z diqqatini jazolashning o‘sha yoki boshqa yo‘llaridan foydalanish qonuniyligiga qaratishi kerak, ya’ni asos borligiga, jazoning qilingan xatoga mosligiga, tartibga rioya qilinishiga e’tibor qaratmog‘i lozim. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar huquq va majburiyatlariga amal qilish nazorati muassasa rahbari tomonidan mahkum etilganlarni shartli ravishda muddatidan ilgari ozod etish yoki jazoning yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi taqdimnomasini qonuniyligini tekshirish kabi prokuror faoliyatini o‘z ichiga oladi. Sud qarorlari tegishli yuridik ahamiyatga ega bo‘lsa ham, muassasa rahbari tomonidan qilingan tasavvurlarning asoslanganligini prokuror tekshirmasligi kerak degani emas. Bundan tashqari, kasalligi tufayli shartli ravishda muddatidan ilgari ozodlikka chiqishga va yengil jazo bilan almashtirilishiga asoslari bo‘lgan shaxslar jinoiy jazolarni ijro etish muassasalari rahbarlari faolsizligi va nohaq qarorlari tufayli bunday imkoniyatdan mahrum bo‘lmasliklarini prokuror kuzatib borishi lozim. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, prokuror bayonnoma (ma’lumotnoma) tuzadi. Bu hujjatda JIEM(jazoni ijro etish muassasasi) rahbariyati tomonidan qonuniylikka amal qilinganligi holatiga huquqiy baho beriladi. Aniqlangan huquqiy normalarning buzilishi to‘liqligicha aks ettiriladi, qonun buzilishiga imkon tug‘dirgan sabab va sharoitlar ko‘rsatiladi, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar kiritiladi. Tekshiruv natijalarini amalgi oshirish choralarini prokuror qonun talablarining buzilish xarakteri va tarqalganligini hisobga olgan holda aniqlaydi. Sud bilan belgilangan majburlash xarakteridagi choralarni qo‘llovchi jinoiy- ijro etuvchi inspeksiyalar va muassasalar faoliyatida qonunlarga amal qilishda prokuror nazoratining xususiyatlari: jinoyat jazolarni ijro etuvchi inspeksiyalar tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining mustaqil tuzulmaviy bo‘linmasi va tuman (shahar) prokurorlari nazorati ostida hisoblanadi. Jinoiy jazolarni ijro etuvchi inspeksiyalarning asosiy vazifasi - ko‘plab jinoiy ishlar bo‘yicha sud tomonidan belgilangan ahloq tuzatish ishlari ko‘rinishidagi jazoni ijro etish. Jinoiy jazolarni ijro etish inspeksiyalari tomonidan qonun talablarining quyidagi masalalariga amal qilishlarini prokuror tekshiruvi nazoratning mohiyatini kasb etadi: a) sud qarori bilan hukm nusxasi (formal) inspeksiyaga kelgan kundan 15 kundan kech bo‘lmagan vaqt ichida hukm etilganlar jazoni o‘tash uchun tuzatuv ishlariga jalb qilinganligi; b) hukm etilganlar hisobi olib borilayotganligi; v) jazo o‘tash tartibi va shartlari ularga tushuntirilayotganligi; g) hukm etilganlar tomonidan jazo o‘tash shartlariga amal qilinayotganligi va ular ishlayotgan tashkilot rahbariyati tomonidan hukm talablari bajarilayotganligini tekshirish; d) ular bilan tarbiyaviy ishar o‘tkazilayotganligi; ye) ularning hulq-atvorlari tekshirilayotganligi va ishga o‘rnashishga ularni yo‘naltirilayotganligi; j) ish haqidan ushlab qolish va ushlab qolingan miqdorlarni ular ishlayotgan tashkilot buxgalteriyasi tomonidan budjetga o‘tkazilish tekshiruvini amalga oshirilayotganligi; Ahloq tuzatish ishlariga mahkum etilganlarning shaxsiy hujjatlarida taqiqlar bo‘lganda (masalan, kunning ma’lum vaqtlarida uyda bo‘lmaslik taqiqi, tuman yoki shaharning ma’lum joylarida bo‘lmaslik, dam olish kunlarida turar joyini tark etish, shu bilan birga mehnat ta’tili mobaynida) yoki oyida ikki martagacha inspeksiyaga ro‘yxatdan o‘tish uchun kelish majburiyati yuklatilganda, prokuror bu qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.Yana, prokuror shuni tekshiradiki, mahkum etilganga nisbatan ahloq tuzatish ishlarini o‘tashdan bosh tortganligi tufayli jazoning boshqa turi bilan almashtirish to‘g‘risida yozma ogohlantirish qo‘llanilganligiga asoslar borligini. Bir qatorda inspeksiya rahbariyati tomonidan o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shashga rozilik yoki iltimosni inkor etishning, mahkum etilganning vaqtidan oldin ozodlikka chiqish (yoki inkor etish) taqdimnomalarining qonuniyligini ham prokuror tekshiradi. Prokuror ma’lum lavozim egallab turish yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ulanish huquqidan mahrum etish ko‘rinishidagi jazoning amalga oshirilayotganligini nazorat qilar ekan, u quyidagilarni aniqlashtiradi:  gap borayotgan mahkum etilganlar jinoiy-ijro etuvchi inspeksiyalar tomonidan hisobga olinayotganligi;  ma’lum lavozimni egallash yoki ma’lum faoliyat bilan shug‘ullanish haqidagi sud qarori bilan aniqlangan taqiqlarga amal qilinishini tekshirayotganligini;  mahkum etilganlar ishlayotgan tashkilotlar rahbariyati qaror talablarini ijro etishlarini tekshirayotganligini;  inspeksiya tomonidan mahkum etilganlarga nisbatan tarbiya ishlarini tashkil etayotganlarini. Prokuror yana sud qarori nusxalari harbiy komissariyati yoki harbiy xizmatga chaqirilgan va xizmatni o‘tayotgan joylariga jazoni o‘tashni davom ettirish uchun yetkazilganligini tekshiradi Jinoiy-ijro etish inspeksiyalari qonuniylikka amal qilish faoliyatini tekshirishda prokuror ro‘yxatda shartli mahkum etilganlar va ayollar hamda ularga nisbatan jazo o‘tash majburiyati uzoqlashtirilganligini aniqlashtiradi. Ular ro‘yxatda bo‘lganda prokuror shartli mahkum etilganlar hatti-harakati va sud bilan yuklatilgan majburiyatlarga amal qilayotganligini tekshirayotgan boshqa ichki ishlar organlari faoliyatini, shartli mahkum etishni bekor qilish haqida ogohlantirishlar bo‘lganligini, ularni harbiy chaqiriq hollarida hatti-harakatlarni tekshirishi uchun sud qarorlari nusxalari harbiy kommisariyatga yetkazilganligini aniqlashtiradi. Jinoiy ijro etish inspeksiyalari ro‘yxatida vaqtincha jazoni o‘tashdan ozod qilingan mahkum etilgan ayollar bo‘lsa, prokuror ularning o‘z vaqtida ro‘yxatga kirishlarini, ikki hafta ichida kelmaganlarning qidiruvini amalgi oshirish choralarini yoki yashirinayotgan ayollar qidiruv choralarini tekshiradi. Maxsus davlat organlari, ahloq tuzatish ishlari jazosini o‘tash mahsus belgilangan muassasalar faoliyati qonuniyligini nazorat etish xususiyatlari shundaki, prokuror mahkum etilganlarning haq-huquqlariga poymol etilmayotganligini, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo choralari qanday muddatda belgilanganligini tekshiradi. Bundan tashqari, prokuror voyaga yetmagan holda jinoyat sodir etgan shaxslarni jazosini ijro etuvchi organ tomonidan voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiyaviy ta’sirga ega majburlash choralari qo‘llanilishi tekshirilayotganligini aniqlaydi . Ushlab turilganlarni saqlash joylari rahbariyatlari tomonidan qonunlarni ijro etish prokuror nazoratining xususiyatlari. (VUTXda) Shubha uyg‘otuvchi va ayblanuvchilarni vaqtincha saqlash izolyatorlari rahbariyatining qonunlarni ijro etilishining nazorat qiluvchi prokurorning asosiy vazifasi noqonuniy tutilganlarni ozod etishdadir. Vaqtincha Ushlab Turish Xibsxonasi (VUTX, rus tilida IVS) boshliqlari yoki javobgar navbatchilar, operativ ishchilar, militsiya navbatchi inspektorlari tomonidan keltirilgan fuqarolarni bayonnoma tuzmasdan va prokurorni ogohlantirmasdan qabul qilib, ularni joylashtirishi (qamab qo‘yishi holatlarini nazardan chetda qoldirmaslik kerak. VUTX ga kelgan shaxslar albatta, hisob daftarlariga kiritilishi lozim. Buning uchun prokuror (uning o‘rinbosari, yordamchisi) VUTX kameralarida kirib, u yerda bo‘lgan shaxslarni so‘roq qiladi, ularning VUTXda saqlanishlari uchun asos bo‘ladigan hujjatlar borligini tekshiradi. Jinoyat sodir etganlikda shubhalanuvchi protsessual protokol tuzilmasdan VUTXga qamalgan bo‘lsa, bu faqat shubhalar uyg‘otganda, fuqaroning noqonuniy saqlanishini ochish uchun qo‘llaniladi. Mast holda yoki kichik bezorilik sodir qilganlik haqidagi nizolangan aktlar bilan ushlangan, jinoyat sodir etganligidan shubhalangan hodisalar ham uchraydi. Prokuror bu hujjatlarning to‘g‘riligini va bu hujjatlar orqasida noqonuniy saqlash faktlari yashirinmayotganligini tekshirishi lozim. Bunga ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxslar tomonidan kelgan shikoyatlar, qilingan jinoyatlar haqida ulardan tushuntirish olish harakati, tergovchilar tomonidan chaqirilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatma bo‘la oladi. Porkuror VUTXda noqonuniy saqlanayotgan shaxslarni o‘z qarori bilan ozod etib, mas’ul shaxslarni javobgarlikka tortadi. Prokurorning boshqa vazifasi - bu qonuniy asosda VUTXda saqlanayotgan shaxslarning jazo muddatini tekshirish. JPKning 221-moddasiga asosan jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi shaxsni saqlash 72 soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak. JPKning 221,224-moddasi qoidalari asosida shubhalanuvchi va ayblanuvchi shaxslar VUTXda 3 kundan ortiq saqlanmasliklarini tasdiqlaydi. Ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, sud orqali ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llangan ayblanuvchilar VUTXdan tergov izolyatoriga o‘tkaziladilar. Hibsga olingan yoki ayblanuvchi VUTXda 10 kun muddatdan oshiq saqlansa, prokuror uni tergov izolyatoridan jo‘natish haqida ko‘rsatma beradi. Prokuror VUTXda bo‘lar ekan, qonun tomonidan ko‘rsatilgan gumon qilinuvchi va ayblanuvchilar huquqi ma’muriyat tomonidan buzilmayotganligi va tegishli qonun va qoidalarga amal qilinayotganligini tekshiradi. (himoyachisi bilan uchrashish huquqi, qarindoshlarni qabul qilish, bir soatdan kam bo‘lmagan vaqt mobaynida aylanishi, shaxsiy xavfsizlik, xat yozish huquqi va boshqalar). Prokuror majburiyatiga VUTXda yashash sharoitlarining qonun bilan belgilangan sharoitlarga mosligini tekshirish kiradi (yotish joyi, har bir gumon qilinuvchi va ayblanuvchida choyshab(postelnoye belyo) borligi va boshqalar). Prokurorlar oyida bir marta tergov izolyatorlarini tekshirishga majburdirlar. Bu asosan qonuniylikni va asoslilikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Tekshiruvlarni soha boshqarmalari va bo‘limlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyrug‘i, prokurorlar va ularning o‘rinbosarlarini tergov izolyatorlarida qonuniylikka amal qilinishini tekshirishda ishtirok etishlariga majbur etadi. Prokuratura rahbarlarining tekshiruvlaridagi bevosita ishtiroklari nafaqat tergov izolyatorlari ma’muriyatlarining qonuniylikka amal qilishlarini, qonun buzilishini bartaraf etilishini ta’minlaydi, balki kamchilik chiqqan holatlarda barcha kelib chiquvchi qarorlarning bo‘ysungan prokuror tomonidan amalgi oshirilayotgan nazorat darajasini baholash imkonini ham beradi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i, ko‘rsatma va Nizomlari bilan ham soha bo‘yicha nazoratni yetarli darajada amalga oshirib, ularning e’tiborlari:  Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning saqlanish qonuniyligiga;  ma’muriyat majburiyatlarini belgilovchi normalarga amal qilinishiga;  shubhalanuvchi va ayblanuvchilarning haq-huquqlariga;  ularni mehnatga jalb etilishiga;  ularga nisbatan mukofot va jazo choralarini qo‘llash qonuniyligiga, hibsga olinganlarning shikoyatlari, arizalarini va takliflarini ko‘rib chiqish va yechishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Jinoiy-protsessual qonunchilik talabi bo‘yicha, ayblanuvchilarni tergov izolyatoriga qabul qilish uchun qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi sudning ajrimi asos bo‘luvchi hujjat hisoblanadi. Nazorat vaqtida prokuror tergov izolyatorlari hujjatlari ichida ayblanuvchining hibsda saqlanish muddatini cho‘zish haqida xabar borligini, ayblanuvchilarga nisbatan qonun bilan belgilangan yoki prokuror tomonidan muddatning bitganligini aniqlashi lozim. Ayblanuvchilarni hibsda saqlash muddatini uzaytirish ham prokurorning iltimosnomasiga asosan sud tomonidan amalga oshiriladi. Eqtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirilgan shaxslarning saqlanishining qonuniyligini nazorat etuvchi prokuror muddat JPK normalariga mos ravishda uzaytirilganligiga amin bo‘lishi kerak. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini prokuror tomonidan uzaytirilishi mumkin emas, ushbu qarorni qabul qilish prokurorning vakolatiga kirmaydi, ayblanuvchi qamoqda noqonuniy saqlanayotganligini bildiradi.Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish ham sudning vakolatiga taalluqlidir. Qamoqda saqlash muddati uzaytirilishi lozim bo‘lsa, prokuror o‘zining asoslantirilgan iltimosnomasi bilan sudga murojaat qiladi. Sud iltimosnomani ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida ko‘rib chiqadi. «Ayblanuvchilarni hibsda saqlash va dastlabki tergov muddatlarini uzaytirishda qonunlarni ijro etishning prokuror nazoratini tashkil etish ko‘rsatmalariga mos ravishda tergovchilar har bir ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlanish muddati cho‘zilganligi haqida tergov izolyatorlari ma’muriyatlariga darhol xabar yetkazmoqlari kerak. Uch oydan ko‘proq muddatga cho‘zish haqidagi xabarni yetkazish majburiyati prokuratura boshqarmalari (bo‘lim), harbiy, transport va boshqa (viloyat darajasidagi) prokuraturalar zimmasiga qo‘yilgan. Bu xabarlarning kelganligi hibsga olinganlarning shaxsiy hujjatlaridan tekshiriladi. Qamoqda saqlash haqidagi qonun talabi tergov izolyatlari boshliqlarini ayblanuvchining saqlash muddati tugagach va saqlash muddati cho‘zilganligi haqida xabar kelmagach o‘z qarorlari bilan ozodlikka chiqarishlarini majburlaydi. Tergov izolyatori boshlig‘i boshida hibs muddati tugamasdan 24 soat oldin bu haqda tegishli organ yoki mas’ul shaxslarga va prokurorga xabar yetkazishi lozim. Nazorat vaqtida diqqatni, asosan, bu talablar tergov izolyatori ma’muriyati tomonidan qanday bajarilayotganligiga qaratilmog‘i lozim. Prokuror tergov izolyatoriga tegishli sud qarori, dastlabki tergov organi va prokuror qarori yoki jinoyatni oldini olish sifatida hibs muddati uzaytirilmagan holda tugaganligi haqida ma’lumot kelganda ayblanuvchilar o‘z vaqtida ozodlikka chiqayotganliklarini tekshiradi. Gumondorlar, ayblanuvchilar, birinchi instansiya sudi bilan mahkum etilganlar va kassatsion ravishda ishlarini qayta ko‘rilishi natijalarini kutuvchilardan tashqari tergov izolyatorlarida ma’lum, odatda qisqa muddatga mahkum etilganlar saqlanadi.( bularga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirgan). Tergov izolyatorlari xo‘jalik ishlarini qilish uchun qoldirilgan ozodlikdan mahrum etilganlar, shu bilan birga qamoqxona va koloniyalardan tergovchilar qarori bilan tergov ishlarini amalga oshirish uchun etap qilingan shaxslar ustidan nazoratni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Birinchi kategoriya shaxslariga nisbatan prokuror nazorati majburiyati, yuqorida qayd etilgan shaxslarga - birinchi bor mahkum etilganlar, muddati 3 yildan oshmaydigan, umumiy rejim koloniyasida jazoni o‘tovchi shaxsning va o‘z arizasi borligida uni tergov izolyatorida xo‘jalik ishlarini qilish uchun qoldirish imkoniyati borligi aniqlanishi kerak. Ikkinchi kategoriya shaxslariga nisbatan prokuror :  etap qilish haqida qaror borligini;  mahkum etilganni qaysi muddatda tergov izolyatorida saqlash to‘g‘risida ruxsatni tekshiradi. Agar bu muddat tugagan bo‘lsa, mahkum etilgan o‘z joyiga qaytarilish lozim. Tergov izolyatorlarida noqonuniy saqlash hollari kamdan-kam uchraydi va bu, asosan, ayblanuvchining qamoqda saqlanish muddati uzaytirilganligi haqidagi ma’lumotning yetib kelmaganligi bilan bog‘liq. Prokuror tergov izolyatori ma’muriyati tomonidan qamoqda saqlanayotgan shaxslar o‘z haq-huquqlari haqida ma’lumot olish huquqi ta’minlanganligi, ehtiyot chorasi sifati qamoqda bo‘lish tartibi, dissiplinar talablar, taklif, ariza va shikoyat berish tartiblari haqidagi ma’lumot bilan ta’minlanganliklarini tekshiradi: -Kameralarni aylanib chiqish vaqtida prokuror mahkama normativ aktlari bilan belgilangan huquq va majburiyatlar matni bo‘lishiga ishonch hosil qilish lozim. -Agarda bu matnlar bo‘lmasa, prokuror kameradagi gumondor va ayblanuvchilardan ularga tergov izolyatori ma’muriyati tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi haqida so‘raydi. -Bundan tashqari, prokuror qonun bilan belgilangan aniq huquqlarga rioya qilmaslik haqida shikoyat borligini aniqlashtiradi. -Prokuror gumondor va ayblanuvchilarga nisbatan boshqa ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar tomonidan ularning shaxsiy xavfsizligiga, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilganda tergov izolyatorida saqlash joylari ma’muriyati bularni ta’minlashini kuzatib borishi kerak. -Prokuror gumondor va ayblanuvchilarga nisbatan boshqa ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar tomonidan ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilganda, qamoqda saqlash joylari ma’muriyati gumondor va ayblanuvchilarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlanishini kuzatishi lozim. -Shaxsiy hujjatlardagi boshqa kameraga ko‘chirish arizalari bilan tekshirish maqsadga muvofiq va bu kameradoshlari taqiqidan qochish ilinjidan kelib chiqmaganligini aniqlash; -tergov izolyatorida o‘lim holatlari fakt (dalil)lari bo‘yicha tekshiruv materiallari bilan tanishish; -tan jarohati bilan kelganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tibbiy qism hujjatlari bilan tanishish maqsadga muvofiqdir. Ma’muriyat tomonidan qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlariga amal qilish va shaxsiy xavfsizliklarini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotni prokuror gumondor va ayblanuvchilarning hayot va sog‘liqlariga suiqasd qilishlari bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishga rad etilgan materiallardan ham olishi mumkin. Tergov izolyatorlari boshliqlari dastlabki tergov organi sifatida kam hollarda jinoiy ish qo‘zg‘atadi, chunki miqdor jihatdan, holatlar sonining oshib borishi yuqori boshqarma organlari tomonidan bunday muassasalar faoliyatiga manfiy baho berilishi mumkin. Jinoiy ish qo‘zg‘atishda rad haqidagi materiallar prokurorga nafaqat jinoiy ish qo‘zg‘atishdagi noqonuniy va asossiz qarorlarni aniqlab, bekor qilish imkonini beradi, balki bir vaqtning o‘zida gumondor va ayblanuvchilarning shaxsiy xavfsizligi huquqlari ma’muriyat tomonidan qanday bajarilayotganligi haqida ma’lumot olish imkonini ham beradi. Tergov izolyatorini ko‘rish vaqtida prokuror qamoqda saqlanayotgan shaxslarning boshqa huquqlariga ma’muriyat tomonidan amal qilinayotganligini ham tekshiradi: Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan gumondor va ayblanuvchi shaxslar qonunga muvofiq alohida himoyachisi bilan cheklanmagan miqdorda va vaqt mobaynida uchrashish huquqiga ega. Ko‘rsatilgan subyektlarga qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimi yoki mahsus ruhsatnomasi bilan bir soat davomida uchrashishga ruxsat etilishi mumkin. Gumondor va ayblanuvchining qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan xat yozib va xat olish huquqining qanday ta’minlanayotganligiga diqqatni qaratmog‘i lozim. Nazorat amalga oshirilayotgandan ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlanayotgan shaxslar taklif, ariza va shikoyatlari ma’muriyat tomonidan o‘z vaqtida ko‘rib chiqilayotganligi holatiga ham qaratilmog‘i lozim. Boshqa davlat organlariga, ijtimoiy uyushmalarga va himoyachiga jo‘natiladigan taklif, ariza va shikoyatlar ma’muriyat tomonidan qarab chiqilishi kerak va berilgan vaqtdan hisoblanib, darhol adresat manziliga yuborilmog‘i kerak. Prokuror gumondorlar va ayblanuvchilar taklif, ariza va shikoyat uchun murojaat qilganliklari uchun ularni istalgan ko‘rinishdagi taqiqlash va shu bilan birga ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzuvchi hodisalar bo‘lmaganligi bilan qiziqishi lozim. Gumondor va ayblanuvchilarning bepul oziq-ovqat, moddiy yashash va tibbiy- sanitar ta’minotlarini olishini aytib o‘tsada, prokuror nazorati bo‘yicha bu soha yuzasidan qonun talablari ma’muriyat tomonidan bajarilishini talab qilinmog‘i kerak. Prokurorning asosiy diqqati hibsda bo‘lgan homilador ayollar yoki oldida voyaga yetmagan, uch yoshgacha bo‘lgan bolali ayollar sharoitini yaxshilashga bog‘liq qonun talablarini ma’muriyat tomonidan bajarilayotganligiga qaratilishi kerak. Sanab o‘tilgan huquqlarga rioya qilish, asosan moddiy-yashash shartlari bilan bog‘liq huquqlarni ma’muriyat tomonidan amalga oshirilishi tergov izolyatorlarining davomiy yetarsizligi tufayli Tergov izolyatorlaridagi qonuniylikka amal qilish natijalari, jazoni ijro etish muassasalari tekshiruvi kabilar tegishli tartibda, rasmiylashtiriladi. Jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati, uning predmeti, vazifalari. Prokuror vakolatlari. Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokuraturasi IIVning JIEBBga qarashli jazoni ijro etish va tarbiya koloniyalarida qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi. U viloyat prokuroriga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini respublika prokuraturasining qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat bo‘limi va viloyat prokurorlarining shu soha bo‘yicha katta yordamchilari, boshqarma va bo‘limlarining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi. Bu prokuratura o‘z faaliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat-ijroiya kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruq va ko‘rsatmalari asosida tashkil qiladi Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokurori yuqorida qayd etilgan muassasalarda qonunchilik va xuqukiy tartibotni ahvoliga, unga bo‘ysungan prokuratura xodimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bekamu-ko‘st bajarilishiga mas’ul bo‘lib hisoblanadi. Prokuraturaning ishi prokuratura tarmoqlari faoliyati uchun umumiy bo‘lgan prinsiplarga muvofiq, predmetlarga bo‘lingan holda tashkil etilib, qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilish, har qanday qonunbuzarliklarni oldini olish, buzilgan huquqlarini tiklash va aybdorlarni tegishli javobgarlikka tartish masalasini qo‘yish asosida amalga oshiriladi. Umumiy nazorat sohasidagi Ichki ishlar vazirligiga qarashli surishtiruv va tergov bo‘g‘inlarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan hamda jinoyat ishlarining sudda ko‘rilish jarayonidagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlari bilan tartibga solinadi Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokuraturasining vazifalariga quyidagilar kiradi : -Mahkamalarning qonunda belgilangan huquq va burchlariga rioya qilishlari; -Ularni jazodan ozod etishga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi qonun talablarining bajarilishi; -Muassasalar ma’muriyati tomonidan chiqarilgan qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar va tezkor-qidiruv harakatlarining qonuniyligi ustidan nazorat qilish; -Qayd etilgan muassasalarda davlat mulkini saqlashda, suiiste’molchiliklarga, xo‘jasizlikka, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslardan o‘rinsiz foydalanish va shu kabi qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘ygan shaxslardan yetkazilgan zararni undirib olishga qaratilgan choralarni ko‘rish; -Texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish; -Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari tomonidan mahkumlar va boshqa fuqarolarga nisbatan qonunsiz harakatlarni aniqlash, bunday harakatlar sodir etilishining oldini olish; -Muassasalarda tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlar haqidagi habar va arizalarni qabul qilib ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish, jinoyat ishlarini o‘z vaqtida qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qonun talablarini bajarilishini nazorat qilish va har bir qonunbuzilish holati bo‘yicha chora ko‘rish: -Jazoni ijro etish muassasalarida qonunlarning ijrosini tekshirish jarayonida aniqlangan sud tomonidan mahkumlarga niobatan chiqarilgan noqonuniy hukmlar, ajrimlar va qarorlar yuzasida hududiy prokurorlarga protest keltirish to‘g‘risida taqdimnomalar yuborish; -Jazoni ijro etish va tarbiya koloniyalarida jazo o‘tayotgan mahkumlar tomonidan hamda bu muassasalarning xodimlari (ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilari bundan mustasno) sodir etgan va prokuratura tarmoqlari tergoviga taalluqli jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergovni amalga oshirish; -Jazoni ijro etish va tarbiya koloniyalarida jinoyat sodir qilganlikda gumonlangan va ayblanganlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berishni iltimos qilib, iltimosnoma bilan sudga murojaat qilish; -Bu prokuratura tergovchilari Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati xadimlari tomonidan sodir qilingan mansabdorlik jinoyatlarini ham tergov qiladilar. Prokuror jinoyat ishlarini tergovi ustidan rahbarlik qilib, ayblov xulosasini tasdiqlaydi; -Jazoni ijro etish muassasalari rahbar xodimlarining xizmatni bajarish qoidalariga qarshi harakatlariga oid jinoyat ishlari bo‘yicha ayblov hulosasini tasdiqlash uchun viloyat prokuroriga taqdim etish; -Jazoni ijro etish muassasalarida sodir qilingan jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv va tergov harakatlari olib borishda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; -Sudlarga prokurorlar tomonidan yuborilgan bu toifadagi jinoyat va fuqarolik ishlarini birinchi bosqichdagi sud majlislarida ko‘rilishida prokuror vakolatini ta’minlash; -Jazoni ijro etish muassasalari ma’muriyati tomonidan mahkumlarni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish haqidagi qonunlarni to‘g‘ri va aniq bajarilishi ustidan nazorat qilish; -Sudlarda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish hamda ularga hukmning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalarni hal qilishda xulosalar berish; -Sudlar tomonidan chiqarilgan qonunga xilof va asossiz hukmlar, ajrimlar, qarorlar ustidan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat hamda xususiy protestlar keltirish. Prokuratura muassasalar ma’muriyati tomonidan takliflar, ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqishni tartibga soluvchi qonunlarning ijrosini muntazam nazorat qilib boradi, ularni ko‘rib, hal qilish jarayonida sansolarlikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini amalga oshiradi. O‘zbekiston IIVning ichki qo‘shinlari xizmatchilari tomonidan mahkumlarga nisbatan qonunbuzilish hollari ifoda etilgan ariza va shikoyatlar ham shu prokuratura tomonidan tekshiriladi. Agar tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atish zarurati tug‘ilsa, hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli harbiy prokurorga yuboriladi. Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokurori o‘z vakolati doirasida : —jazoni ijro etish muassasalarida yalpi va sohaviy tekshirishlar o‘tkazib, mahkumlarning ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanishlari qonuniy ekanligiga, jazo o‘tash rejimi, mehnatga jalb qilish, ular orasida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, kasb o‘rgatish to‘g‘risidagi qonun talablarining izchil bajarilishiga alohida ahamiyat beradi; —aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi, bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar, qarorlar chiqaradi, jazoni o‘tash tartibiga rioya qilish haqida talablar qo‘yadi, qonunga zid rasmiy hujjatlar ustidan protestlar keltiradi, qonunlarning buzilishiga olib kelayotgan sabab va sharoitlarini bartaraf qilish haqida taqdimnomalar kiritadi, ogohnomalar e’lon qiladi; —respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlarga qonunbuzarliklarga chora ko‘rish haqidagi yo‘llanilishi kerak bo‘lgan hujjatlar ular tomonidan bunday huquqqa ega bo‘lgan prokurorlar orqali yuboriladi; —yalpi va sohaviy tekshirishlardan tashqari muassasalardagi qonunchilikning ahvoliga qarab har oyda kamida bir marotaba ularga borib mahkumlarni qabul qiladi, intizomiy bo‘linmalarda saqlanayotganlarga jazo choralar qo‘llanilishining qonuniyligini tekshiradi va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar o‘tkazadi; —muassasalarda favqulodda holatlar ro‘y berganda zudlik bilan tekshirish uchun voqea sodir bo‘lgan joyga chiqib, uning sabablarini aniqlash va bartaraf qilish choralarini ko‘radi, agar prokuratura voqea joyidan olisda joylashgan bo‘lsa, joyga hududiy prokuror chiqadi, maxsus prokuror esa yetib kelgach, tafsilotlarini aniqlashni davom ettiradi. Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokuraturalarn tarkibida prokuror, uning o‘rinbosari, katta yordamchi va yordamchilari, tergovchi va nozir faoliyat ko‘rsatadilar. Prokuror prokuraturaga taalluqli bo‘lgan respublika Bosh prokurorining, viloyat prokurorlarining buyruq va ko‘rsatmalarini, hay’at qarorlari va ish rejalari ijrosini nazorat qiladi, xodimlar orasida ish taqsimlaydi, ularning xizmat faoliyatini tashkil qiladi, ishni usul va uslublarini takomillashtirish choralarini ko‘radi, kadrlarni tarbiyalash va o‘qitish ishlarida faol qatnashadi.Xodimlar orasida ish taqsimoti hududiy predmetli usulda, prokurorning farmoyishiga asosan amalga oshiriladi. Respublika Bosh prokurori tarmoq buyruqlarining ijrosi, muassasalar, ma’lum predmet bo‘yicha tahlil va umumlashtirishlar tayyorlash ham taqsimlanadi.Prokuratura ishini rejalashtirish jazoni ijro etish muassasalaridagi qonunchilik va huquqtartibot ahvolining tahlili, prokuror nazorati amaliyotini umumlashtirishlari asosida bo‘lishi shart. Prokuratura xodimlari o‘z ish faoliyatlarida, jazolarni ijro etish muassasalarida qonunchilikni mustahkamlashda jamoatchilik yordamiga tayanadi, ularga yuklangan majburiyatlarni bajarishlarida yordam berib, qonunlarni targ‘ibot etadilar. Prokuratura hududiy prokuraturalar hamda harbiy prokurorlar bilan hamkorlikni jazoni ijro etish muassasalarda qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash maqsadida rejalashtirilgan tadbirlarni birgalikda o‘tkazish va boshqa masalalarni tartibga, soluvchi qonunlarning ijrosini nazorat o‘tash yo‘li bilan amalga oshiradi. Jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazorat prokurori bu muassasalarda jinoyatchilikka va boshqa qonunbuzarliklarga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o‘z vakolatlari doirasida: Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylariga, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolari ijro etish muassasalariga, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarga va voyaga yetmaganlarnining maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda hamma xonalar bilan tanishish sharti bilan kirishga, shaxslarga nisbatan ushlab turish, qamoqqa olish; Shuningdek jinoiy jazo yoki jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilishiga asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishishga; Ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoqqa olish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazolarni ijro eitsh muassasalarida, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda, voyaga yetmaganlarnining maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida noqonuniy saqlab turilgan shaxslarni darhol ozod qilishga; Agar qamoqda saqlanayotgan, qamoq jazosiga, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum etishga hukum qilingan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo choralari qonunga nomuvofiq bo‘lsa, bu choralarni bekor qilishga va o‘z qarori bilan bunday shaxslarni intizomiy bo‘linmalardan darhol ozod qilishga; Ushlab turilgan, qamoqqa olinganlar, mahkumlardan va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslardan ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarnining vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham so‘rab-surishtirishga; Ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoishlari va qarorlari, tezkor-qidiruv tadbirlarining qonunga muvofiqligini tekshirishga; Ushlab turilgan, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ushlab turish, qamoqda saqlash, jazoni va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalar ma’muriyatidan talab qilishga; Jazoni ijro etuvchi muassasa boshlig‘ining mahkumlarga alohida holatlarda muassasa tashqarisiga chiqishga ruhsat berish to‘g‘risidagi, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan mahkumni tarbiya koloniyasida qoldirish to‘g‘risidagi, mahkuma ayollarning jazoni ijro etish muassasasi tashqarisida yashashi to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlashga haqli . Quyidagilar nazorat predmeti hisoblanadi : Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirining boshqa choralarni ijro etuvchi muassasalarda shaxslar saqlanishining qonuniyligi; Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash jazolarni va jinoyat- huquqiy ta’sirining boshqa choralarini ijro etish tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi; Ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlarning, shuningdek jinoyat- huquqiy ta’sirining boshqa choralari qo‘llanilgan shaxslarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlariga rioya etilishi; Jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qo‘llayotgan organ va muassasalar, mansabdor shaxslar faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi. Prokuror sudlanganlar, ya’ni mahkumlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida muassasa boshlig‘i tomonidan jazodan muddatidan oldin ozod qilish to‘g‘risidagi chiqargan aktlarini tekshiradi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra akt tuziladi. Bu hujjatda muassasadagi qonuniylik masalarilariga alohida to‘xtalib o‘tiladi. Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish qoidalari ham mavjud bo‘lib, bu qoidalar talablari ham prokuror nazoratining predmeti hisoblanadi. Bu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 9 sentabrda 1854 son bilan ro‘yxatga olingan. IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008 – yil 13-avgustdagi 12,9 sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasi, Jinoyat-ijroiya kodeksining 165-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 534 va 542-moddalariga muvofiq mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish tartibini belgilaydi . Tartib talabiga ko‘ra, sud hukmi bilan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar jazoni o‘tash davrida og‘ir kasallikka chalinsalar yoki ularda sudlanishdan oldin bor bo‘lgan kasalliklar jazo muddatini o‘tash davrida kuchayib ketib, jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan bo‘lsa, Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq, Mahkumlarni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish uchun asos bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxatida ko‘rsatilgan kasalliklardan birining yoki bir nechtasining tusini olsa, ular O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Maxsus tibbiy komissiyasi joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar IIB maxsus tibbiy komissiyalari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladilar. IIV maxsus tibbiy komissiyasi kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan og‘ir kasallikka chalinganligi haqidagi qarorni, bemor mahkum davolash muassasalarida statsionar sharoitda chuqur tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, undagi klinik tashxis sog‘liqni saqlash idoralarining yetakchi mutaxassislari tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng qabul qiladi. Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli respublika miqyosidagi kasalxonada davolanayotgan og‘ir bemorlar tashxisi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh mutaxassislari tomonidan ham tasdiqlanishi lozim. Ruhiy kasallikka duchor bo‘lgan mahkumlar ruhiy bemorlar kasalxonasida yoki ruhiy kasalliklarni davolash bo‘linmasida statsionar sharoitda sinchiklab tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladilar. Ushbu statsionarlarda ularga qo‘yilgan klinik tashxis Sog‘liqni saqlash vazirligining psixiatriya bo‘yicha yetakchi mutaxassisi va Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi bosh psixiatri tomonidan maslahat ko‘rigida tasdiqlanishi lozim. Klinik tashxisi tasdiqlangan va bemorning ruhiy holati bo‘yicha kamida ikkita vrach-psixiatr ishtirokida psixiatrik tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan bemorlar komissiya ko‘rigiga taqdim etiladilar. Jazoni ijro etish muassasalari kasalxonalarida davolanayotgan bu toifadagi mahkumlar tomonidan sodir etilgan har bir o‘z joniga yoki o‘zga shaxsning sog‘lig‘i va joniga suiqasd qilish, shuningdek muassasaning ichki tartib intizomini buzish holatlari tegishli nazoratchi-navbatchi guruh xodimlari tomonidan hujjatlashtirib borilishi lozim. Mutaxassis-shifokorlar tomonidan klinik tashxis qo‘yilishi jarayonida tibbiy ko‘rik bayoni to‘liq, aniq dalillar bilan yoritilishi, klinik simptomlar va laborator tahlillar bilan isbotlanishi lozim. Bemor qo‘yilgan klinik tashxisga binoan zaruriy adekvat (konservativ, radikal, xirurgik va ba’zi kasalliklar uchun maxsus) davo muolajalarini imkon boricha olgan bo‘lishi lozim. Mahkumga nisbatan o‘tkazilgan tekshiruv va davolash natijalariga asosan IIV maxsus tibbiy komissiyasi uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi. Bemor mahkumlarda aniqlangan kasalliklar, kasalliklar Ro‘yxatida qayd etilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasining tusini olganligi va ular jazoni o‘tashga monelik qilishi ma’lum bo‘lgan hollarda, IIV maxsus tibbiy komissiyasi ularga nisbatan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi haqida xulosa tuzadi. Mahkumlarni kasalligi tufayli o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish masalasi u saqlanayotgan joydagi sud tomonidan qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi lozim. Sud majlisida bemor mahkum, prokuror, qonunda belgilangan holatlarda himoyachi, taqdimnoma kiritgan muassasa boshlig‘i va kasalxona (tibbiyot bo‘limi) mas’ul xodimi hamda bemorni davolovchi (ruhiy kasallikka chalingan bemor masalasi ko‘rilayotganda - psixiatr) shifokor ishtirok etadi. Himoyachi qatnashishi majburiy bo‘lgan hollarda uning ishtirok etishi muassasa boshlig‘i tomonidan ta’minlanadi. Mahkumni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilish haqidagi taqdimnoma bo‘yicha qabul qilingan sud qarori ustidan yuqori turuvchi sudga prokuror, himoyachi va mahkum tomonidan protest yoki shikoyat kiritilishi mumkin. Kasallikning kechishidagi o‘zgarishlar to‘xtamay, bemor mahkumning salomatligi yomonlashishi davom etsa, bunday bemor mahkum taqdimnomani rad etish haqida sudning ajrimi chiqqan kundan qancha vaqt o‘tishidan qat’i nazar, o‘rnatilgan tartibda, qaytadan komissiya ko‘rigiga taqdim etilishi lozim. Joylardagi maxsus tibbiy komissiya qaroriga norozilik bildirilgan hollarda IIV Maxsus tibbiy komissiyasiga murojaat kiritiladi. IIV maxsus tibbiy komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga norozilik bildirish belgilangan tartibda sudga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Sud, bemor mahkumga nisbatan berilgan IIV maxsus tibbiy komissiyasining xulosasi bilan kelishmagan yoki xulosada ko‘rsatilgan holatlar ishning haqiqiy holatiga mos kelmagan yoxud shubha tug‘dirgan taqdirda, xulosaning asosliligini tekshirib ko‘rish maqsadida, ko‘rilayotgan ish bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda tegishli sud-tibbiyot, sud-psixiatrik yoki boshqa turdagi ekspertiza tayinlash huquqiga ega. Ekspertiza tayinlangan holda uning xulosasi olingunga qadar ishni ko‘rish muddati vaqtincha to‘xtatiladi. Bemor mahkum tomonidan kasallik alomatlari bo‘rttirib ko‘rsatilayotganligi yoki bemor noqonuniy yo‘l bilan komissiyaga taqdim etilayotganligi haqida ma’lumotlar bo‘lsa, muassasa ma’muriyati bu holatlar to‘g‘risida IIV maxsus tibbiy komissiyasiga (joylardagi maxsus tibbiy komissiyaga) darhol bildirishi shart. Bemor mahkumda aniqlangan kasalliklar kasalliklar ro‘yxatida qayd etilgan kasalliklar tusini olganligi IIV maxsus tibbiy komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, tibbiy xulosa tuzilgan hollarda, muassasa boshlig‘i mahkumni o‘talmay qolgan jazodan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani mazkur tibbiy xulosa bilan birgalikda uning shaxsiy yig‘majildi va boshqa zarur hujjatlarni komissiya xulosa tuzib bergan paytdan boshlab 24 soat mobaynida jinoyat ishlari bo‘yicha hududiy sudga taqdim etishi shart. Og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan mahkumdagi tashxisga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ilmiy tibbiy markazlarda va boshqa tibbiy muassasalarda zamonaviy tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish hamda bemor mahkumdagi kasallik kasalliklar ro‘yxatidagi kasallik tusini olganligini tasdiqlash uchun uni yetakchi mutaxassislarning maslahat ko‘rigidan o‘tishini ta’minlash mas’uliyati qayd etilgan markazlar, tibbiy muassasalarning boshliqlariga yuklatiladi. Bu holatda qo‘shimcha tekshirish va maslahat ko‘riklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pul to‘lash yo‘li bilan hal qilish belgilangan bo‘lsa, bemor mahkum saqlanayotgan jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i ushbu masalani o‘rnatilgan tartibda hal qilishi lozim. Og‘ir kasallikka duchor bo‘lganligi tufayli sud ajrimiga ko‘ra jazoni o‘tashdan ozod etilgan shaxs davolanishni davom ettirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar Sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan avvaldan belgilab qo‘yilgan, u ozod etilgan muassasaga yaqin joylashgan, uning kasalligi xususiyatiga mos bo‘lgan, tegishli kasalxonaga kechiktirilmasdan yotqizilishi shart. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda prokurorning vazifalari. Shaxslarni ushlab turish, qamoqqa olinganlarni va jinoiy jazolarni o‘tash joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan, shuningdek jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida prokuror o‘z vakolatlari doirasida shu shaxslarning bergan shikoyat va arizalari bilan batafsil tanishib chiqishi va tegishli choralarni ko‘rishi lozim bo‘ladi. Bu toifa shaxslardan ariza olinishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Chunki, bu shaxslar odatda o‘zlarining buzilgan huquq va erkinliklarini ariza va shikoyat bilan murojaat orqali hal etish uchun birinchi bo‘lib intilmaydilar. Shuning uchun bu toifa shaxslarning huquq va erkinliklarini tiklash masalasida prokurorlar o‘z vakolatlari doirasi ya’ni, ushlab turilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shuningdek, qamoq tariqasidagi jazoni o‘tash uchun xukm qilingan shaxslarning saqlanishining qonuniyligi ustidan nazorat viloyat va unga tenglashtirilgan prokurorlar vakolatlariga ularning katta yordamchilari va yordamchilari orqali amalga oshiriladi. Jazo tariqasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning saqlanishini bevosita maxsus(ixtisoslashtirilgan) prokurorlar amalga oshiradilar va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish (tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etish muassasalari va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan undanda yengilroq jazo choralari-masalan: axloq tuzatish ishlari, manzil koloniyalarda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tash maxsus prokuror yoki hududiy prokuror tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu toifa shaxslarni huquq va erkinliklarini poymol bo‘lmasligi uchun bevosita prokurorlarning o‘zlari vaqti vaqti bilan kamida oyida bir marta ularning saqlanish joylarida ma’muriyat vakillari ishtirokida va ishtirokisiz qabul uyushtirishlari, ular bilan bevosita suhbat qilishlari va ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo choralarini qonuniyligini ham bira to‘la tekshirib ketishlari shart hisoblanadi. Bu toifa shaxslar bevosita prokurorga ariza bilan kelmaydi. Balki, prokurorning o‘zi ariza olish uchun ularning oldiga borishi kerak bo‘ladi. Prokurorning huquqiy hujjatlari. Qonun buzilishining darajasi(xarakteri)ga qarab, jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi ixtisoslashgan maxsus prokuror tegishli prokuror nazorati hujjatini qabul qiladi. Bu hujjatlarga: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv kiradi. Jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida qabul qilingan qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan p r o t ye s t ni maxsus prokuror tomonidan ana shu hujjatni qabul qilgan organga yoki yuqori turuvchi organiga, masalan, Toshkent viloyati Tovoqsoy qishlog‘ida joylashgan UYA64/NN raqamli jazoni ijro etish muassasasi rahbariyati tomonidan qabul qilingan hujjatga nisbatan, protestni Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan jinoiy jazolarni ijro etish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokuror tomonidan shu jazoni ijro etish muassasasi rahbari nomiga kiritiladi.. Prokuror mansabdor shaxs yoki mahbus tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atish haqida q a r o r chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. Har bir chiqariladigan qaror tegishli (jinoyat ijroiya kodeksi, jazolarni ijro etish muassasalar faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qabul qilingan qonun osti hujjatlari, Ichki Ishlar Vazirligining sohaviy buyruq, ko‘rsatma, Nizomlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i, ko‘rsatmasi va Nizomlari talablariga va boshqa tegishli qonunlar talablariga mos kelishi lozim) qonunchilikda belgilangan talablarga javob berishi kerak. Agar so‘z jinoyat ishini qo‘zg‘atish borasida borsa bu yerda, Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi va jinoyat ijroiya kodeksi talablariga rioya etish kerak. Prokuror o‘z faoliyati mobaynida qonun buzilish hollari uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni aniqlasa, ushbu qonun buzilish hollarini bartaraf etish vakolatiga ega bo‘lgan organ yoki mansabdor shaxs nomiga t a q d i m n o m a kiritadi. Taqdimnoma qoida bo‘yicha qonun bilan belgilangan tartibda prokuror va uning o‘rinbosari tomonidan imzolanib, qonun buzilishini bartaraf etuvchi va ularning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘ruvchi jinoiy jazolarni ijro etuvchi organlarga va shu idoralarning mansabdor shaxslariga yohud ularning yuqori turuvchi organlariga yuboriladi. Prokuror nazorati hujjati sifatida a r i z a . Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) prokurorning lavozimi va familiyasi, nomi, sharifi hamda ariza kimning manfaatini ko‘zlab berilganligi, o‘sha shaxsning nomi (familiyasi, nomi va otasining ismi) va manzili (da’vogar); 3) javobgarning nomi va manzili; 4) da’vogarning talabi; 5) agar da’vo baholanishi lozim bo‘lsa, uning baxosi; 6) da’vo talablariga asos bo‘lgan holatlar va da’vo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar; 7) arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati. Albatta, ishning xususiyatiga qarab, arizada ko‘rsatiladigan ma’lumotlar va uning shakli farqlanishi mumkin. Ogohlantiruv muhim prokuror nazorati hujjati hisoblanadi. Prokuror fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga, huquq va erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni tushuntiradi. Mahkumlarni ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi ustidan nazorat. O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi idoralari tizimidagi ixtisoslashgan prokurorlar –ya’ni, jinoiy jazolarni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Ular xududiy viloyat prokurorlariga bo‘ysunadilar. Masalan: Toshkent viloyatida joylashgan jinoiy jazolarni ijro etish joylaridagi qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni Zangi Ota tumanida joylashgan ixtisoslashgan jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarida qonunlarga rioya etilishi uchun nazoratni amalga oshiruvchi maxsus prokuror amalga oshiradi. Uning vakolatiga Toshkent viloyatida joylashgan barcha jinoiy jazolarni ijro etish muassasalarining qonunga asosan faoliyat ko‘rsatishi, u yerda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklariga qay darajada rioya qilinayotganligi va aniqlangan qonunbuzilish holatlariga zudlik bilan prokuror ta’siri choralari qo‘llash vakolati kiradi. Ular o‘z vakolat doirasidagi muassasalarga xizmat guvohnomalarini ko‘rsatib, sutkaning xoxlagan vaqtida, xoxlagan mahkumlarining yashash kameralari va intizomiy jazoga tortish xonalari, ularning ishlash joylariga kirib borishlari va qonunlarga rioya etilishini nazorat qilishlari mumkin. Jinoiy jazolarni ijro etishda qonunlarga rioya etilishi, ustidan nazorat sohasida: Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida qonuniylik ahvoli, jazolarni ijro etish qonuniyligi masalalari yuzasidan qabul qilingan qarorlarning asosliligi prokurorlar tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilib borilsin, aniqlangan qonunbuzilishlarning oldini olish va bartaraf etish borasida o‘z vaqtida tegishli choralar ko‘rilishi zarurligi; Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida mahbus va mahkumlarni saqlab turishning qonuniyligi va belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ularga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy - jazolarning qonuniyligi, voyaga yetmaganlar va ayollarning jazo o‘tash tartibi va sharoitlarini belgilovchi qonun talablarining bajarilishi ahvoli oyida kamida bir marta tekshirib borilishi shartligi; Asossiz ravishda qamoqda saqlanayotgan shaxslar zudlik bilan ozod etilsin. Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga barham berib, aybdor mansabdor shaxslarning tegishli javobgarligi hal qilinishi lozimligi; Viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar hamda ularning o‘rinbosarlari bunday tekshirishlarda shaxsan qatnashishlari lozimligi qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga qarashli tergov hibsxonasi va jazoni ijro etish muassasalaridagi qonuniylik va jinoyatchilik ahvolidan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda reja asosida yalpi tekshirishlar o‘tkazilishi lozim; Ushbu tekshirishlarda mahbus hamda mahkumlarning huquqlari erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qonunlar ijrosini o‘rganish bilan birgalikda, ularni ish bilan ta’minlash, davlat mulkining saqlanishi, shuningdek, jinoiy-ijroiya tizimini moliyaviy ta’minlash masalalari va budjet mablag‘larining maqsadli ishlatilishi ahvoliga alohida e’tibor qaratilishi kerak; Boshqarma va joylardagi prokurorlar IIV va uning tizimlari tomonidan tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida mahkum va mahbuslarni saqlash masalalari yuzasidan chiqarilgan normativ huquqiy hujjatlarining qonuniyligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishlari lozim. Aniqlangan qonunga xilof buyruq, farmoyish va qarorlarni bekor qilish yuzasidan o‘z vaqtida protest kiritilishi ta’minlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tergov hibsxonalarida mahbus va mahkumlarni saqlanishining qonuniyliga ustidan nazorat qurolli kuchlar, milliy xavfsizlik va bojxona organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga vakolatli prokurorlar zimmasiga yuklatilgan. Respublika Harbiy prokurori va joylardagi harbiy prokurorlar mahbus va mahkumlarni qo‘riqlovchi, ularni manzilga kuzatib borish vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar qo‘shinlari qismlarida qonunchilikka rioya qilinishini doimiy tekshirsinlar, intizomiy batalonlar va gauptvaxtalarda harbiy xizmatchilarning saqlanishi qonuniyligi ustidan nazorat o‘rnatishlari kerak. Jazoni ijro etish muassasalarida har oyda bir - marta mahkumlarni shaxsiy masalalar bo‘yicha qabul qilish yo‘lga qo‘yilsin, mahbus va mahkumlarning ariza va shikoyatlari ko‘rib chiqilishining qonuniyligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishlari lozim. Prokurorlar o‘z vakolatlari doirasida har qanday ko‘rinishdagi qonunbuzilishlarni aniqlash va darhol bartaraf etish, mahbus va mahkumlarni tahqirlovchi va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishlari kerak. Hibsxonalar va muassasalar hududida sodir etilgan jinoyatlar, qasddan odam o‘ldirish, ommaviy tartibsizliklar, bo‘ysunmaslik, qurolli hujum, qamoq yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishlar, og‘ir oqibatlarga olib keluvchi, muassasada o‘rnatilgan tartibni izdan chiqaruvchi holatlar yuzasidan Bosh prokuraturaga maxsus xabarnomalar yuborilishi zarur. Bu toifadagi jinoyat ishlari tergovi ustidan nazorat Bosh prokuraturaning Sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda joylardagi prokurorlarga yuklatilgan. Bunday jinoiy ishlarini sudlarda ko‘rilishida prokurorlarning ishtiroki ta’minlanib, natijalari haqida Bosh prokuraturaga batafsil axborotlar taqdim etib borishlari talab etiladi. Muddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishning qonuniyligini ta’minlash ustidan prokuror nazorati. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73 va 74 moddasi talablari asosida mahkumlarning huquq va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni ham Maxsus prokuror tomonidan amalga oshiriladi. Jazoni ijro etish muassasasi xududiy sudlarga va prokurorga jazoni ijro etish koloniyasida jazosini o‘tayotgan shaxsga nisbatan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish yoki shartli ravishda jazodan muddatidan ilgari ozod qilish uchun taqdimnoma bilan chiqishi mumkin. Bu ishlar ham xududiy sud sudyasi yakka tartibda, muassasa vakili, ishi ko‘rilayotgan shaxs va maxsus prokurorning ishtirokida taqdim qilingan ishni ko‘rib chiqadi. Prokuror ishni o‘rganib chiqib, o‘z fikrini bildiradi. Sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi uchun o‘ziga qonun bilan berilgan vakolatlardan foydalanadi. Sud muhokamasida ishtirok etayotgan maxsus prokuratura xodimi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73 va 74 moddalari talablarini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishlari shart hisoblanadi. O‘zbekston Respublikasi Bosh prokurorining Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to‘g‘risida» gi 2004 yil 11 may 24 son buyrug‘ida “Mahkumlarni muddatdan ilgari shartli va kasalligi tufayli, shuningdek, qonunda ko‘rsatilgan boshqa holatlarda ozod qilish, yopiq turdagi muassasalardan manzil- koloniyalariga, bir rejimli muassasadan boshqa rejimli muassasaga o‘tkazishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat ta’minlansin. Mahkumlarga nisbatan asossiz ravishda insonparvarlik aktlari, amnistiya asosida ozod qilish yoki ularni qo‘llashda rad etilishi holatlarini aniqlab, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar zudlik bilan bartaraf etilishi lozim”ligi; Muassasalar ma’muriyati tomonidan mahkumlarni jazodan ozod qilishga tayyorlash, ozod etilganlarni o‘z vaqtida ishga, qariyalar va nogironlar uyiga joylashtirishning qonunda belgilangan choralari ko‘rilganligi tekshirib borilishi shart”ligi talab etilgan. Taqdimnomani ko‘rish tartibi bundan avvalgi paragrafda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “ Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2004 yil 11 may 24 – sonli buyrug‘idan ko‘chirma: “8. Mahkumlarni muddatdan ilgari shartli va kasalligi tufayli, shuningdek, qonunda ko‘rsatilgan boshqa holatlarda ozod qilish, yopiq turdagi muassasalardan manzil-koloniyalariga, bir rejimli muassasadan boshqa rejimli muassasaga o‘tkazishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat ta’minlansin. Mahkumlarga nisbatan asossiz ravishda insonparvarlik aktlari, amnistiya asosida ozod qilish yoki ularnp qo‘llashda rad etilishi holatlarini aniqlab, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlar zudlik bilan bartaraf etilsin. 9. Muassasalar ma’muriyati tomonidan mahkumlarni jazodan ozod qilishga tayyorlash, ozod etilganlarni o‘z vaqtida ishga, qariyalar va nogironlar uyiga joylashtirishning qonunda belgilangan choralari ko‘rylganligi tekshirib borilsin. Doimiy yashash joyiga qaytib kelgan shaxslarni ijtimoiy ko‘nikma markazlari tomonidan hisobga olinishi va ularga moddiy yordam ko‘rsatilishining qonuniyligi muntazam ravishda tekshirib borilsin. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar va sud tomonidan tayinlanadigan boshqa majburlov choralarini ijro etishning qonuniyligi va asosliligi ustidan nazorat qilish. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar masalan, axloq tuzatish ishlari jazosi, jarima, tuman (shahar) prokurorlari vakolatlariga tegishlidir. ATIga xukm qilingan shaxsning o‘z vaqtida sud tomonidan belgilangan % miqdoridagi summani, sud tomonidan belgilangan joyda o‘tash yoinki, IIB organlari tomonidan belgilangan joylarda o‘tashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. . Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek shartli hukm qilish hamda majburiy xarakterdagi cheklanishlar tarzidagi jazolarni ichki ishlar organlari tomonidan ijro etilishi ustidan amaliy nazorat ta’minlanishi talab etiladi. IIB organlari tomonidan belgilangan joylarda o‘tashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan ahloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlarni tegishli IIB organlari tomonidan qonun bilan belgilangan muddatda ruyhatga olinganligi, qonunlar ijrosi hududiylik tamoyiliga asosan tegishli hududiy prokuror( tuman,shahar) prokurorlariga yuklatilgan . Bu soha bo‘yicha : ahloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar hujjatlari sudning hukmi(ajrimi)dan nusxalar bilan birga IIB organlariga kelib tushgan kunidan boshlab, 15 kun ichida ahloq tuzatish ishiga jalb qilinganmi, mahkumlarni hisobi olib borilayaptimi, ularga jazoni o‘tash tartibi va sharoiti tushuntirilganmi, ahloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar jazosini o‘tash tartibiga rioya qilinayotganligi ustidan nazorat o‘rnatilganmi, ahloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar jazosini o‘tash amalga oshirilayotgan korxona ma’muriyati bilan aloqa qanday o‘rnatilgan, mehnat sharoiti yaratib berilganmi, mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilayaptimi, mahkumlarni o‘zini tutishi, yurish-turishi nazoratga olinganmi va imkon qadar ularning kasbiy salohiyatiga muvofiq ishga yuborilganmi yoinki, ishga joylashtirish organlariga ular yuborilayaptimi, ahloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinganlar jazosini o‘tash amalga oshirilayotgan korxona tomonidan mahkumlarning ish haqidan budjet hisobiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan % miqdoridagi mablag‘ o‘z vaqtida o‘tkazilayaptimi degan savollar bo‘yicha prokurorlar shug‘ullanishlari lozim. Bundan tashqari, ahloq tuzatish ishiga hukm qilingan shaxslar ustidan ma’muriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lsa, ular bu nazorat talablariga rioya qilishayaptimi prokuror o‘z nazoratiga olmog‘i kerak. ( yashab turgan joyi, shaharini IIB ning mas’ul shaxslari ruhsatisiz tark etilmasligiga rioya qilinishi) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “ Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda hamda qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2004 yil 11 may 24–sonli buyrug‘i dan ko‘chirma: “10. Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek shartli hukm qilish hamda majburiy xarakterdagi cheklanishlar tarzidagi jazolarni ichki ishlar organlari tomonidan ijro etilishi ustidan amaliy nazorat ta’minlansin. 11. O‘zekiston Respublikasi IIV HOOBB qoshidagi jazoni ijro etish inspeksiyalari faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ahvoli yuzasidan har chorakda tekshirishlar o‘tkazilsin. 12. Jazoni ijro etish amaliyoti doimiy ravishda tahlil qilinib, tayyorlangan umumlashtirishlardan foydalangan holda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida vakolatli idoralarga taqdimnomalar kiritilsin. 13. Boshqarma, viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar quyi prokurorlarning bu yo‘nalishdagi ishlarining samarasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. Viloyatlar prokuraturalarining sohaga masul xodimlari o‘zlarining xizmat vazifalarini quyi turuvchi prokurorlarga yuklagan holda, ularning faoliyatini nazorat qilmasdan va amaliy yordam ko‘rsatmasdan sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lishlari yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat deb topilsin” deyilgan. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati bo‘yicha prokurorlik nazorati. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati tarbiyaviy oldini olish ta’sir choralarining majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlarni qo‘llashdan iborat bo‘ladi Ma’muriy nazoratning asosiy maqsadi - ilgari sudlanganlar tomonidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularda ijobiy ijtimoiy yo‘lga kirib olishini shakllantirishdan iboratdir. Ma’muriy nazorat o‘rnatilishi va amalga oshirilishi nazorat ostidagi kishining boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, uning insoniy qadr- qimmatini kamsitmasligi, ish, o‘qish va istiqomat joyida obro‘sini to‘kmasligi lozim. Ma’muriy nazorat voyaga yetgan qo‘yidagi shaxslarga nisbatan o‘rnatiladi: a) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ularning jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga o‘tishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa; b) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng ichki ishlar idoralarining jamiyat uchun zararli kun kechirishni to‘xtatish to‘g‘risidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan bo‘lsalar; v) o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan. Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi cheklashlar qo‘llanilishi mumkin : a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo‘ygan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash; b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lishini taqiqlash; v) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash; g) ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha militsiyaga kelib uchrashish. Yuqorida ko‘rsatilgan cheklashlar nazorat ostida bo‘lgan shaxsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, avvalgi sudlanganligiga va uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab to‘la hajmda yoki ayrim-ayrim yo‘sinda qo‘llaniladi. Cheklashlar ro‘yxati uzil-kesil hisoblanadi, unga qo‘shimchalar qilish yoki kengaytirib sharhlash mumkin emas. Ma’muriy nazoratni amalga oshirish nazorat ostidagi kishining istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari (militsiya)ga yuklatiladi. Sudyaning qarori ma’muriy nazoratni o‘rnatish uchun asos hisoblanadi. Ma’muriy nazorat o‘rnatish zarurligi to‘g‘risidagi asosli taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi: a) og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan ko‘proq marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaxslarga nisbatan, - jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i tomonidan, mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga o‘tishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar bo‘lgan taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin; b) o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarga nisbatan, - jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin; v) jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslarga nisbatan, - ichki ishlar idorasi boshlig‘i tomonidan, shaxs jazoni ijro etish muassasasidan bo‘shatilganidan keyin jamiyat uchun zararli tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida. Ma’muriy nazoratni o‘rnatish to‘g‘risidagi masala sudya tomonidan taqdimnoma olingan paytdan boshlab 10 kundan kechikmay hal qilinadi. Ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorda nazorat belgilashga nimalar sabab bo‘lganligi, nazorat muddati, nazorat ostidagi shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan cheklashlar, agar ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatishda belgilangan bo‘lsa, uning tanlangan yashash joyiga yetib kelish muddati ko‘rsatiladi. Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga belgilangan . Nazoratni amalga oshirish muddati, Ma’muriy nazorat o‘rnatish haqidagi yuqorida nomi zikr etilgan qonun 4-moddasining "a" va "v" bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar yashash joyiga yetib kelgan paytdan boshlab, 4-moddaning "b" bandida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan esa, - sudya ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risida qaror chiqargan paytdan boshlab hisoblanadi. Ma’muriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdimnomasiga binoan har safar yana olti oyga uzaytirilishi mumkin, lekin uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun belgilangan sudlanganlik muhlatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi lozim. Nazorat ostidagi shaxs o‘ziga belgilangan vaqt ichida tuzalish yo‘liga o‘tmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki o‘ziga nisbatan qo‘llanilayotgan cheklashlarga rioya etmayotgan taqdirda ma’muriy nazorat muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi. Cheklashlar ro‘yxati nazorat ostidagi kishining shaxsi, uning turmush tarzi va xulq-atvoriga qarab, lekin ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar doirasida qisqartirilishi yoki to‘ldirilishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati jazoni o‘tash davrida ma’muriy nazorat ostiga olinishi belgilangan shaxsni jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatish oldidan u tanlagan istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralariga bo‘shatilayotgan kishining yetib borish vaqtini xabar qilgan holda sudyaning ma’muriy nazorat belgilash to‘g‘risidagi qarorini yuboradi. Sudyaning ma’muriy nazorat belgilash yoxud nazorat muddatini uzaytirish va nazoratni amalga oshirish vaqtida qo‘llaniladigan cheklashlarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori nazorat ostida bo‘lgan shaxsga ichki ishlar idorasi boshlig‘i tomonidan, jazoni ijro etish muassasalarida bo‘lgan shaxsga esa - jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i tomonidan tilxat orqali bildiriladi. Bunda nazorat ostidagi shaxsga uning burchlari, ma’muriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi, nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilish oldidan belgilangan shaxsga esa - tanlangan istiqomat joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarlik tushuntirilishi lozim. Nazorat ostidagi shaxsga, shuningdek u ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlab istiqomat joyidan o‘zboshimchalik bilan ketib qolganlik uchun javobgarlik tushuntirib berilishi kerak. Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslarning fotosurati olinadi va ichki ishlar idoralarida hisobga olib qo‘yiladilar. Zarur hollarda nazorat ostida bo‘lgan shaxslarning barmoqlari izlari bostirib olinishi shart. Ma’muriy nazorat ostida bo‘lgan har bir shaxs to‘g‘risida nazorat daftari yurgizilishi kerak. Ichki ishlar idoralari (militsiya) xodimlari ma’muriy nazoratni amalga oshirishda: a) nazorat ostiga olinganlarning xulq-atvorini ular yashayotgan va ishlayotgan joyda muntazam nazorat qilib borishlari; b) nazorat ostiga olinganlarni tanlangan istiqomat joyida propiska qilish va ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish yuzasidan zarur choralar ko‘rishlari; v) ular tomonidan jamoat tartibi buzilishi, boshqa fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishining oldini olishlari hamda yo‘l qo‘ymasliklari; g) ularga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilganligi to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibida bayonnomalar yozishlari shart. Militsiya xodimlari ma’muriy nazoratini amalga oshirishda : a) nazorat ostiga olingan shaxsning xulq-atvori to‘g‘risida ish beruvchidan, mazkur shaxs o‘qiyotgan joyning ma’muriyatidan, u yashayotgan joydagi jamoat birlashmasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan ma’lumotlar talab qilib olish; b) nazorat ostida bo‘lgan shaxsni ishga joylashtirish va unga turmush sharoiti yaratib berish to‘g‘risida tegishli davlat, jamoat va xo‘jalik tashkilotlari oldiga masala qo‘yish; v) nazorat ostiga olingan shaxsni suhbat uchun militsiyaga chaqirish, zarurat bo‘lganda bunday suhbatlarni ish beruvchining, jamoat birlashmasi va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining vakillari, nazorat ostiga olingan shaxsning qarindoshlari, shuningdek suhbat mavzuiga aloqador shaxslar ishtirokida o‘tkazish; g) nazorat ostida bo‘lgan shaxsdan ma’muriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish; d) nazorat ostida bo‘lgan shaxsning turar joyini soat 6 dan 22 ga qadar borib ko‘rish huquqiga egadirlar . Ma’muriy nazoratni amalga oshirish yuzasidan ayrim tadbirlarni o‘tkazishda ichki ishlar idoralariga yordam berish uchun ichki ishlar idoralarining shtatsiz xodimlari va jamoatchilikning boshqa vakillari jalb qilinishi mumkin. Ma’muriy nazoratdan bosh tortayotgan shaxslarni qidirish sudya qaroriga binoan militsiya tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy nazorat quyidagi hollarda to‘xtatiladi : a) ma’muriy nazorat olib borish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin, agar uni uzaytirishga asos bo‘lmasa; b) muddatidan ilgari, basharti nazorat ostida bo‘lgan shaxs tuzalish yo‘liga qat’iyan o‘tganligi, ishda va turmushda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatganligi aniqlangan bo‘lsa; v) nazorat ostida bo‘lgan shaxsning sudlanganlik muhlati tugagan yoki sudlanganligi olib tashlangan hollarda. Ma’muriy nazoratni to‘htatish haqidagi "a" va "v" bandlarida nazarda tutilgan hollarda to‘xtatish to‘g‘risida ma’muriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimi tomonidan qaror chiqarilib, bu qaror ichki ishlar tuman, shahar, shahardagi tuman bo‘limi (boshqarmasi) boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Ma’muriy nazoratni to‘htatish haqidagi "b" bandida nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risida ichki ishlar idorasi boshlig‘i tomonidan sudga asosli taqdimnoma yo‘llanadi, taqdimnoma o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim. Sudya yoki ichki ishlar idorasining ma’muriy nazoratni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori nazorat ostida bo‘lgan shaxsga e’lon qilinadi. Ma’muriy nazorat ostida turgan shaxsga doir hisobga olish hujjatlari ichki ishlar idorasida nazorat to‘xtatilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi . Ma’muriy nazorat ostida turgan shaxs halol mehnat qilib kun kechirishi, jamoat tartibini buzmasligi, boshqa fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, quyidagi qoidalarga rioya etishi shart: a) militsiyaning chaqiruviga binoan ko‘rsatilgan muddatda borish hamda ma’muriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish; b) ishlash yoki yashash joyi o‘zgarganligi to‘g‘risida, shuningdek tuman (shahar)dan tashqariga ketayotgani to‘g‘risida ma’muriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimlarini bir kecha-kunduzda xabardor qilish; v) boshqa aholi manzilgohiga borganida va u yerda bir kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt turib qolganida mahalliy ichki ishlar (militsiya) bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish; g) Ma’muriy nazorat ustidan o‘rnatilgan shaxs quyidagi qo‘llanilgan cheklashlarga rioya etishi shart:. 1) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo‘ygan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketmasligi lozim; 2) tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lishi taqiqlanadi; 3) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi; 4) ro‘yxatdan o‘tish uchun har oyda bir martadan to‘rt martagacha militsiyaga kelib uchrashishi shart hisoblanadi. Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslar belgilangan cheklashlarni buzganlari taqdirda O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlab istiqomat joyidan o‘zboshimchalik bilan ketib qolgan, shuningdek ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilayotganda belgilangan hollarda tanlangan istiqomat joyiga muayyan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan nazorat ostidagi shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Ma’muriy nazoratga oid yuqorida qayd etilgan qonunga rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi. Sudyaning ma’muriy nazorat o‘rnatish to‘g‘risidagi qarori prokurorning noroziligi bilan yoki yuqori sud idorasi tomonidan nazorat asossiz ravishda belgilangan deb e’tirof etilgan taqdirda bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. Ma’muriy nazoratni belgilash hamda amalga oshirish bilan bog‘liq shikoyat va arizalar ichki ishlar idorasi boshlig‘i, prokuror yoki yuqori sud idorasi raisi tomonidan belgilab qo‘yilgan vakolatlar doirasida ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi. Shikoyat berilganligi sudya ma’muriy nazoratni to‘xtatish to‘g‘risida qaror chiqarmaguncha uning amalga oshirilishini to‘xtatib qo‘ymaydi. Adabiyotlar: 1.Baskov V.I. Prokuror nazorati (darslik, rus tilida) M.,” Bek” nashriyoti, 1998. 2.Davletov A. Dj. Prokuror nazorati (darslik, rus tilida). Nukus. Bilim.1999. 3. Inog‘omjonova Z.F. umumiy tahriri ostida Jinoyat protsessi (umumiy qism, darslik, o‘zbek tilida) T.: 2002 y., «Yangi asr avlodi». 4.Madaliyev O.M. Prokuror nazorati. Darslik. Maxsus qism. – T.: TDYUI, 2009. – 884 b.t. 5.Madaliyev O.M. Prokuror nazorati. Darslik. Umumiy qism. – T.: TDYUI, 2009. – 26, 5 b.t. 6. O.M. Madaliyev, A.A. Ergashev. Prokuror nazorati. O’quv-uslubiy qo’llanma. TDYuI. 2010 y. 15,2. b.t. –B. 240. 7. O.M. Madaliyev. Prokuror nazorati. Darslik. Umumiy qism. Toshkent – “ILM ZIYO”. – 2012. –B. 314 8. O.M. Madaliyev. Prokuror nazorati. Darslik. Maxsus qism. Toshkent – “ILM ZIYO”. – 2012. –B. 504 9. M.H. Rustamboyev, O.M. Madaliyev. Huquqni muxofaza qiluvchi organlar faoliyatini tashkil etish. Darslik. Toshkent – “ILM ZIYO”. – 2012. –B. 638