logo

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senati qo’mita va komissiyalarini shakllantirish, qo’mita va komissiyalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari

Загружено в:

11.09.2023

Скачано:

0

Размер:

39.9443359375 KB
I. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senati qo’mita va komissiyalarini shakllantirish, qo’mita va komissiyalar faoliyatining asosiy yo’nalishlari 1.1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo’mita va komissiyalari shakllantirish tartiboti va ularning vakolatlari Qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Qonunchilik palatasining vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan rais, uning o’rinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qo’mitalar saylanadi. Qo’mita raisi, uning o’rinbosari va qo’mita aʼzolari lavozimlari deputatlarning qaysi partiya yoki guruhga mansubligini hamda saylovda saylovchilarning qancha ovoz olganligini inobatga olgan holda yaxlit (umumiy) qaror bilan belgilanadi. Qonunchilik palatasi qo’mitalarining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo’mita tarkibiga saylanmagan deputat uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Qonunchilik palatasi qo’mitalari Qonunchilik palatasi oldida masʼul va unga hisobdordir. Qonunchilik palatasi qo’mitalari:  o’z tashabbusi bilan yoki Qonunchilik palatasining topshirig’iga binoan O’zbekiston Respublikasi qonunlarining hamda o’zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Qonunchilik palatasi boshqa qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi; qonun loyihalarining dastlabki tarzda ko’rib chiqilishini va ularni Qonunchilik palatasida ko’rib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;  qonunlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qonun loyihasini Qonunchilik palatasining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda uni rad etish to’g’risida Kengashga takliflar kiritadi;  O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;  Qonunchilik palatasining topshirig’iga yoki palata Kengashining tavsiyasiga binoan muayyan qonun loyihasi yoki palata vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan masʼul bo’ladi;  kiritilgan qonun loyihalarini ko’rib chiqish bo’yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo’jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi;  qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari vakillarining ular tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan fikrlarini eshitadi;  kiritilgan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o’zgartish yoki qo’shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;  davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;  davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa qonun hujjatlari hamda qo’mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi. Qonunchilik palatasi qo’mitalari ishni o’z rejalariga, shuningdek Qonunchilik palatasi, uning Spikeri va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Qonunchilik palatasi qo’mitalarining faoliyati tartibi Qonunchilik palatasi Reglamentida belgilanadi. Qonunchilik palatasi qo’mitalarining majlislari palata majlislari oralig’ida zaruratga qarab o’tkaziladi. Qonunchilik palatasi qo’mitalarining majlislari, agar ularda qo’mita aʼzolarining kamida yarmi hozir bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. 2 Qonunchilik palatasi qo’mitalarining majlislari ochiq o’tkaziladi. Zarurat bo’lganida Qonunchilik palatasi qo’mitalari yo piq majlis o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Qo’mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. 1 Qonunchilik palatasi qo’mitalari ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo’mita jami aʼzolarining ko’pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qonunchilik palatasi qo’mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko’rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko’rilgan choralar to’g’risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, uzog’i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Qonunchilik palatasi muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiyalar Qonunchilik palatasi majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko’zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiyalar o’z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yoki Qonunchilik palatasining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi. Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Qonunchili k palatasi Reglamentida belgilanadi. 1 Azizxoʻjayev A.A. Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir.-Toshkent: Sharq, 1996.-226 b. 3 1.2. Oliy Majlis Senatining qo’mita va komissiyalarini shakllantirish tartibi va vakolatlari Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tay yo rlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Senat shakllanganidan keyin uning vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan rais, uning o’rinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qo’mitalar saylanadi. Senat qo’mitalarining barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar. Qo’mita tarkibiga saylanmagan senator uning ishida maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etishga haqli. Senat qo’mitalari Senat oldida masʼul va unga hisobdordir. Senat qo’mitalarining vakolatlari Senat qo’mitalari: Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun topshirilgan qonunlar yuzasidan xulosalar beradi 2 ; o’zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan o’z tashabbusi bilan va Senatning topshirig’iga binoan Senat hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;qonunni majlis kun tartibiga kiritish yoki uning ustida ishlashni davom ettirish yoxud asoslantirilgan holda uni rad etish to’g’risida Kengashga takliflar kiritadi; O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar beradi;davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi; Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni ko’rib chiqish bo’yicha ishchi guruhlari tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, xo’jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlarini jalb etadi; kiritilgan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek Senat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar matniga o’zgartish yoki qo’shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining 2 Azizxoʻjayev A.A. Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir.-Toshkent: Sharq, 1996.-226 b. 4 O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Senat hujjatlari hamda qo’mitalarning qarorlari ular tomonidan qanday bajarilayotgani haqidagi axborotlarini eshitadi. Senat qo’mitalarining ishini tashkil etish Senat qo’mitalari ishni o’z rejalariga, shuningdek Senat, uning Raisi va Kengashi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi. Senat qo’mitalarining faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. Senat qo’mitalarining majlislari Senat majlislari oralig’ida zaruratga qarab o’tkaziladi. Senat qo’mitalarining majlislari, agar ularda qo’mita aʼzolarining kamida yarmi hozir bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. Senat qo’mitalarining majlislari ochiq o’tkaziladi. Zarurat bo’lganida Senat qo’mitalari yopiq majlis o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilishi mumkin. Qo’mitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin. 3 Senat qo’mitalari ko’rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qo’mita jami aʼzolarining ko’pchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Senat qo’mitalarining davlat organlariga yuborilayotgan qarorlari ular tomonidan ko’rib chiqilishi shart, natijalari yoki ko’rilgan choralar to’g’risida, agar qarorda boshqacha qoida belgilangan bo’lmasa, uzog’i bilan bir oydan kechiktirmay xabar qilinishi kerak. Senat muayyan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar tuzishi mumkin. Komissiyalar Senat majlisida senatorlar orasidan tuziladi. Ayni paytda komissiyani tuzishdan ko’zlangan maqsad va uning vakolatlari belgilanadi. Komissiyalar o’z faoliyatini zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilganidan keyin yo ki Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatadi. Komissiyalarni tashkil etish va ularning faoliyati tartibi Senat Reglamentida belgilanadi. II BOB. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 2.1. Qonunchilik palatasi hamda uning konstitutsiyaviy asoslari 3 Xorijiy mamlakat konstitutsiyaviy (davlat) huquqi: Oʻquv qoʻllanma //Maʼsul muharrir: dotsent D.Q.Ahmedov.- Toshkent: TDYUI, 2006.-550 b. 5 91-modda. O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil. 92-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo’lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat 4 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — to’rt kishidan saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to’qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan hamda alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo’lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo’yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi. Ayni bir shaxs bir paytning o’zida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo’lishi mumkin emas. 4 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 6 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o’zida Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas. 93-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; 2) O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; 3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish; 4) O’zbekiston Respublikasining referendumini o’tkazish to’g’risida va uni o’tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish; 5) O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 6) O’zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash 5 ; 7) O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash; 8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; 9) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish; 10) O’zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash; 11) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish; 5 Mirziyoyev, Sh. M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. -592 b. 7 12) O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, chegaralarini o’zgartirish; 13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o’zgartirish; 14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish; 15) O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish; 16) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakilini va uning o’rinbosarini saylash; 17) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug’ilganda urush holati e’lon qilish to’g’risidagi farmonini tasdiqlash; 18) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash 6 ; 19) O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish; 20) parlament tekshiruvini o’tkazish; 21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so’ngra Senatida ko’rib chiqiladi. 94-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 6 Mualliflar jamoasi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharhlar. – T.: O‘zbekiston, 2008. 8 2) O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko’rib chiqish; 3) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko’rib chiqish va ma’qullash; 4) O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o’z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish; 5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko’rib chiqish va ma’qullash; 6) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo’yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish; 7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so’rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish; 8) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash; 9) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish 7 ; 10) o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish; 12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o’zini o’zi tarqatib yuborish to’g’risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin 8 . 7 Islomov Z. M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. – T.: 2000, 100– 101-betlar. 8 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 9 10 2.2. Senat hamda uning konstitutsiyaviy asoslari 95-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat: 1) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash; 2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko’rib chiqish hamda ma’qullash; 3) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar o’tkazish; 4) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish; 5) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish; 6) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash; 7) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish; 8) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; 11 9) O’zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o’z faoliyati masalalari bo’yicha hisobotlarini eshitish; 10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so’rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish; 11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o’z faoliyatini amalga oshirishda ko’maklashish; 12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq bo’lmagan taqdirda, bekor qilish; 13) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mitalarning raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash; 14) O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; 15) o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; 16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish; 17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno; 18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish 9 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o’zini o’zi tarqatib yuborish to’g’risida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin. 96-modda. 9 Davlat va huquq nazariyasi: Darslik / X.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteyev va boshq.; prof. X.T.Odilqoriyev tahriri ostida. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020. –B.44. 12 Vakolat muddati tugagach, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar o’z faoliyatini davom ettirib turadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o’tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining yarmidan ko’pi ishtirok etayotgan bo’lsa, vakolatli hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a’zolari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokuror, Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis o’tkazadilar. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlislari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va 13 tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so’zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so’zlaganda o’tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo’shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o’tkazilishi mumkin. 97-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o’z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a’zolari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 98-modda. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham o’z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo’yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir 10 . Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo’lgan, yuz ming nafardan kam bo’lmagan fuqarolari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman), O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli. Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko’rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi. 10 Islomov Z. M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. – T.: 2000, 100– 101-betlar. 14 99-modda. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. Qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmish kun ichida ko’rib chiqiladi va ma’qullangan taqdirda, imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga o’n kundan kechiktirmay yuboriladi. Agar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni ma’qullash yoki rad etish to’g’risida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi va e’lon qiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko’rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko’rib chiqilishi kerak. 15 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o’z e’tirozlari bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko’pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o’n to’rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo’llanilishining majburiy shartidir. 100-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o’z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o’rinbosarlarini saylaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi 11 . Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko’prog’ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri: 1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 3) Qonunchilik palatasi qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 11 Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. 20-bet. 16 4) O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 6) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko’radi; 7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi; 8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi. 101-modda 12 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o’z tarkibidan Senat Raisi va uning o’rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o’rinbosarlaridan biri Qoraqalpog’iston Respublikasining vakili bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o’rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o’rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko’prog’ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin. 12 Mirziyoyev, Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar G‘. – Toshkent : O‘zbekiston, 2017. – 104 b. 17 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi: 1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi; 2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi; 3) Senat qo’mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; 4) O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi; 5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog’liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi; 6) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko’radi; 7) Senat qarorlarini imzolaydi; 8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi 13 . O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi. 102-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o’z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo’mitalarni saylaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish va tayyorlash, O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning 13 Mirziyoyev, Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz... – Toshkent: : “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 18 ijrosini nazorat qilish uchun o’z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo’mitalarni saylaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo’lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi 14 . 103-modda. Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma qarori bilan parlament tekshiruvi o’tkazilishi mumkin. Parlament tekshiruvini o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u o’z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi. 104-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati a’zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog’liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi. Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a’zolari o’z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to’lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas 15 . 14 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2018. 36-b. 15 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. — T.: O‘zbekiston, 2023. 19 Xulosa Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bosib o’tilgan yo’limiz va mamlakatimiz hayotida yuz bergan chuqur o’zgarishlar isbotlashga olinadigan bo’lsa, barcha islohot va yangilanishlar zamirida mukammal o’ylab chiqilgan qonun-qoidalar, Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilgan qoidalar yotadi. Zero, Yangilangan QOmusimizning 103-moddasida belgilab qo’yilganidek, “Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy taʼsir ko’rsatishi mumkin bo’lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni o’rganish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma qarori bilan parlament tekshiruvi o’tkazilishi mumkin. Parlament tekshiruvini o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u o’z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.” Qonun yuzasidan tayyorlangan va masʼul qo’mita raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik bo’lim mudiri, Matbuot va tarjima bo’limi mudirining vizasi qo’yilgan Senat qarorining loyihasi Senat Raisining o’rinbosariga topshiriladi. Agar qonun O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilish haqida bo’lsa, qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasiga Xalqaro aloqalar bo’limi mudiri viza qo’yadi. Senat Raisining o’rinbosari tomonidan viza qo’yilgan Senat qarorining loyihasi masʼul qo’mitaga qaytariladi. Qonun yuzasidan belgilangan tartibda viza qo’yilgan Senat qarorining loyihasi va masʼul qo’mita xulosasining loyihasi qo’mita raisi tomonidan Senat Devonining Rahbariga topshiriladi. Senatning har bir aʼzosiga taqdim etiladigan hujjatlar to’plamiga qonun bo’yicha Senat qarorining loyihasi, masʼul qo’mita xulosasi, qonun matni va Qonunchilik palatasidan qonun bilan birga kelib tushgan boshqa hujjatlar kiradi. 20 Qonun yuzasidan Senat qarori loyihasining, masʼul qo’mita xulosasining, qonun matnining nusxalari va Qonunchilik palatasidan qonun bilan birga kelib tushgan boshqa hujjatlar Umumiy bo’lim xodimlari tomonidan ko’paytiriladi hamda Nazorat- axborot bo’limiga beriladi. Masʼul qo’mita tomonidan qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi bilan bir vaqtda ushbu qarorni tarqatish varag’i tayyorlanib, u masʼul qo’mitaning raisi tomonidan imzolanadi hamda Senat Devonining Rahbari bilan kelishiladi. 21 Foydalanilgan adabiyotlar: Prezident asarlari: 1. Mirziyoyev, Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz... – Toshkent: O’zbekiston”, 2017. – 488 b. 2. Mirziyoyev, Sh. M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent O’zbekiston, 2017. -592 b. 3. Mirziyoyev, Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. 2017 yil 14 yanvar G Toshkent: O’zbekiston, 2017. – 104 b. 4. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: “O’zbekiston”, 1996. 20-bet. 22