logo

Voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyot va ziddiyat dialektikasi qarama qarshilik birligi va kypashu ayniyat, qarama qarshilik, zidiyatlari turlari

Загружено в:

24.10.2023

Скачано:

0

Размер:

31.09765625 KB
Voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyot va ziddiyat dialektikasi qarama qarshilik birligi va kypashu ayniyat, qarama qarshilik, zidiyatlari turlari Reja: 1. Falsafa tarixida borliq muammosi. 2.Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi . 3. Falsafa tarixida makon va vaqt talqini . 1. Borliq falsafa predmeti sifatida. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, vaqt, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. O’quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o’rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudli k muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib (ontos – borliq, logos – so’z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo’ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O’z navbatida ontologiya har qanday falsafiy dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o’z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko’p jihatdan belgilaydi. «Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. CHunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi. Borliq va yo’qlik dialektikasi. «Borliq bor, yo’qlik esa – yo’q», deganida, Parmenid ayni shu holga e’tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to’g’ri, noto’g’ri, quvnoq, sho’r, oq, qora, katta, kichkina kabi va shunga o’xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo’llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar tizimsiga joylashtirib bo’lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday voqelik ega bo’ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin. Bu fikr esa amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo’lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo’qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo’lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo’qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narsalar) o’zligini yo’qotgan holda «yo’qlik» atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo’qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to’g’ri deb bo’lmaydi. Borliq va yo’qlik o’rtasida dialektik o’zaro aloqa mavjud. Dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko’ra, biz yashayotgan Olam bo’shliqdan bino bo’lgan. Bo’shliq materiyaning alohida holati. Bo’shliq fizik borliqning eng boy tipi, o’ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo’ladi, zero unda mumkin bo’lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo’q 1 . YAna shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshidan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. SHu ma’noda borliq va yo’qlikning o’zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. Amalda mavjud bo’lgan narsaning ob’ektiv borlig’i yo’qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo’lsa, bu narsa ongda mavjud bo’ladi va o’zining «ikkinchi» borlig’ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obrazi bo’lib qoladi. 1 Қ аранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб .: 1997. – С. 93. Falsafa tarixida borliq muammosi. Borliq muammosini falsafiy anglab etishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari) va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma’naviy substansiya, o’lmas jon haqidagi g’oyalar, shuningdek dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o’z aksini topgan. So’nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug’lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga etishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo’qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks ettirganlar. Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo’ljal olgani bois, unda inson borlig’iga, shuningdek ijtimoiy borliqqa ko’proq e’tibor berilgan. Ayni vqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e’tibordan chetda qolmagan. Bu qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, er, daraxt, temir, olov) haqidagi ta’limotda o’z aksini topgan. Keyinroq «O’zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi. Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o’zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolyusiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo’lib xizmat qildi. Ilk yunon faylasuflari o’z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o’zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. SHarq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o’zidan izlaganlar, uni dam suv (Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr taxminan mil. av. 611-545 yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g’oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o’tlaridan paydo bo’lgan. So’ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. SHunga o’xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo bo’lganmiz», deb hisoblaydi. O’sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580-500 yillar) «hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g’oyani birinchi bo’lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g’oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo’llab- quvvatladi va unga yozma ta’rif beradi. Parmenid faylasuflar orasida birinchi bo’lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o’zgarmasligi haqidagi g’oyani ilgari suradi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo’lmagan va u yo’q ham bo’lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo’q va bo’lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o’z chegaralariga ega bo’lib, «ulkan mutlaqo yumaloq SHarga» o’xshaydi. Parmenidning yagona, ajralmas, o’zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili bo’lgan (samoslik) Melis «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo’qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, hamonki yo’qlik mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo’lishi mumkin emas. SHunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo’lgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o’sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o’rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484-421 yillar) «borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo’lsa ham, «barcha narsalarning to’rt negizi» (olov, havo, suv va er) haqida so’z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko’rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o’tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «bo’shliq» - yo’qlikka zid o’laroq, «to’la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan. SHu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo’ladi. U butun dunyo muttasil harakat va o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» de b qayd etgan Geraklit (mil. av. 544-483 yillar) ta’limotida ayniqsa bo’rtib ko’rinadi. Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347 yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo’lib ko’rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» bo’lishi «ob’ektiv mavjud g’oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo’ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud bo’lgan tushunchalar borlig’ini ham ko’rsatib o’tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo’lgan barcha narsalarni kiritdi. Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi “Avesto”da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg’unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi. Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko’p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo’ladi. Xususan, o’rta asrlar Evropa falsafasida «haqiqiy borliq - «Xudoning borlig’i» va «haqiqiy bo’lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. SHarqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o’zaro nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o’zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi mumkin” esa doimo o’zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo’lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik siyosati” asarida borliqni olti darajaga bo’ladi: 1. Birinchi holatdagi sabab. 2. Ikkinchi holatdagi sabab. 3. Uchinchi holatdagi aqli faol. 4. To’rtinchi holatdagi instinkt. 5. Beshinchi holatdagi shakl. 6. Oltinchi holatdagi materiya. Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni ta’riflaydi. Unga ko’ra, aynan “aqli faol”ga ko’ra, insonning tabiiy, ma’naviy va ruhiy hayoti shakllanadi. Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya’ni Allohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo’rin. CHunki birinchi sabab uning natijasi bo’lgan xilma xil jarayonlarning mohiyatiga bog’liq bo’la olmaydi. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o’ziga bog’liq. Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo’lishi. Tirik tabiat borlig’i hayot bilan bevosita aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo’lish – yashash, bo’lmaslik – hayotdan mahrum bo’lish, o’lish, ya’ni jonli organizm sifatida boshqa mavjud bo’lmaslik demakdir. Erda hayotning paydo bo’lishi muammosi doimo insonning diqqat markazida bo’lgan va odamzot uchun ulkan jumboqlardan biri bo’lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga etish uchun barcha zamonlarda o’z aqli va tasavvuri kuchidan to’la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o’z rivojlanishida ancha olg’a siljigan bugungi kunda ham bu muammo o’zining to’la echimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda jonsiz moddadan evolyusiya yo’l bilan paydo bo’lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o’z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog’lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda. Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo’lgan. Tegishli e’tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to’liq ma’lumot berilgan). Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o’rta asr sxolastikasida va Leybnits (1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. entelechia – o’z-o’zida maqsadga ega bo’lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, irratsional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy ta’limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi . Hayot paydo bo’lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» Erga kosmosdan kelgani, go’yoki Erda tajriba o’tkazayotgan o’zga sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko’p har xil g’oyalar ilgari surilgan. SHu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bormi, degan savol mutlaqo o’rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar Koinotda son-sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi mumkinligi haqidagi fikrning o’ziyoq Erdan boshqa joyda ham hayot mavjudligini taxmin qilish uchun asos bo’ladi. SHuningdek, Koinot miqyosida juda kichkina va hozirgi inson o’rganishi uchun imkoniyat mavjud bo’lgan Quyosh tizimsi xususida ham hayotning biron- bir shakllari mavjudligi yoki mavjud emasligini qayd etish uchun etarli axborot hozircha yo’q. Mazkur vazifa faqat mushohada yuritish yo’li bilan hal qilinishi mumkin emas va eksperimental tadqiqotlar o’tkazishni talab qiladi. Inson ilmiy- texnika imkoniyatlarining o’sish sur’atlariga qaraganda, Quyosh tizimsida Erdan boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi yaqin kelajakda o’z echimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u inson bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib qoladi. SHuningdek, hayot u Erda va faqat shunday usulda mavjud bo’lishi mumkin, deb aytish uchun biron-bir asos mavjud emas. Agar biz cheksizlik hamda hal qilinayotgan vazifaning o’ta murakkabligi qarshisida hafsalasizlik va harakatsizlikdan yuqorida zikr etilgan tamoyilni, mistika va ko’r-ko’rona ishonchdan aql dalillari va bilishning ilmiy yo’lini ustun qo’ysak, hayot hodisasini falsafiy anglab etish yo’lidagi birinchi ishimiz , jonli deb nomlash mumkin bo’lgan barcha narsalarning jonsiz narsalardan tubdan farqini aniqlash bo’lishi lozim. Jonli narsalarning jonsiz narsalarga bog’liqligi . Bugungi kunda biz tushunishga qodir bo’lgan barcha jonli narsalar umumiy holda jonsiz narsalar dunyosi bilan taqqoslaganda dengizdan bir tomchidir. Ammo, jonli narsalar borlig’i to’g’risida so’z yuritganda, u jonsiz narsalar borlig’i bilan uzviy bog’liq ekanligini, uning yuqoriroq bosqichi hisoblanishini qayd etib o’tish lozim. Jonli narsalar jonsiz (qotib qolgan) tabiat negizida vujudga keladi va yo’qlikka chekinar ekan, ayni shu qotib qolgan tabiat bag’riga qaytadi. Q adimgi yunon faylasuflari butun tiriklik er , suvdan paydo bo’lgan va ularga qaytib boradi, deganida, ayni shu aloqa ni nazarda tutganlar. Fan, ayniqsa biologiyaning rivojlanishi bilan XIX asr boshlaridan organik dunyo evolyusiyasi haqidagi yaxlit ta’limotlar vujudga keldi. Dastlab J.Lamark (1744-1829), va CH.Darvin (1809- 182) ta’limoti, keyinchalik esa genetika kashfiyotlari, biologiya, kimyo va geologiyaning rivojlanishi jonli narsalar jonsiz narsalardan abiotik (nobiogen, tabiiy) yo’l bilan vujudga kelgan aminokislotalar atrof muhitning muayyan sharoitida birikishi jarayonida tabiiy yo’l bilan yuzaga kelgan, deb qayd etish uchun zamin hozirladi. Masalan, CH.Darvin hayotning vujudga kelishi va uning tabiiy tanlanish natijasida tadrijiy rivojlanishi zamirida yotuvchi o’sish, nasl qoldirish, irsiyat, o’zgaruvchanlik, ko’payish progressiyasi, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish kabi qonunlarni qayd etdi. Jonli narsalarning o’ziga xos xususiyatlari. Hozirgi ilmiy tasavvurlar har qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o’z- o’zini tashkil etuvchi, ya’ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuvini amalga oshiruvchi tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi. Jonli narsalarning yana bir o’ziga xos belgisi shundaki, ular ko’payish qobiliyatiga ega. Barcha jonsiz narsalardan farqli o’laroq, faqat jonli organizmlargina o’ziga o’xshash organizmlarni yaratishi, sirtdan o’sish va hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib , o’z faoliyati chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o’sishi, rivojlanishi mumkin. Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig’i funksionaldir, u jarayon sifatida yuz beradi, ya’ni muayyan jonli narsa mavjud bo’ladi yoki, u faoliyat ko’rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo’ladi. Bundan tashqari, jonli organizmlar mavjudligi uchun tegishli va mutlaqo muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot faoliyati faqat muayyan sharoitda: joiz harorat , havo, namlik, oziq va shu kabilar mavjud bo’lgan holda yuz berishi mumkin. Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo’lsa-da, jonli va jonsiz narsalar o’rtasida uzil-kesil chegara o’tkazish oson ish emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan tashqarida moddalar almashinuvini amalga oshirmaydi, ko’paymaydi va h.k. Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlar ning esa – jonsiz narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo’ladi. CHuqurlikda muzlatilgan taqdirda quritilgan urug’lar yoki o’ta sodda organizmlarda ham yashash jarayonlari nomuayyan vaqt ga to’xtaydi, ammo ular avvalgi (normal) sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar tiklanadi. Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o’zining mavjudligi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo’lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo’llanilad i. Ilk falsafiy yo’nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o’sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g’ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o’zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog’liq bo’lmagan holda mavjud o’ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o’zgaruvchanligi substansiya bilan bog’lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g’oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qil gan . Monizm (yunon. monos – bitta, yagona) dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim. Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi , deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada olam ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o’ta rivojlangan ko’rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz. Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo’q bo’lmasligi va birinchi asosiga ega bo’lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o’lmas g’oyalar, zardo’shtiylikda olov, o’rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o’z-o’zidan rivojlanadigan «mutlaq g’oya») va sub’ektiv- idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin. Dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) bi rinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv . Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g’oyalar va aql-idrokning alohida o’rnini aniqlashga harakat qilgan. Plyuralizm (lot. – ko’plik, ko’p xillik, ko’p sonlik) dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko’proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir . atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu Ayni shu ta’limotda borliqning ko’p sonli mustaqil va o’zaro bog’lanmaydigan asoslari borligi haqidagi g’oya ham ilgari surilgan. Leybnitsning monadalar haqidagi ta’limoti (monadologiya) plyuralizmning klassik ko’rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko’ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko’rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to’rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. Ba’zan plyuralizmga mustaqil ta’limot sifatida emas, balki dualizmning o’zgargan ko’rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o’z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda echimini topmagan ruh va tabiat o’rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar. 2. Falsafada materiya tushunchasining vujudga kelishi . « Materiya» atamasi lotincha materia so’zidan kelib chiqqan bo’lib, modda degan ma’noni anglatadi . SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, tabiatshunoslik va falsafaning rivojlanishiga muvofiq bir necha marta o’zgargan. Q adimgi yunon falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasi ni asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo’lib, har qanday geometrik shakl ko’rinishini kasb etishi mumkin bo’lgan makon bilan tenglashtiriladi. Materiya haqidagi tasavvur shakllanishining quyidagi bosqichlari farqlanadi. I - bos qich Antik davrda m ateriya birlamchi material (suv, olov, atom va sh.k.) sifatida talqin qilinadi va «dastlabki stixiyali materializm» deb ataladi. Ushbu materializm o’z rivojlanishining birinchi bosqichida tabiat hodisalarining cheksiz rang-barangligiga asoslangan birlikni tabiiy hol deb hisoblaydi va uning sabablarini muayyan moddiy, o’ziga xos narsadan izlaydi. Darhaqiqat antik qarashlarga ko’ra materiya – jismlar va narsalarning o’zagini belgilovchi birlamchi materialdir. Masalan, qadimgi yunon faylasufi Fales suv o’simliklar, hayvonlar va odamlar uchun zarurligini qayd etib, uni barcha narsalar asosi deb e’lon qilgan. Geraklit quyosh, yulduzlar va boshqa jismlarni yaratuvchi olovni hamma narsaning asosi deb hisoblagan. Materiyaning birinchi konsepsiyasini miloddan avvalgi V asrda qadimgi atomistlar (Demokrit va boshqalar) taklif qilgan. II - bosqich XVI-XVII asrlar metafizik materializmida . materiya muayyan o’zgarmas xossalar yig’indisi sifatida tahlil qilingan. O’sha davrda materiya tushunchasi fizikada qabul qilingan muayyan o’zgarmas xossalar yig’indisi sifatidagi «modda» tushunchasi bilan ayniylashtirilgan. Masalan, ingliz materialistlari F.Bekon va T.Gobbs bunday xossalar qatoriga ko’lamlilik, shakl, og’irlik va hokazolarni kiritgan. Ba’zan materiya tushunchasi bitta muayyan «birlamchi» xossa, masalan ko’lamlilik yoki massa bilan ayniylashtirilgan (R.Dekart, I.Nyuton ). III - bosqich XVIII-XIX asrlarda . materiya inson sezgi a’zolari orqali idrok etishga qodir bo’lgan ob’ektiv borliq sifatida talqin qilingan. Bu davrda «materiya» tushunchasi tabiiy fanlarning rivojlanish jarayonida olimlar tamonidan aniqlagan belgilar bilan boyib bordi. Masalan, mexanikada makrojismlarning alohida xossasi – massa aniqlandi va u materiyaning eng muhim belgisiga aylandi, materiya massa bilan bir xil, deb hisoblana boshlandi. IV - bosqich Hozirgi zamon falsafasida materiya. ob’ektiv borliqni ifodalash uchun mo’ljallangan falsafiy kategoriya bo’lib, uni inson o’z sezgi a’zolari orqali idrok etadi, uni tushunishi mumkin va tushunishga harakat qiladi, lekin bunda u inson sezgilaridan qat’iy nazar mavjud. Bu davrda materiyani tushunishda tabiiy ilmiy jihat emas, balki falsafiy jihat birinchi o’ringa qo’yildi. Bunda materiyaga narsalar va hodisalar rang- barangligining ichki yagonaligi zamirida yotuvchi mohiyat – substansiya sifatida e’tirof qilinadi. Bu esa materiyaga ob’ektiv borliq sifatida yondoshuv ifodasidir. XIX va XX asrlar chegarasida falsafa va tabiatshunoslik sohasidagi vaziyatni tahlil qilgan faylasuflar (ularni faqat sobiq marksizm vakillaridan iborat, deb tushunmaslik lozim), xususan, «materiya» tushunchasidan voz kechish yo’lidan emas, balki unga tabiatshunoslikdagi ixtirolarni umumlashtirish orqali chiqarilgan yangi xulosalarni kiritish yo’lidan borishni taklif qildilar. «Materiya» falsafiy kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang- barangligini qamrab olish va uni ong bilan bog’lash mumkin emasligiga urg’u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo’nalishlaridan biri – lingvistik falsafada duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta’rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi. Materiyaning tarkibiyligi g’oyasining ildizlari antik falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukretsiy Karning atomistik ta’limotiga borib taqalsada, bu g’oya tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi konsepsiyasida mujassamlashgan. Keyinchalik materiya haqidagi tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko’lam bilan bog’langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar, korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan. Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o’zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, jumladan, fizik yoki kimyoviy tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab etishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. Boshqa hozirgi falsafiy yo’nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo’llaniladi va muhim metodologik rol o’ynaydi, xususan, uning substansiyalilik, cheksizlik, yo’q bo’lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi. Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga bo’linadi. Zero, barcha moddiy ob’ektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega. Materiyaning tashkil topish darajalari . Materiyaning cheksizligini hozirgi zamon tabiatshunosligi ham tasdiqlaydi. M ateriyaning notirik, tirik va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan mos keladi . Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o’zining ilmiy tasdig’ini topgan. Jonsiz tabiatning tuzilishi va rang- barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va teranlashib bormoqda. XX asrda bu borada ayniqsa katta yutuqlarga erishildi. Asr boshida modda diskret zarralardan iborat qandaydir uzluksiz narsa sifatida, maydon esa uzluksiz moddiy muhit sifatida tushunilar edi. Endilikda, kvant fizikasi, nisbiylik nazariyasi va boshqa tabiiy-ilmiy g’oyalarning rivojlanishi bilan modda va maydon o’rtasidagi farq nisbiy tus oldi, kashf etilayotgan elementar zarralar esa o’zining rang-barangligi bilan kishini hayratga solmoqda. Bu sohada echilmagan muammolar hali bisyor bo’lsa-da, fan materiya tashkil topishining «subelementar» darajasini o’rganib, elementar zarralarning yagona tabiatini tushunishda sezilarli darajada yutuqqa erishdi . Bu erda so’nggi yillarda plazma, materiyaning alohida holati sifatidagi fizik bo’shliq hodisalari va materiyaning cheksizligi haqidagi g’oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o’rganilmoqda. Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi: - mikrodunyo – atomlar va elementar zarralar dunyosi. ( bunda ... dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydi ) - megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar); - makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi); Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul , u ni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Xususan, m ateriyaning subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik darajalar i ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o’rganish bilan shug’ullanadi. Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010ga teng vaqt (Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni o’rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g’oyasi metodologiya mutaxassislari tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi g’oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi. Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi. Bu erda «qism butundan kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq, ikkinchisi murakkabroq, degan ma’noni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning o’ziga xos teran o’zgarishlarini ifodalaydi. SHu bois , bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas. YUqorida aytilganlarga ishonch hosil qilish uchun misol keltiramiz. Butun sonlar qatori 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, ... n ni olamiz, bu to’plamdan kichik to’plam – juft sonlar qatori 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, ...n ni ajratamiz. Dastlab juft sonlar qatori butunning, ya’ni butun sonlar qatorining bir qismigina bo’lib tuyuladi. Ammo ularni taqqoslasak, juft sonlar qatori butun sonlar qatori kabi cheksiz ekanligini ko’ramiz. Binobarin, bu erda qism butun bilan teng. Bundan tashqari, mikrodunyoda o’tkaziluvchi barcha eksperimentlar g’ayrioddiy natijaga olib keladi. Mikrodunyo azaldan jumboqlarga to’la, deb aytish mumkin. Ikki elementar zarra to’qnashuvidan keyin hech qanday kichikroq elementar zarralar hosil bo’lmaydi. To’qnashgan zarralar bilan bir xil, ya’ni elementar zarralar, masalan, ikki proton to’qnashuvidan keyin boshqa ko’plab elementar zarralar, shu jumladan, protonlar, mezonlar, giperonlar vujudga keladi. Zarralarning «ko’plab tug’ilishi» hodisasini Geyzenberg quyidagicha tushuntirgan. Elementar zarralar to’qnashganida ko’p miqdordagi kinetik energiya moddaga, paydo bo’luvchi zarralarga aylanadi va biz zarralarning ko’plab tug’ilishi jarayonini kuzatamiz. YArim asr muqaddam elementar zarralarning atigi uch turi - moddaning eng kichik elementlari – elektron va proton hamda energiyaning eng oz miqdori hisoblangan foton ma’lum bo’lsa, hozir 200 dan ortiq elementar zarralar kashf etilgan. Oddiy ob’ektlar tarkibini aniqlash uchun, «qandaydir kichikroq elementlardan tashkil topadi» formulasi mos kelsa, bu mikrodunyoni tavsiflashga mos kelmaydi. Mikrodunyoning boshqa bir g’ayri tabiiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama tabiati, ya’ni u ham korpuskula, ham to’lqindan iborat ekanligi bilan bog’liq. SHu sababli bunday zarra makon va vaqt da aniq o’rin olishi mumkin emas. Bu xususiyat Geyzenbergning nomuayyanliklarning o’zaro nisbati tamoyilida o’z aksini topgan. Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o’rinni egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma narsalarning o’lchovidir», degan edi. Dunyoni o’zlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza sifatida qabul qiluvchi falsafiy ta’limot – «Antropologizm» zamirida ana shu tezis yotadi. M ateriya kategoriyasi ning funksiyalari qo’yidagilar :  ongga, ma’naviy kuchlarga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv borliqning mavjudligi haqidagi fikrni ifodalaydi;  barcha narsalarda mavjud bo’lgan umumiy xossalarni tavsiflaydi;  barcha narsalarni bilishga eltuvchi yo’lni, ularni bilishda amal qilish lozim bo’lgan umumiy dastur yoki strategiyani umumiy ko’rinishda belgilaydi. Bu funksiyalarni materiya kategoriyasi falsafaning keyingi rivojlanishi jarayonida saqlab qoldi. Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi darajalari odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, ya’ni bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan holda o’zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha olisdagi darajalarda materiyaning mavjud shakllari va holatlaridan butunlay farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan tavsiflanuvchi «g’ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo’lishi mumkin, degan taxminni istisno etmaydi. SHu munosabat bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay boshladi.