logo

Quduqni burg’ilashdan olingan materiallarni geologik jihatdan ishlash metodlari

Yuklangan vaqt:

12.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1555.6240234375 KB
 MAVZU: QUDUQNI BURG’ILASHDAN OLINGAN MATERIALLARNI GEOLOGIK JIHATDAN ISHLASH METODLARI REJA: • QUDUQLAR KESIMINI TAQQOSLASH (KORRELYATSIYA QILISH) • GEOLOGIK KESMA TUZISH • STRUKTURA XARITALARINI TUZISH Q UDUQLAR KESIMINI TAQQOSLASH (KORRELYATSIYA QILISH) •   • YER BAG’RI KESMALARINI REGION MIQYOSIDA HOLATINI O’RGANISH VA ULARNING BIR-BIRIGA O’XSHASHLIK VA FARQLI KO’RINISHLARINI ANIQLASH MAQSADIDA KORRELYATSIYA O’TKAZILADI. BUNDAY SOLISHTIRISH FAUNA VA FLORA QOLDIQLARIGA QARAB (BIOSTRATIGRAFIYA), QATLAMNING YOSHIGA QARAB (XRONOSTRATI-GRAFIYA) VA ULARNING LITOLOGIYASIGA QARAB (LITOSTRATIGRAFIYA) OLIB BORILISHI MUMKIN, QO’YILGAN VAZIFASI AMALGA OSHIRISH SHAROITIGA QARAB SOLISHTIRISHLAR REGIONAL, UMUMIY VA MUFASSAL BO’LISHI MUMKIN. 1.1. REGIONAL TAQQOSLASH•   • REGIONAL TAQQOSLASH REGION YOKI SEDIMENTATSIYA (CHO’KISH) HAVZASIDA KESIMNI STRATIGRAFIK NUQTAI NAZARDAN AJRATISH, XARAKTERLI LITOLOGIK-STRATIGRAFIK MAJMUALARNING QATLAMLANISH IZCHILLIGINI, QATLARNING YOTISHIDA TANAFFUSLAR VA NOMUVOFIQLIKLAR BORLIGINI ANIQLASH MAQSADIDA BAJARILADI. BUNDA PALEONTOLOGIK MA’LUMOTLAR ASOSIDA SOLISHTIRILAYOTGAN YOTQIZIQLARNING BIOSTRATIGRAFIK NUQTAI NAZARDAN O’XSHASHLIGINI ANIQLASH MUHIM HISOBLANADI. • REGIONAL TAQQOSLASHDAN OLINGAN NATIJALARDAN QIDIRUV ISHLARIDA UNUMLI FOYDALANILADI VA ULAR UMUMIY TAQQOSLASH UCHUN ASOS BO’LIB XIZMAT QILADI. 1.2. UMUMIY TAQQOSLASH • BURG’ QUDUQLARINING KESIMI VA UMUMAN KON BO’YICHA TOG’ JINSLARINING TARKIBINING, TUZILISHINING VA BOSHQA XUSUSIYATLARINING O’ZGARISHINI O’RGANISH MAQSADIDA QUDUQ KESIMLARI TAQQOSLANADI. UMUMIY TAQQOSLASHDA KONDA QAZILGAN BURG’ QUDUQLARI KESIMLARIDA TAYANCH QATLAMLAR (VA GORIZONTLAR) AJRATILADI, ULARNING YOTISH CHUQURLIGI ANIQLANADI, BIR XIL NOMDAGI QATLAMLAR AJRATILIB , TURLI YO’NALISHLARDA ULARNING QALINLIGI, LITOLOGIK TARKIBINING O’ZGARISHI VA FATSIAL O’ZGARUVCHANLIGI BELGILANADI, SHUNINGDEK, QATLAMLARNING GEOLOGIK TUZILISHINING MAYDON BO’YLAB O’ZGARISHI O’RGANILADI. BUNDA QUDUQ KESIMLARI BIR YOKI BIR NECHA GORIZONTLAR (YOKI BELGILI QATLAMLAR) BO’YICHA SOLISHTIRILADI. 5.1-RASM. SHKAPOV NEFT KONI KESIMINING MAHSULDOR QISMI BO’YISHA O’TKAZILGAN STANDART KAROTAJ DIAGRAMMALARINING TAQQOSLASH SXEMASI (N.A.PERKOV, 1981): 1 – QUMTOSH; 2 – OHAKTOSH; 3 – ARGILLIT • QATLAM BIR-BIRIGA MUVOFIQ JOYLASHGAN VAQTLARDA ULARNING QALINLIGIGA E’TIBOR BERISH KERAK BO’LADI CHUNKI BA’ZI HOLLARDA ULARNING QALINLIGI O’ZGARISHI KUZATILADI. AKSARIYAT QATLAM QALINLIGINING O’ZGARISHIGA LITOLOGIK O’ZGARISHLAR SABAB BO’LISHI MUMKIN. UMUMAN OLGANDA BA’ZI QATLAMLAR QALINLIGI KAMAYSA, BOSHQALARNIKI ORTADI VA UMUMIY QALINLIK KO’PINCHA O’ZGARMAYDI. BUNDAY O’ZGARUVCHAN HOLAT QUMLARDAN IBORAT QATLAMLARDA KUZATILIB, ULARNI AKSARIYAT ARGILLIT, ALEVROLIT VA BA’ZAN GILLLAR BILAN BOYISHI KUZATILADI VA BUNDAY HOLLARDA KORRELYATSIYA MURAKKABLASHADI. • TO’LA KORRELYATSIYA VAQTIDA QATLAMLARNING YOTISHIDA BIR TEKISLIKNING QAYTARILISHINI INOBATGA OLISH MAQSADGA MUVOFIQDIR. • MA’LUMKI CHO’KINDI JINSLAR HOSIL BO’LISH JARAYONIDA DENGIZNING BOSIB KELISHI VA UNING QAYTISHI BILAN BOG’LIQ BO’LGAN JARAYONLAR QATLAMLARNING BIR TEKISLIGINI KELTIRIB CHIQARADI VA ULAR MA’LUM DARAJADA QAYTARILGAN BO’LADI. 1.3. ZONAL TAQQOSLASH • ZONAL TAQQOSLASH AYRIM QATLAM VA ULARNING PACHKALARINI MUKAMMAL O’RGANISH UCHUN AMALGA OSHIRILADI. FATSIAL O’ZGARUVCHANLIGI BILAN TAVSIFLANADIGAN VA AYRIM QATCHALARGA AJRALADIGAN, TURLI YO’NALISHLAR BO’YICHA QIYIQLANADIGAN QATLAMLARNI ZONAL TAQQOSLASH AYNIQSA MUHIMDIR. • AGAR QATLAM YOSH YOTQIZIQLAR BILAN QOPLANGAN BO’LSA, MAHSULDOR QATLAMNI TAQQOSLASH UNING USTKI QISMI BO’YICHA BAJARILADI. QATLAMNING USTKI QISMI YUVILIB KETGAN SHAROITDA ESA, ZONAL TAQQOSLASH QATLAMNING TUBINI O’RGANISH ASOSIDA, QATLAMNING USTKI QISMI VA TAG QISMI YUVILIB KETGAN BO’LSA YOKI U ANIQ IFODALANMAGAN BO’LSA, QATLAM ICHIDAGI BELGILI QATCHANI O’RGANISH ASOSIDA ADO ETILADI. 2-RASM. ZONAL TAQQOSLASH SXEMASI (M.A.JDANOV, 1981): 1 – REPER – YUQORIDA JOYLASHGAN OHAKTOSH GORIZONTI; 2 – QUMTOSHLAR; 3 – GILLAR