logo

Tabiat landshaftlarni va biologik resurslarni asrashda zapovedniklar, milliy parklar, zakazniklar va boshqa aloxida muhofaza qilinadigan xududlarnig roli

Yuklangan vaqt:

10.05.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6582 KB
Tabiat landshaftlarni va biologik resurslarni asrashda zapovedniklar, milliy parklar, zakazniklar va bosh q a aloxida muhofaza qilinadigan xududlarnig roli Reja : 1. Tabiiy lanshaftlar tushunchasi 2. B iologik resurslarni asrashda qo’riqxonalar o’rni 3. B iologik resurslarni asrashda milliy bog’lar o’rni   «Landshaft» nemischa so‘z bo‘lib, «joy» degan ma’noni bildiradi. Hozirgi paytda landshaft tushunchasi ekologiya fanida keng va tor ma’noda ishlatiladi.   Keng ma’noda landshaft deganda tabiiy hududiy kompleks tushuniladi. Masalan, tayga zonasi, botqoq, tundra, so‘l va h.k.   Tor ma’noda landshaft — yer yuzasidagi tabiiy chegaralari bilan ajralib turuvchi joydir. Landshaft hududiy yaxlitligi, vujudga kelishiga ko‘ra bir butunligi, geografik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining bir xilligi bilan ajra lib turadigan tabiiy hududiy kompleksdir. Masalan, Qizilqumdagi qumli, gilli, taqirli, sho‘rxokli landshaftlar, tog‘lardagi yaylov, o‘rmon, vodiy landshaftlari shular jumlasidandir.   Odatda landshaftlar  tabiiy va antropogen  landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy  landshaft  — faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faolliyati ta’sir etmagan bo‘ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo‘riqxonasidagi archazorlar shular jumlasiga kiradi.   Antropogen landshafti  — tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllangan va shakllanayotgan landshaftdir. Bunga inson faoliyati ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi  Qо‘riq x onalarda har qanday x о‘jalik va boshqa turdagi inson faoliyati ta'qiqlanadi. 2004 yil 3 dekabrdagi qabul qilingan « Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tog’risida »gi О‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, qо‘riq x onada: tabiat majmuini tabiiy holatda asrash; ilmiy tadqiqotlar о‘tkazish va ekologik ta'limni targ’ib qilish; davlat ekologik ekspertizasining etaloni sifatida ulardan foydalanish nazarda tutilgan .  Chotqol davlat biosfera qо‘riqxonasi  Chotqol biosfera qо‘riqxonasi 1947-yilda tashkil qilingan. Ugom-Chotqol tabiat milliy bog‘i tarkibiga kirib, Toshkentdan sharqda va Angrendan shimolda joylashgan. Qо‘riqhona ekologik koridorlar va uchastkalardan iborat bо‘lib, umumiy maydoni 24 706 gektardan tashkil topgan, shundan о‘rmonlar 65-86 ga, dalalar 70-47 ga, hovuzlar 81 ga ni tashkil qiladi. Qо‘riqxona Toshkent viloyati hududida Chotqol tizmasining g‘arbiy qismida joylashgan.  Chotqol qо‘riqxonasi florasi 1168 turga ega bо‘lib, mintaqa uchun hosdir. Bu yerda qо‘riqxona uchun endem bо‘lgan 6 tur о‘sadi. Qо‘riqxona о‘simliklarining 28 turi О‘zbekiston Ryer publikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Bu yerda 44 turdagi turdagi sut emizuvchi, 230 dan ortiq turdagi qush, 16 turdagi sudralib yuruvchi va 2 turdagi suvda va quruqlikda yashovchi 3 mingdan ortiq turdagi umurtqasizlar yashaydi. О‘zbekiston Ryer publikasi Qizil kitobiga 1 turdagi ilon, 10 turdagi qush va 3 turdagi sut emizuvchi kirgan.  TMXR Qizil kitobiga yо‘qolib ketish xavfi ostida ilviris, kо‘ksug‘ur, о‘rmon soniyasi, korshapalaklar, kichik va katta takaburunlar va uch rangli tunshapalak, qushlardan: tasqara, kuyka, qora kaptar, oqqanot qizilishton kiritilgan. Xisor davlat qо‘riqxonasi  Hisor davlar qо‘riqxonasi Qashqadaryo viloyatida Hisor tizmasining g‘arbiy yonbag‘rida dengiz sathidan 1750 metrdan 4349 metrgacha balandlikda joylashgan. 1983-yilda ikki davlat qо‘riqxonasi-Qizilsuy va Miroqi qо‘riqxonalarining birlashishi natijasida tashkil qilingan. Hozirgi paytda bu О‘zbekistondagi eng katta qо‘riqxonadir.  Umumiy maydoni 80-986 ga nitashkil qiladi. Qо‘riqxonada о‘rmon, dala ekotizimlari ajralgan. О‘rmon bilan qoplangan maydoni 566-78,1 ga, yaylovlar mavjud, daryo va kо‘llarga 171 ga tо‘g‘ri keladi, botqoqliklar 511 ga, qiyalar va tog‘ yonbag‘irdagi tо‘qilmalar 31819 ga ni tashkil etadi, yо‘llar, shudgor va qamishzor dalalr mavjud.  Qо‘riqxonada 2 turdagi baliq, 19 turdagi amfibiya va reptiliya, 103 turdagi uyali qushlar, 28 turdagi sut emizuvchi yashaydi. О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga oqtilmoq, ayiq, ilviris, turkiston silovsini, eron quduzi, qushlardan: burgut, begayutar, itolg‘i, qumoy, kichik burgut kiritilgan Zomin davlat qо‘riqxonasi  Zomin davlat qо‘riqxonasi 1960-yilda tashkil etilgan Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumanlarida 26840 ga maydonda joylashgan, shundan 11322ga о‘rmon bilan qoplangan.  Dengiz sathidan 1760-3500 metr balandlikdagi tog‘-archa eko tizimlari muhofaza qilinadi. 700dan ortiq turdagi о‘simlik mavjud. Shundan, Zarafshon, yarimsharsimon va Turkiston archalari о‘rmon hosil qiladi.  Dorivor о‘simliklarning 20 dan ortiq turlari qо‘riqxonada mavjud, ular: parpi, oqsavrinjon, qumloq bо‘znochi, valyer iana, yalpiz, bо‘znoch va boshqalar. Qо‘riqxona hududida hayvonlar 152 turni tashkil etadi, shundan 16 turi xalqaro qizil kitob va О‘zbekiston respublikasdi qizil kitobiga kiritilgan. Nurota davlat qо‘riqxonasi  Nurota davlat qо‘riqxonasi О‘zbekiston Respublikasi janubi- g‘arbida Jizzax viloyati Forish tumanidagi Nurota tizmasining markaziy qismida joylashgan . 1975 yilda tashkil qilingan. Qо‘riqxona maydoni 17752 ga, shundan 2529 ga о‘rmon bilan qoplangan. Yong‘oqning qadrli turlarini saqlab qolish va Seversov qо‘yining noyob populyatsiyasini himoyalash qо‘riqxonani asosiy maqsadi hisoblanadi.  Umuman olganda qо‘riqxona florasi 600 dan ortiq (27 endemik) turni qamrab olgan.  Qо‘riqxona faunasi 183 turdan iborat, shundan 13 turi О‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Surxon davlat qо‘riqxonasi  Surxon davlat qо‘riqxonasi Surxondaryo viloyati Sherobod tumanining shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan bо‘lib, ikkita mustaqil hudud: Orol-Payg‘ambar va Qо‘xitang tog‘ tizmasi sharqiy yonbag‘ridan tashkil topgan. Umumiy maydoni 3092 ga bо‘lgan Orol-Payg‘ambar hududi Xalqaro Qizil kitob va О‘zbekiston Qizil kitobiga kirgan Buxoro bug‘usi va yaylov-tо‘qay ekotizimlarini saqlab qolish maqsadida 1971 yildayoq qо‘riqxona sifatida tashkil topgandi.  . Qо‘riqxonada 578 xil о‘simlik turlari о‘sadi, ulardan 22 xili О‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitob"iga kiritilgan. Shundan 17 turi efir moyli, 13 turi oziq-ovqat bob, 11 tasi manzarali, asalsaqlovchilar va boshqalardir. Hayvonot olami xilma-xil: 60 turdagi sutemizuvchilar, 290 turdagi qushlar Qizilqum davlat q о‘ riqxonasi  Qizilqum davlat qо‘riqxonasi 1971-yilda tashkil topgan, Buxoro viloyatida joylashgan . Qо‘riqxona maydoni 10311 ga ni tashkil qiladi, shundan 5144 ga о‘rmon bilan qoplangan, 6964ga qumli zonada va 3177 ga Amudaryo bо‘yida joylashgan.  Qо‘riqxona hududida 160 dan ortiq о‘simlik turlari о‘sadi, ulardan 2 turi О‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitob" iga kiritilgan. Bular О‘zbekistonda kamyob endemigi hisoblangan Sug'd lolasi va Korolkov shirachidir.  Bulardan tashqari О‘zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kirgan kichik kо‘k qarqara, qoshiq burun, oq va qora laylaklarni ham uchratish mumkin. Zarafshon davlat qо‘riqxonasi  Zarafshon davlat qо‘riqxonasi 1975 yilda tashkil etilgan. Samarqand viloyatida joylashgan. Uning hududi Chо‘ponota chо‘qqilaridan boshlanadi va tor tizma bо‘lib Zarafshon daryosining о‘ng sohili bо‘ylab 47 km ga chо‘zilgan.  О‘rmon yerining kengligi 300 dan 1500 m gacha. Qо‘riqxona maydoni 2 352 ga, shundan 680 ga о‘rmon bilan qoplangan. Qо‘riqxonani tashkil qilishdan maqsad yо‘qolib borayotgan chiroyli Zarafshon qirg‘ovulini, qimmatli dorivor butasi-chakanda oblepixa tо‘qay changalzorini tiklash va saqlash, ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat. Kitob Davlat geologik q о‘ riqxonasi  О‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qо‘mitasi faoliyatining eng muhim yо‘nalishlaridan biri, bu respublikamiz hududida mavjud bо‘lgan barcha Halqaro geologik meros yodgorliklarini aniqlash va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdir. Ushbu yodgorliklar qatoriga haqli ravishda о‘zining ahamiyati jihatidan Dunyo geologik merosi hisoblangan Kitob davlat geologik qо‘riqhonasi ham qо‘shiladi.  Kitob Davlat geologik qо‘qiqxonasi 1979 yilda О‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan zaminimizning geologik tarihi tabiiy-ilmiy yodgorliklarini namoyon etadigan paleontologiya - stratigrafiya majmualarini qо‘riqlash   Biosfera rezervatlari tabiat resurslarini saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish uchun barpo etiladi. Dunyodagi 120 mamlakatda 669 ta biosfera reyervatlari tashkil etilgan va ular samarali faoliyat yuritmoqda  Tabiiy pitomniklar (parvarishhona).  O'simliklar va hayvonlarning ayrim turlariga zarur sharoit yaratish yo'li bilan ularni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi.  Ayrim tabiiy ob'ektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko'paytirish va tiklash uchun mo'ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar buyurtma qo’riqhonalar hisoblanadi. Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo'lgan, o'simliklarning noyob va qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror ko'paytirish va tabiatni muqofaza qilish, rekreasiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga mo'ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy bog’lar dir. Milliy bog’lar yer uchastkalarida o'simlik dunyosini qayta tiklash va takror ko'paytirish, shu jumladan kompleks agrotehnik tadbirlar o'tkazish yo'li bilan tuzilishi mumkin. Milliy bog’ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik tizimining tarkibiy qismidir. 1872 yilda AQSh prezidenti Uilss Grant qaroriga asosan Sneyk daryosining shimoli- sharqiy qismidagi 893,3 ming gektarli yer dunyodagi birinchi milliy bog’ga aylanadi va unga Yelloustoun nomi beriladi. Milliy bog’larning qo'riqhonalardan farqi shundaki, ularning hududiga sayyohlar kirishiga ruhsat etiladi va ho'jalik ishlari bilan cheklangan miqdorda shug’ullanishga ruhsat beriladi. Hozirgi kunda dunyoda 7000 ga yaqin milliy bog’lar mavjud. Ularning har biriga sayr qilish, yovvoyi tabiat olamiga nazar solish, kamyob o'simliklar bilan tanishish va hayvonlar, qushlar hayotini yag’indan kuzatishga imkon beradi.