logo

Ekspeditsiya metodi – dalada daliliy ma`lumotlarni to`plash va ularni tartibga solish – tabiiy geografiyaning an`anaviy tadqiqoт metodi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

58.5 KB
Ekspeditsiya metodi – dalada daliliy ma`lumotlarni to`plash va ularni tartibga solish – tabiiy geografiyaning an`anaviy tadqiqo т metodi Reja: 1. Ekspeditsiya-aniq joyda tadqiqot olib borish haqida 2. Tayyorgarlik bosqichi-maqsad va vazifalar 3. Dalada daliliy ma`lumotlarni olib borishning mazmuni. Rekognostsirovka. Tayanch maydonlar va marshrutlar bo`yicha tadqiqotlar 4. Kameral bosqich, ma`lumotlarni tahlil qilish 5. Hisobot bosqichi hisobotni yoqlash 6. Statsionar tadqiqotlar Ekspeditsiya-bevosita joyda geografik ob`ekt haqida faktik, ma`lumotlarni olish maqsadida kuzatish, o`lchash bilan bog`liq tadqiqotlar olib borish demakdir. Ekspeditsiyada olib boriladigan tadqiqotlarni dala ishlari deyiladi. Aniq joyda, muayyan bir maqsadda uyushtirilgan geografik tadqiqot bunday tekshirishning eng ko`p tarqalgan turi. entsiklopediyalarda va o`zbek tilining zohli lug`atida ekspeditsiya-lotincha tartibga keltirish, yurish degan ma`noni bildiradi deb ko`rsatilgan. Ekspeditsiya-biror ilmiy maqsad yoki alohida topshiriq bilan uyushtirilgan safar deb izohlangan. Tabiiy geografiyada aniq maqsadni ko`zlab, muayyan regionga uyushtirilgan ilmiy kuzatish hamda tadqiqotlar olib borish metodi. Ekspeditsiya jarayonida dalada olib borilgan tadqiqotlar natijasida yig`ilgan materiallar geografiya uchun ozuqa, asos, poydevor bo`lib xizmat qiladiki, ayni shun ma`lumotlarga asoslanib, nazariya va g`oyalar paydo bo`ladi, taraqqiy etadi, ilmiy sinovdan o`tadi. Shuni aytish lozimki, ilmiy uyushtirilgan aniq maqsadni ko`zlaydigan tabiat safari bo`lgan, rasmiy idora va muassasalar tomonidan tashkil etiladigan bunday ilmiy faoliyat geografiya uchun zarur. Ilmiy- tadqiqot instituti, oliy o`quv yurti, loyiha-reja muassasalarida muayyan regionda tabiiy komplekslarni, sanoat, transport kommunikatsiyalari, hududlarni dehqonchilik uchun o`zlashtirish va boshqa maqsadlarda foydalanish, yoki mavjud ilmiy taxminlarni isbot qilish uchun ekspeditsiya g`oyasi tug`iladi, aslida g`oya va taxminlar bir necha bo`ladi, shularni isbot qilish uchun ekspeditsiya tashkil etish g`oyasi vujudga keladi. Geografik kashfiyot tarixiga nazar tashlasak, Beruniy yerning shar-dumaloq shaklda bo`lganligini aniq tasavvur etgan (ma`mura)larni okeanlar yuvib turishi yoki okeanlar qirg`oqlari materiklar bilan chegaralanganligi haqidagi fikr – g`oyaga asoslanib, g`arbiy yarim sharda – yerning bizning obod joylarning qarama-qarshi tomonida odamlar yashaydigan quruqlik bo`lishi kerak deb taxmin – faraz qilgan. Oliy o`zining “Hindiston”, “Mas`ud qonuni” va boshqa asarlarida amalda isbotni talab qiluvchi g`oyalarni yozgan. Buni Beruniydan 500 yil keyin X.Kolumb ekspeditsiyasi isbot qilib, qo`shaloq materik shimoliy va janubiy Amerikani kashf etdi. Sirasini aytganda, ekspeditsiya dalada daliliy ma`lumotlarni to`plovchi metod sifatida antik davrdan boshlangan. Miloddan oldingi V asrda yashagan Gerodot mamlakatlarning tabiati va tarixini tasvirlashda foydalanilgan ma`lumotlarni o`z sayyohlari davomida to`plagan. Tarix fanining otasi deb nom olgan, geografiyada o`lkaga izchil geografik ta`rif berish yo`nalishining asoschisi deb e`tirof etilgan Gerodot Skifiya-Skiflar mamlakati bo`lgan Qoradengiz bo`yi past tekisligida sayyohda bo`lmaganda bu regionning o`rmonsizligi, tekislik ekanligi, qishi qaxraton sovuq, yozi quruq va issiq iqlimli ekanligi bu darajada aniq ta`riflanmagan bulur edi. Yoki Marko Polo 24 yil (1271- 1295) maboynida Hitoyga sayoat qilmaganda Yevropaliklar uchun uzoq vaqtlar Osiyo o`lkalari haqida muhim manba bo`lib xizmat qilgan “Marko Polo kitobi” yozilmas edi. yuqorida qisman qayd etganimiz Sibir va Uzoq Sharqning geografik ta`rifi, Markaziy Osiyoning o`ziga xos jozibali bo`lmagan tabiati, Afrika ichki releflarining Yevropa va Osiyoga hech bir о `xshavaydigan tabiati Karashenikkov, Pallas, Gvtlin, Prjeva`lskiy, Livingstjn ekspedisiyalarisiz o`z tasviriga ega bo`lmas edi. Ilimga sadoqat, jasurlik, tabiatdamavjud bo`lgan etakchi xususiyatni ilg`ay bilish, ko`rgan va tadqiq etgan voqiylikni ilmiy va qiziqarli tasvirlay olish kabi qator xislatlar va fazilatlar barcha tadqiqotchilaruchun xos, xususiyatlar. Zarur bo`lgan jon fido qilish (Robert Skott, Magellan, D. Kuk, Sedov, Rzsanov, A. Vegeper, N.Fezchenko va boshqalar) ekspeditsiya boshliq va a`zolariga xos xususiyat. Geografik tadqiqotlarning sayohat va ekspeditsiyalari usulida ma`lumot to`plashi-birinchi bo`lishga intilish, yangi yerlarni kashf qilishda ifodalangan jozibadorligi-yangilik ochish, tabiat qo`ynida bo`lish, bugungi va kelajak avlod uchun tabiatni asrab qolishga ishtiyoq jozibasida hozir ham davom etmoqda. Shuning uchun ilmiy-texnika inqilobi va axborotlar davrida bevosita tabiatning o`zida ma`lumotlar to`plashga qaratilgan ekspeditsiya metodi geografiyaning yetakchi metodi bo`lib qolaveradi. Fanlarning differentsiyalashuvi-tarmoqlarga bo`linishi va integrallashuvi oraliq fanlarning vujudga kelishi ekspeditsiyalarning iqtisoslashuviga olib kelmoqdaki, ayrim-alohida komponent va komplekslarni tekshirish maqsadida qo`yilgan dala tadqiqotlari tashkil etilmoqda, avvallari bo`lganidan kompleks-ko`p maqsadli emas-bir ikki vazifani bajaradigan dala tadqiqotlari olib boradigan ekspeditsiyalar ko`paymoqda kompleks – ko`ptarmoq va ko`p maqsadli ekspeditsiyalarning qator vazifalari boshqa fan dala boshqa fan dala tadqiqotlari vazifasi doirasiga o`tmoqda-kompleksning litogen bo`g`ini- geologik, biogen bug`ini-biologik tadqiqotlar vazifasiga o`tib ketdi, xolbuki bunday vazifalarni avvallari geograf tadqiqotchilar bajarar edilar, endi esa bu bug`inlarga doir ma`lumotlarni tegishli sohadan olish mumkin. Shunga qaramay XX asrning birinchi yarmida isholib borgan geografik ekspeditsiyalarni ekspeditsiya a`zolarining mutaxassisligi bo`yicha fanlararo ekspeditsiyalar desa bo`ladiki, shu bois ularni kompleks ekspeditsiyalar deb atalgan. Ishlab chiqarish kuchlarini o`rganish kengashi-SOPS rahnomaligida Kola yarim oroli, Qoraqum, Boshqiriston, Yakutiya, Tuva, Tojik-Pomir va boshqa kompleks ekspeditsiyalar sobiq Ittifoqning muayyan regionlarida tabiiy sharoit va tabiiy resurslar haqida muayyan ahamiyatga molik tadqiqotlar olib borgan. Ekspeditsiya qatnashchilari tarkibi to`g`risida shunday fikrlar ham bor, ekspeditsiya tadqiqotlarini butun bir ilmiy jamoa bajarishi, geograf esa ekspeditsiyada tashkilotchilik qilishi-butun bir jamoa to`plagan materiallarni sintezlashtirib-umumlashtirib ekspeditsiya olib borilgan rayonning geografik xususiyatlari bo`yicha ilmiy to`xtamga kelishi kerak. N.A.Milkovning fikricha, tabiiy geografning ekspeditsiya tadqiqotlarida tashkilotchilik qobiliyatini kamsitmay aksar hollarda uning tashklotchiligini tan olib, e`tirof etib, unga-tabiiy geografga tadqiqotlarni tashkil etishga yetakchilik qilish vazifasi yuklatilgan bo`lishi lozim. Boshqa tor iqtisosli mutaxassis o`z sohasiga doir tadqiqotlarni olib borgani singari-tabiiy geografdan o`zga ixtisoslik vakili bajara olmaydigan – faqat tabiiy geografgina uddasidan chiqadigan o`ziga xos tabiiy tadqiqotlarning dalada bajarishga tabiiy geograf majburdir. Bunday ishlar – landshaft komplekslarining tarkibidagi komponentlararo aloqani ro`yobga chiqarish, tahlil etish xaritaga tushirish va boshqa ishlarini tabiiy geografdan boshqa hech bir ixtisosdagi mutaxassis bajara olmaydi, faqat tabiiy geografning qo`lidan keladi deb hisoblaydi. Olim, turgangapki, dalada bu taxlit ancha murakkab va ko`p qirrali bunday vazifani har taraflama tayyorgarligi bo`lgan o`z ishiga jiddiy munosabatda bo`lgan tabiiy geografning qo`lidan kelishi mumkin. Aslida tabiiy geograf ekspeditsiya a`zosi sifatidagi siymosida-shaxsida ham botanik ham tuproqshunos, ham zoolog, ham iqlimshunos mutaxassisligini qo`shib olib bormasligi zarur. Harqanday sharoitda tabiiy geograf tabiiy hududiy komplekslarni o`rganish usulini egallagan tor doiradagi mutaxassis bo`lib qolishi mumkin. Shunday ekan, ekspeditsiya tashkil etish, unda tabiiy hududiy komplekslarni o`rganish, geografik landshaftning qator xususiyatlarini ro`yobga chiqarish, xaritalashtirish, geografik komplekslar mavjud bo`lgan hududning resurs potentsiali, rekreatsiya salohiyatini va boshqa (ekspeditsiya maqsadi nazarda tutgan vazifalar) tadqiqot ishlarini olib borishda tabiiy geografga yetakchilik qilish mas`uliyati yuklanganligini yana bir bor ta`kidlash kerak. Ekspeditsiyada asosan to`rt bosqichda ish olib boriladi. 1. Tayyorgarlik bosqichi-tadqiqotlar maqsadi-(Tabiiy komplekslarning resurslaridan foydalanish, rekreatsiya zonalari va ob`ektlari barpo etish, landshaftning morfologik qismlarini o`rganish va xaritalashtirish) aniqlanadi. Rahbar va uning o`rinbosarlari chuqur va hartaraflama bilimli, tashkilotchilik qobiliyati, mumkin qadar ish tajribasiga ega bo`lgan mutaxassislardan tayinlanadi. Har bir rahbarning vazifasi aniqlanadi. Ekspeditsiya a`zolari tarkibi aniqlanadi. Jismoniy sog`lom, qiziquvchan o`rganilishga mo`ljallangan joyni biladigan mutaxassislar tanlanadi. Har bir qatnashchining tayyorgarlik va ekspeditsiya davrida bajaradigan vazifasi aniqlanadi. Ular muovini rahbarligida tibbiy ko`rikdan va texnika havfsizligi qoidalari bo`yicha sinovdan o`tkaziladi. Borilayotgan region, joy haqidagi ma`lumotlarni adabiyotlardan, kartografik manbalardan, jamg`arma (fond) materiallaridan, joyni yaxshi bilgan kishilar, aholi vakillaridan so`rab kishilar aholi vakillari izoh so`rab o`rganiladi. Smeta tuziladi. Smetada ekspeditsiya uchun barcha sarf-harajatlar ko`rsatladi. Transport yordamida ishchilarni yollash, kundalik oziq-ovqat va boshqa harajamlar ko`rsatiladi. Mablag` olinadigan va transport vositalari manbalari, tashkilot, muassasa aniq ko`rsatiladi. Boshliq xo`jalik-tashkil ishlar bo`yicha muovini barcha kerakli transport, oziq- ovqat, dori-darmon, maishiy vositalar-palatka, ko`rpa, qozon-tovoq, tadqiqot va tashkiliy ishlar uchun ashyolar qaerdan, olish qancha miqdorda bo`lishi aniqlanadi. Bolat, bolg`a, arra va xo`jalik ashyolari miqdori, ishlash darajasi aniqlab tayyorlanadi. Priborlar, jihozlar, kuzatish uchun kerakli meteorologiya, gidrologiya, geologiya tadqiqotlari uchun qutilar, kislota, kompas, ruletka va boshqalar aniqlanadi. Rayonga doir rasmlar, kosmik fotorasmlar, topografik xaritalar tayyorlab qo`yiladi. Rahbarning ilmiy ishlar bo`yicha muovini qatnashchilarning har biri dalada bajaradigan ishi, qaysi ish uchun mas`ulligi, qachon qaysi ishni bajarishi rejada aniq kursatiladi. Qatnashchilar ekspeditsiya davrida bajaradigan ishlarni bo`la tasavvur etadi. Mahalliy tashkilot va ma`muriy idoralar bilan aloqa o`rnatiladi. Hamma narsa taxt bo`lgandan keyin ekspeditsiyaga yo`l-nazorat xizmati yo`lboshchiligida jo`nab ketiladi. Oldindan xomaki landshaft, marshrut va geomorfologik xaritalar tuziladi. Olingan barcha ma`lumotlar asosida qoladi tadqiqot ishlari olib borish dasturi tuziladi. Qoida talabiga muvofiq tadqiqot dasturida tadqiqotlarni qaysi yo`nalishlar (marshrutlar) bo`yicha o`tkazish, tog`-qazish ishlari olib borishi nuqta va maydonlari (burg`quduq, chuqurlik qazish) belgilanadi. Geodezik o`lchash ishlari xomaki rejalashtiriladi. Dala tadqiqot oilb borishning barcha ilmiy ashyoviy tomonlari rejalashtirilgan bo`ladi. Dala bosqichi ekspeditsiya geomorfologik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Asosiy faktik ma`lumotlarni to`plash, to`plangan ma`lumotlarni dastlabki qayta ishlash, o`rganilayotgan hududning geomorfologik tuzilishi haqida birinchi xulosalarni chiqarish, tadqiq etilayotgan hududning daladagi dastlabki variant geomorfologik xaritasi tuziladi. Olib borilayotgan tadqiqotning maqsadi va tuzilayotgan xaritaning mashsshtabiga bog`liq holda xarita tuzishning ikki metodidan biri qo`llanilishi mumkin. Yo`nalishlar bo`yicha olib borilgan tadqiqotlarni o`z ichiga olgan tayanch hudud metodi yoki butun maydonni xaritaga tushirish metodi. Birini ya`ni tayanch hudud metodi qo`llanilganda o`rganilayotgan rayon uchun tipik bo`lgan unchalik katta bo`lmagan maydonlar tanlab olinadi, so`ngra olingan natijalar o`rganilayotgan rayonning boshqa qolgan uchastkalari uchun huddi taxlit bo`lishi kerak deb hisoblanadi va xaritaga tushiriladi. Bu ekstrapolyatsiya metodi deb ataladi. Bunda yirik masshtabli topografik xaritalar, aerofotorasmlar, kosmik fotosuratlardan keng ko`lamda foydalaniladi. Tayanch uchastkalar o`rganilayotgan rayon uchun masalalalar yechimini ochadigan namunaviy andozalar sifatida xizmat qilishi kerak. Qo`lanilayotgan ekspolyatsiya (metodining to`g`ri ekanligini nazorat qilish maqsadida tayanch hududlarni bir- biriga bog`laydigan ishchi xarita marshrutlari siyrak turi tortiladi (tayanch hududlar orasidagi tayanch bo`lmagan maydonlar tadqiqot marshrutlariga saylanma holda bo`lsa ham tadqiqotga tortiladi. Yirik masshtabli xaritalashtirishda butun maydon bo`ylab tadqiqotlar olib boriladi. Bu holda tadqiqot bir qadar masofasi teng marshrutlar bo`yicha olib borilib, marshrut va kuzatish shahobchalari yetarlicha zich bo`ladiki, tayanch maydonlarga ehtiyoj qolmaydi. Tabiiyki, maydon bo`ylab tadqiqotlar olib borish metodida, tayanch hududlar metodiga qaraganda vaqt ko`proq sarflanadi, tadqiqotlarga tortilgan kuchlar ham ko`proq bo`lish talab etiladi. Shu narsani aniq ta`kidlash zarurki, har ikkala holda ham dala ishlari umumiy (tanishuv va moslashuv) muvofiqlashuv marshrutlaridan boshlanadi. Bunday muvofiqlashuv dala tadqiqotlarida rekognostsirovka deyiladi. Odatda, rekognostsirovka marshrutlarining maqsadi olinishi zarur bo`lgan ma`lumotlar asosiy geomorfologik komplekslarni qamrab olsin va rayon uchun harakterli bo`lgan relef elementlari va shakllari, tayanch geologik ochilmalar va geologik ob`ektlar (masalan, kon belgisi, qadimgi konlar) tadqiqotga tortilmasdan qolmasin. Rekognostsirovka marshrutlari vazifasiga xaritalashtirilayotgan hudud doirasidan tashqariga, tutash maydonlarni qamrab olishi mumkin, chunki muayyan geomorfologik jarayon hamma vaqt unga tutash hududlarda ham davom etadi, bu narsa avvaldan tuzilgan tadqiqot dasturini rekognostsirovka aniqlash va muayyanlashtirish imkonini berishligini ko`rsatadi. Rekognostsirovka marshrut ishlaridan keyin boshqa asosiy marshrutlar shahobchalari aniqlanadi, bu marshrutlar bo`yicha tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Zarurat tug`ilganda dala ishlarining so`nggida bir necha yakuniy marshrutlar tashkil qilinishi mumkin. Bunday yakuniy marshrutlardan maqsad dala tadqiqotlari davomida u yoki bu sababga ko`ra, ayrim joy yoki geomorfologik ob`ektga qay darajada e`tibor berilgan bo`lishini aniqlash, xaritani tuzishda ayrim faktik ma`lumotlarni aniqlash, detallashtirish, umumiy dam tabiiy geografik landshaft va geomorfologik xaritalarini yana bir tekshiruvdan o`tkazishdan iboratdir. Kameral bosqich – barcha yig`ilgan faktik materiallarni qayta ishlash va ularga muayyan geomorfologik qonuniyatlar bilan bog`lash va umumiy geomofologik xulosa chiqarish bosqichidir. Bu bosqichda turli tahliliy ishlar – ya`ni tog` jinslari namunalari laboratoriyada turli yo`nalishda tahlil etiladi, fotomateriallar deshifrovka qilinadi, yakuniy geomorfologik xarita tuziladi, ilmiy hisobotning matni tuziladi, tegishli faktik ma`lumot hisobot matnga ilova qilinadi. 5. Hisobot bosqichi – tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga ko`ra to`plangan ma`lumotlar guruhlashtiriladi va tahlil etiladi. Chizmalar, lavhalar, xarialar, diagrammalar, meteoma`lumotlar, gidrologik va boshqa ma`lumot tartibga solinadi. Hisobot matni tuziladi. Matnda ekspeditsiya maqsadi, vazifasi, qaysi tashkilot yoki muassasa tomonidan uyushtirilganligi, qanday metodlarda –(tayanch maydonlar, marshrutlar) ish olib borilganligi, qanday natijaga erishilganligi ilmiy ta`rif talabiga muvofiq bayon etiladi. Ekspeditsiya oliy o`quv yurti tomonidan tashkil etilgan bo`lsa avval tegishli kafedra, so`ngra fakultet ilmiy kegashida va o`quv yurti kengashida muhokama etilib ma`qullanadi. Ekspeditsiya rahbarlari hisobotni yoqlaydilar. Taqrizchilar ekspeditsiya olib borilgan ishlar tadqiqotlar rejaga va dasturga, maqsadga mosligi, ishlarning hisobot matnida aks etganligini yozma ravishda, tegishli kengashda og`zaki bayon etishi ham mumkin. Ekspedetsiya tadqiqotlarining bir turi va tarkibiy qismi sifatida tabiiy geografik stadsionarlarni ko`rsatish mumkin. MDH hududida bunday stadsionarlarni tashkil etish tashabbuskori akademik A.A. Grigorev hisoblanadi. Hozirgi Rossiya Fanlar Akademiyasi Geografiya ilmiy tadqiqot instituti Kursk, Shushensk, Tyanshan stadsionarlari ish olib bordi. Stadsionarlarda tabiiy komplekslarning reaksiya, issiqlik, suv, kirim-chiqim rejimi bilan birga biotic yo`nalishdagi tadqiqotlar ham olib borilgan. Hozirgi vaqtda gidrometeorologiya stansiyalari; qo`riqxona va milliy tabiat bog`larida olib boralayotgan dastur va rejimning dastlabki varianti bo`lgan stadsionar tadqiqotlar geografik mazmundagi g`oyalarning amalda isbotlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.